Ekologik monitoring, ekologik ekspertiza va nazorati. Reja


Download 46 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi46 Kb.
#1581107
Bog'liq
Ekologiya 2


Ekologik monitoring, ekologik ekspertiza va nazorati.
Reja
1.Ekologik monitoring
2.Rkologil ekispirtiza

Tabiatda antropogen taʼsir ko‘lami o‘sib borishi munosabati bilan ekologik monitoring o‘tkazishning dolzarbligi oshmoqda. Bu holda kosmik suratlardan foydalanish hududni to‘liq bir marttalik qamrab olishga imkon beradi va masofaviy usullar atrof-muhitni baholashni nafaqat alohida kuzatuv punktlari doirasida balki har qanday tanlangan joyda transport qulayligi va masofadan qatʼiy nazar amalga oshirishga imkon beradi,


Masofadan turib zondlash usullarining aniqligi amaldagi ekologik standartlar va qoidalar talablariga javob beradi va har xil tabiiy sharoit va sanoat faoliyati turlariga ega bo‘lgan hududni davriy kuzatuvlarini tashkil etishga imkon beradi.
Amalda hal qilinadigan kosmik atrof muhit monitoringi vazifalari qatorida quyidagilarni atash mumkin:
qattiq chiqindilarni saqlash uchun mavjud bo‘lgan vakolatli va noqonuniy saqlash joylarini, sanoat chiqindilarini, yangi paydo bo‘lgan chiqindixonalarni aniqlash ( turar joy, ishlab chiqarish binolari ichida, shuningdek asosiy aholi punktlarining bufer zonalarida) monitoringi;
yer osti boyliklaridan foydalanish infratuzilmasini (kesmalar, karerlar, radioaktiv chiqindilar saqlash joyi) monitoring qilish va xaritalash;
foydali qazilmalar qazib olish sohalaridagi salbiy jarayonlar dinamikasini o‘rganish (karst, yer qobig‘ini cho‘kishi, suv toshqini, botqoqlashish);
mahalliy foydali qazilmalarni qazib olish uchun ruxsat etilmagan joylarni aniqlash;
chiqindi suv va qishloq xo‘jaligi chiqindilari bilan ifloslangan tuproq joylarni aniqlash va xaritalash;
yerlarning tanazzulga uchrash jarayonlarini kuzatish (eroziya, sho‘rlanish, botqoqlanish, qishloq xo‘jaligi yerlarining ifloslanishi);
atrof muhitni rejalashtirish va loyihalashtirishni axborotlashtirish;
ekologik xavfli obyektlarni monitoringi (sanoat korxonalari, tog‘-kon qazish inshootlari, energetik va transport inshootlari);
neft ishlab chiqarish va tashish sohalarida neft va neft mahsulotlarining to‘kilgan joylarini aniqlash;
o‘rmon ekotizimlarining buzilish joylarini aniqlash (yoqib yuborilgan joylar, o‘lik o‘rmonzorlar, shamol esadigan joylar, o‘simliklarni qurib qolgan joylari, xasharotlar taʼsiri va boshqalar).
1-modda. Ekologik ekspertiza tushunchasi
Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ekologik ekspertiza maqsadlari
Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash.
4-modda. Ekologik ekspertiza turlari
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ekologik nazorat tushunchasi
Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
(4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilishdan iborat
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling