Ekiston respublikasi oliy ta’lim fan


Download 169.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.09.2023
Hajmi169.33 Kb.
#1690167
  1   2   3   4
Bog'liq
IQ,XAVFSIZLIK 1-T



O’ZB
EKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN 
VA 
INNOVATSIYA VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON 
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI 
PSIXOLOGIYA FAKULTETI 
SIRTQI BO’LIMI 
IQTISODIY XAVFSIZLIK 
FANIDAN 
MUSTAQIL ISH
MAVZU
: AHOLI TURMUSH DARAJASI IQTISODIY 
XAVFSIZLIKNING IJTIMOIY INDIKATORI SIFATIDA 
921-guruh talabasi: Sultonov.Sh 


REJA: 
1.KIRISH 
2. Ijtimoiy manfaatlar va aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari. 
3. Respublikamizdagi aholining turmush darajasi holati. 
4. Aholining turmush darajasini oshirish mexanizmi. 
5. Xulosa 


Kirish 
Ijtimoiy sohadagi manfaatlar milliy manfaatlarning eng asosiylaridan 
bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy sohadagi manfaatlar xalqning yuqori turmush 
darajasini ta’minlash borasidagi davlat siyosatida aks etadi. Aynan ijtimoiy 
sohadagi manfaatlar amalga oshganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari 
o‘rtasidagi muvozanatga erishiladi. Aholining yuqori turmush darajasi uning pul 
daromadlari dinamikasida, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar iste’moli, 
aholining mulkiy tabaqalashuvi darajasida, bandlik darajasida, aholining barcha 
qatlamlari uchun sog’liqni saqlash, ta’lim xizmatlaridan bahramand bo‘lish 
imkoniyatlari mavjudligida namoyon bo‘ladi 
Aholi turmush darajasi milliy va shuningdek iqtisodiy xavfsizlikning eng 
asosiy ijtimoiy indikatorlaridan bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham 
respublikaning mustaqil taraqqiyoti davrida aholini turmush darajasini oshirish 
borasida islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi. 
Bozor munosabatlari vujudga kelayotgan davrda jamiyatdagi ma’naviy, 
axloqiy muhit, odamlarning ruhiy va jismoniy holati maorif, sog’liqni saqlash 
hamda madaniyat va san’at sohalarining rivojlanganligiga bog’liq ekanligini 
hisobga olgan holda ushbu sohalar alohida qo‘llab-quvvatlandi. Mustaqillik 
yillarida respublikada aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan 
siyosat to‘la-to‘kis o‘zini oqladi. Bunday siyosat o‘rtacha umr ko‘rish darajasini 
uzayishi, aholi daromadlarini oshishi, turmush darajasini ko‘tarilishi, ijtimoiy-
iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka erishish, turli tahdidlarni oldini olish va 
oxir-oqibatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun zamin yaratdi. 
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning 
ma’lum ko‘rsatkichlari mavjud, (daromadlari haqida ma’lumot taqdim 
etmaydigan taksi haydovchilari, doimiy bo‘lmagan faoliyat bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslar, noqonuniy faoliyat olib boruvchi firmalar va 
hakazo...). Jahon bankining tahlil natijalariga ko‘ra yashirin iqtisodiyotni 
vujudga kelishiga asosan sog‘lom biznes muhitinining rivojiga bo‘lgan 
to‘sqinliklar sabab bo‘ladi. 
Davlat iqtisodiyotni samarali boshqara olmas ekan, tadbirkorlikni amalga 
oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratmas ekan, xufyona iqtisodiyot xunuk 
ko‘rinishlarga ega bo‘lib, miqyoslari kengayib boraveradi. Xufyona iqtisodiyot 
miqyoslari, ayniqsa, inqirozlar davrida, yuqori inflyasiya va valyuta 


kurslarining keskin o‘zgarib turishi, bozor xo‘jaligida muvozanat buzilgan 
sharoitda shiddat bilan kengayib boradi. 

Download 169.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling