Ekologik menejment tizimi


Download 7.45 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.45 Kb.
#1584836
Bog'liq
Документ Microsoft Word (4)


Ekologik menejment tizimi
Ekologik menejment tizimi – bu ekologik siyosatni ishlab chiqish hamda joriy qilish va uning ekologik jihatlarini boshqarish uchun foydalaniladigan tashkilotning menejment tizimining bir qismidir.
Ekologik menejment tizimi ISO 14001:2019 standartida batafsil koʻrib chiqilgan. Bu standart har qanday tashkilotga tegishli boʻlgan xalqaro standartlar seriyasidandir. U ekologik jihatlarni nazorat qilish va monitoring qilishga moʻljallangan.
Ushbu standart tashkilotlarga atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olish yoki kamaytirish, shuningdek atrof-muhitga ijobiy ta’sirni kuchaytirishni oshirishga imkon beradi.
Shuningdek, standart muvofiqlikni baholash uchun qoʻllaniladigan talablarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot oʻzini standartga muvofiqligini namoyish qilmoqchi boʻlsa, buni sertifikatlash orqali amalga oshirishi mumkin.
Standartga muvofiq sertifikatlashning afzalliklari:
- kompaniyaning mijozlar, investorlar va raqobatchilar oldida obro‘sini oshirish;
- kompaniyangizning ekologik menejment tizimlari qonun talablariga muvofiqligini jamoatchilik va mijozlarga yaqqol namoyish etish;
- tashkilot faoliyatiga ishonch darajasi sezilarli darajada oshadi: nafaqat buyurtmachi, balki nazorat qiluvchi organlar tomonidan ham;
- xalqaro bozorlarga chiqish;
- marketing va reklama harakatlari samaradorligini oshirish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, investorlar e’tiborini jalb qilish.
Bundan tashqari, ISO 14001 menejment tizimining boshqa standartlari va ISO 9001, OHSAS 18001 kabi texnik talablarga mos keladigan tarzda ishlab chiqilgan.
Ekologik menejment tizimini sertifikatlashtirish atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatingizni namoyish etish, raqobatdosh ustunlikka erishish va mavjud hamda potentsial mijozlaringizga oʻz printsiplarini tasdiqlash imkoniyatini beradi.
Download 7.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling