Ekologik bіotexnologіya. Energiya ishlabchiqarish va organik maxsulotlar biokonversiyasi Reja


Download 17.14 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi17.14 Kb.
#192908
  1   2   3
Bog'liq
7-семинарEkologik muommolarni yechishda biotexnologiyaning roli


Ekologik bіotexnologіya. Energiya ishlabchiqarish va organik maxsulotlar biokonversiyasi

Reja:

1. Ekologiya muammolar va bu muammolarni echishda ekologik biotexnologiya-ning roli.

2. Ekologik biotexnologiyaning muammolari va vazifalari

3.Ekologik biotexnologiyaning shakllanishi va undan amaliy foydalanish-ning muammolari

Ekologiya muammolari va bu muammolarni echishda ekologik biotexnologiyaning roli. Insoniyat dunyoga kelgan vaqtidan buyon yirik hayvonlarni yo‘qotish, o‘rmonlarni ov qilish uchun yondirish, tuproqni va suv xavzalarini ifloslantirish kabi ishlarni amalga oshirish orqali tabiatdagi muvozanatning buzilishiga ta’sir ko‘rsatib kelgan. SHuning uchun har doim insoniyat oldida atrof-muxit muammosi turadi. Insoniyatning sanoat, qishloq xo‘jalik va ma’ishiy faoliyati tufayliatrof muxitning xolati va xususiyatida turli o‘zgarishlar jumladan noxush o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. XX asrda sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va jadallashi natijasida biosferaning tabiiy maxsuldorligining chegarasi-tabiiy resurslar, energiya manbaining, toza havo, toza suv va oziq ovqat zaxirasining tobora kamayishi sezila boshladi.

Ekologiya muammolarini bir yoki bir nechta mamlakat miqyosida hal etib bo‘lmaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda hosil bo‘ladigan zZararli antropogen iflosliklar suv va havo orqali bo‘tun territoriyaga tarqaladi.

Atrof muxitni himoya qilish vazifasi biologiyaga taaluqlidir. An’anaviy tushunchalarga ko‘ra ekologiya biologik fanlarga tegishli bo‘lib, organizmlarning, insonlarning o‘zaro va atrof muxit bilan o‘zaro munosabatini o‘rganadi. Biologiyaning bundan buyon rivojlanishi va uning erishgan natijalarini amaliyotga tadbiq etish- ekologiyaning krizisdan chiqishidagi asosiy yo‘li hisoblanadi. Bunda biotexnologiya katta rol o‘ynaydi. Biotexnologiya atrof muxitni sanoat, qishloq xo‘jaligi va ma’ishiy chiqindilardan himoya qilish, muxitdagi toksin chiqaruvchilarni parchalash (degradratsiya),kabi ekologik muammolarni hal qilishda ishtirok etadi. Biotexnologiya oziq-ovqat va dori moddalari, ozuqa moddalar, mineral xomashyolar va energiya ishlab chiqarishning chiqindisiz jarayonlarini yaratadi. Ekologiya va biotexnologiya maxsulot va texnologiya bo‘yicha o‘zaro xarakt qiladi.

Bugungi kunda barchamizga ma’lumki, ekologik havfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi.

Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini xisobga olmay, jadal yuritilgan xo‘jalik faoliyati, Rim klubining «XXI asr yo‘li» deb atalmish tadqiqotlaridan birida ko‘rsatib o‘tilganidek, Er yuzida tuproq nurashi, o‘rmonlardan maxrum bo‘lish, baliqlarning xaddan tashkari ko‘p ovlanishi, tuzli yomgirlar, atmosfera ifloslanishi, ozon qatlami buzilishi va xokazolarning ro‘y berishiga olib keldi. Mutaxassislarning baholashlaricha, 2000 yilda o‘rmonlar egallab turgan maydon quruqlikning 1/6 qisminigina tashkil etdi, holbuki, 1950-yillarda ular 1/4 qismni egallagan edi. Jaxon okeanining suvlari halokatli ravishda ifloslanib bormoqda, uning takroriy maxsuldorligi keskin pasaymokda. Jadal sur’atlar bilan yuz berayotgan urbanizatsiya jarayonlari shaharlarning asosiy aglomeratsiyalari eng yirik ifloslantirish manbalriga olib keldi. Tarkibida oltingugurt kush oksidi bo‘lgan tuzli yomg‘irlar yog‘ishi ko‘paydi. Buning natijasida butun dunyoda ekologik muhitning yomonlashuvi bilan bog‘liq turli-tuman kasalliklar soni ortib bormoqda.

Hozirgi vaqtda jaxon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zahiralardan xo‘jalik maqsadlarida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi yildan-yilga o‘sib borib, ko‘proq miqdorda oziq-ovqat, yonilg‘i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o‘rmonlar egallab turgan maydonlarning jadal sur’atlarda qisqaririshiga, cho‘l-saxrolarning bostirib kelishiga, tuproqning buzilishiga, atmosferaning yuqorida joylashgan ozon to‘sig‘i kamayib ketishiga, er havosining o‘rtacha harorati ortib borishiga va boshqa holatlariga sabab bo‘lmoqda.

Atrof muhitni ifloslanishi O‘zbekistonda ham mavjud, chunki ishlab chiqarish, transport vositalari bo‘lar ekan, albbat atrof muhit ifloslanadi. Transport vositalaridan bugungi kunda 200 xildan ortiq zaharli moddalar atmosferaga ko‘tariladi. Ular ichida 3,4-benzapiren moddasi kanserogen hisoblanib, inson organizmiga kuchli ta’kir ko‘rsatadi.

Sanoat korxonalari va energetika ob’ektlari to‘liq ishlaganda atmosferaga 1650 ming tonnagacha ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishi mumkin.

Masalan, 1991 yilda atmosferaga 1214 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilganligi va sanoat ishlab chiqarishining kamayganligi sababli 1997 yilda doimiy manbalar ajratmalari 836 ming tonnagacha kamaydi. Uning 85 foizi 5 viloyatga, xususan 37,6% Toshkent viloyatiga, 25,3% qashqadaryo viloyatiga, 11,2 % Farg‘ona viloyatiga, 5,5% Buxoro viloyatiga , 5,3 % Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonda havoning tabiiy changlanganligi yuqori, shu sababli aksariyat sanoati rivojlangan shaharlar va viloyat markazlarida chang bilan ifloslanganlik yillik o‘rtacha darajasi ruxsat etilganidan kam bo‘lmayapti.

Havoning oltingugurt dioksid (SO2) bilan yuqori darajada ifloslanganligi Olmaliq, Muborak shaharlarida, uglerod oksidi bilan esa mashinasozlik zavodlari yaqinida va Toshkentning chorrahalarida kuzatiladi. Havoning ammiak bilan yuqori darajada ifloslanganligi Farg‘ona, CHirchiq, Olmaliq, Andijon, Navoiy shaharlaridagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari va oziq-ovqat sanoati korxonalari atrofida kuzatiladi.

Havoning fenollar bilan kuchli ifloslanganligi uglevodorod xom ashyosini ishlatuvchi korxonalar yaqinida (Toshkent, Farg‘ona, CHirchiq, Angren shaharlari), ftorli birikmalar bilan qora metallurgiya korxonalari va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan korxonalar yaqinida (Olmaliq shahri) kuzatiladi. Bekobod, Toshkent, Farg‘ona, CHirchiq shaharlari havosida ozon miqdorining ortishi smog hosil bo‘lishiga qandaydir darajada sabab bo‘ladi.




Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling