Ekiston respublikasi oliy ta’lim fan
Download 169.33 Kb. Pdf ko'rish
|
IQ,XAVFSIZLIK 1-T
O’ZB EKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI PSIXOLOGIYA FAKULTETI SIRTQI BO’LIMI IQTISODIY XAVFSIZLIK FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU : AHOLI TURMUSH DARAJASI IQTISODIY XAVFSIZLIKNING IJTIMOIY INDIKATORI SIFATIDA 921-guruh talabasi: Sultonov.Sh REJA: 1.KIRISH 2. Ijtimoiy manfaatlar va aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari. 3. Respublikamizdagi aholining turmush darajasi holati. 4. Aholining turmush darajasini oshirish mexanizmi. 5. Xulosa Kirish Ijtimoiy sohadagi manfaatlar milliy manfaatlarning eng asosiylaridan bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy sohadagi manfaatlar xalqning yuqori turmush darajasini ta’minlash borasidagi davlat siyosatida aks etadi. Aynan ijtimoiy sohadagi manfaatlar amalga oshganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatga erishiladi. Aholining yuqori turmush darajasi uning pul daromadlari dinamikasida, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar iste’moli, aholining mulkiy tabaqalashuvi darajasida, bandlik darajasida, aholining barcha qatlamlari uchun sog’liqni saqlash, ta’lim xizmatlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatlari mavjudligida namoyon bo‘ladi Aholi turmush darajasi milliy va shuningdek iqtisodiy xavfsizlikning eng asosiy ijtimoiy indikatorlaridan bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham respublikaning mustaqil taraqqiyoti davrida aholini turmush darajasini oshirish borasida islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi. Bozor munosabatlari vujudga kelayotgan davrda jamiyatdagi ma’naviy, axloqiy muhit, odamlarning ruhiy va jismoniy holati maorif, sog’liqni saqlash hamda madaniyat va san’at sohalarining rivojlanganligiga bog’liq ekanligini hisobga olgan holda ushbu sohalar alohida qo‘llab-quvvatlandi. Mustaqillik yillarida respublikada aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan siyosat to‘la-to‘kis o‘zini oqladi. Bunday siyosat o‘rtacha umr ko‘rish darajasini uzayishi, aholi daromadlarini oshishi, turmush darajasini ko‘tarilishi, ijtimoiy- iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka erishish, turli tahdidlarni oldini olish va oxir-oqibatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun zamin yaratdi. Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning ma’lum ko‘rsatkichlari mavjud, (daromadlari haqida ma’lumot taqdim etmaydigan taksi haydovchilari, doimiy bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, noqonuniy faoliyat olib boruvchi firmalar va hakazo...). Jahon bankining tahlil natijalariga ko‘ra yashirin iqtisodiyotni vujudga kelishiga asosan sog‘lom biznes muhitinining rivojiga bo‘lgan to‘sqinliklar sabab bo‘ladi. Davlat iqtisodiyotni samarali boshqara olmas ekan, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratmas ekan, xufyona iqtisodiyot xunuk ko‘rinishlarga ega bo‘lib, miqyoslari kengayib boraveradi. Xufyona iqtisodiyot miqyoslari, ayniqsa, inqirozlar davrida, yuqori inflyasiya va valyuta kurslarining keskin o‘zgarib turishi, bozor xo‘jaligida muvozanat buzilgan sharoitda shiddat bilan kengayib boradi. Download 169.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling