Ekiston respublikasi oliy ta’lim fan


Respublikamizdagi aholining turmush darajasi holati


Download 169.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.09.2023
Hajmi169.33 Kb.
#1690167
1   2   3   4
Bog'liq
IQ,XAVFSIZLIK 1-T

3. Respublikamizdagi aholining turmush darajasi holati. 
Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-qtisodiy siyosatda samaradorligini 
baholashning eng muhim mezonidir. Uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning 
asosiy maqsadidir. «Turmush darajasi» tushunchasi zamonaviy talqinda inson 
faoliyatining barcha tomonlariga taalluqli bo’lgan keng qamrovli tushunchadir. 
Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy neъmatlar 
hamda xizmatlar bilan taъminlanganlik darajasi, ularni isteъmol qilish darajasi 
tushuniladi. Aholi turmush darajasini yaxshilash va respublika aholisini ijtimoiy 
himoyasini kuchaytirish maqsadida  
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilning 1 mayidan ish haqi, 
pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida»gi 
Farmoni eъlon qilindi. Unga ko’ra byudjet tashkilotlari ishchilarining oylik 
maoshlari, barcha turdagi pensiya va ijtimoiy to’lovlar, oliy, o’rta maxsus o’quv 
yurtlari talabalari stipendiyalarining miqdori 1,2 marotaba oshirildi 2005 yil 1 
mayida yagona tarif setkasiga asosan mehnatga xaq to’lash bo’yicha nolinchi 
razryadga eng kam ish xaqi miqdorida tarif stavkasi qabul qilindi va u 7835 so’m 
qilib belgilandi. Bundan tashqari yangi tarif koeffitsientlari tasdiqlandi (22 
razryad bo’yicha 9,019 gacha). Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun 
"turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush 
tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar 
qo’llaniladi. Baъzan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular 
o’rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq 
qiladi. SHu bilan birga, mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish 
lozim.
O’zbekistonda aholining moddiy, maъnaviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish 
darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. 
Bunday tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. SHu bilan 
birga turmush darajasi – ko’plab omillar yig’indisi taъsirida bo’lgan 
o’zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi bir tomondan, muntazam o’zgarib 
turadigan, turli neъmatlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, 
boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar 


bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan 
belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish 
va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot 
darajasi, aholining madaniy-maъrifiy Tayanch iboralaralar: turmush darajasi; 
umumiy va xususiy ko’rsatkichlar; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik 
ko’rsatkichlar; obyektiv va subyektiv ko’rsatgichlar; qiymat va natural 
ko’rsatgichlar; mutlaq va nisbiy qashshoqlik; aholi daromadlar; pul 
daromadlari;ish haqi; vaqtbay va ishbay haqi; ishhaqiga talab va uning taklifi; 
mehnat unumdorligi; pensiya; nafaqa; stipendiya; foyda; divident; foiz; renta; 
natural daromad; shaxsiy daromad; firma daromadi; davlat daromadi; istemol 
savati; oziq-ovqat savati. Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy 
ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish 
uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy 
kategoriyadir. 
. Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi 
daromadlari va ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, 
madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini 
chuqurroq o’rganish lozim bo’ladi. 
Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular quyidagi 
turkumlarga ajratiladi: 
-umumiy va xususiy; 
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik; 
-obyektiv va subyektiv; 
-qiymat va natural; 
-miqdo rva sifat
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari; 
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar. 
Umumiy ko’rsatgichlar: 
1.Milliy daromad 
2.Istemol fondi 
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan 
ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 
umumiy darajasini ifodalaydi. 


Xususiy ko’rsatkichlardan: 
1.Iste’mol darajasi va usullari. 
2.Mehnat sharoitlari. 
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar. 
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi 
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari. 
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin. 
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy imkoniyatlarini 
ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (va ha-
iqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi 
ko’rsatkichlarni iqtisodiy ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi. 
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy 
tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. Obyektiv 
ko’rsatkichlar obnktiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga,ega bo’lsa, subyektiv 
ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat,oilaviy 
munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi vash u kabilardan qoniqish bo’yicha 
hisobga olinadi. Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul 
ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlarni (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul 
jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarni hajmi) o’z ichiga oladi. Natural 
ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona,kvm, kubm va hokazolar) o’lchanadigan 
muayyan moddiy nematlar va xizmatlar-oziq-ovqat mahsulotlari, energiya 
istemoli, mol-mulk, turar-joylar, madaniy–maishiy tovarlar taminotining hajmini 
ifodalaydi. 
Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar va xizmatlar istemol 
hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat 
ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi. 
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti 
sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif 
etiladi: 
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; 
2)aholi daromadlari; 
3)aholi iste’moli va harajatlari; 
4)aholining pul jamg’armalari; 


5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar; 
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi; 
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari. 

Download 169.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling