Ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish va davlat ekologik ekspertiuzasining xulosasiga qo’yiladigan talablar Reja


Download 32.41 Kb.
bet1/6
Sana08.06.2023
Hajmi32.41 Kb.
#1463677
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish va davlat ekologik ekspertiuzasining xulosasiga qo’yiladigan talablar10


Ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish va davlat ekologik ekspertiuzasining xulosasiga qo’yiladigan talablar
Reja



  1. Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimidagi maxsus tarmoq faoliyati sifatida

  2. Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida ko’p turdagi ekologik ekspertiza organlari.

  3. Davlat ekologik ekspertizasi organi

  4. Davlat ekologik ekspertiza va uning asosiy maqsadi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimidagi maxsus tarmoq faoliyati sifatida
Ekologik ekspertizaning mamlakat boshqaruv tizimida tarmoq sifatida shakllanishi uchun eng kamida quyidagi uchta sharoit bo’lishi kerak:
1) bunday tarmoqni shakllantirish uchun davlat manfaatining mavjudligi;
2) mustaqil tartibga solish (boshqarish) predmetini tashkil etuvchi tartibga solinadigan ekologik-iqtisodiy ijtimoiy munosabatlarning yaqqol namoyon bo’lishi; 3) alohida metodlarda tartibga solishga extyojning borligi:
Bunday sharoit O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda paydo bo’ldi: mamlakatda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tarkibida yagona Davlat ekologik ekspertiza tizimi va ularning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi ekspert organlari tashkil etildi va ular faoliyat ko’rsatmoqda 1996 yilda ushbu tizimda 63 xodim ishlagan, murakkab muammolarni ko’rib chiqish uchun 300 dan ko’proq taniqli olimlar ekspert sifatida qatnashganlar. Ekologik ekspertiza qilingan ob’ektlar soni 1993 yilda 1860, 1994 yilda-2640, 1995 yilda-3712, 1996 yilda-4384 ta bo’lgan 1997 yilda «Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish tartibi» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan1. 2002 yil yanvar oyida «Ekologik ekspertizani tashkil etish va o’tkazish bo’yicha nizom tasdiqlangan.
Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimidagi maxsus tarmoq faoliyati bo’lib, u tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqalarni uyg’unlashtirish, ekologik-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, xalqning ekologik mafaatlarini amalga oshirish bo’yicha ekologik ekspertiza usulini qo’llash asosida tabiatdan foydalanishning ekologik talablarga muvofiq kelishini aniqlaydigan va ularni nazorat qiladigan maxsus davlat boshqaruv tizimidir. Har qanday tizim kabi ekologik ekspertiza ham uni shakllantiruvchi omillar orqali birlashgan (integratsiyalashgan) ko’plab elementlardan tashkil topgan. Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimida tarmoq sifatida asosan ekologizatsiyalash metodlaridan keng foydalangan holda o’z funktsiyasini bajaradi. Ushbu tarmoq ob’ektlari g’oyat xilma-xil bo’lib, ular tarkibiga quyidagilar kiradi: O’zbekistonning milliy ekologik tizimi tarkibiga kiradigan tabiiy ob’ektlar-er, foydali qazilmalar, suv, o’simlik va o’rmon, xayvonat olami; ekologik tizimning ayrim komponentlari (qismlari) - atmosfera xavosi, qo’riqxonalar, buyurtmalar; ishlab chiqarish faoliyati va antropogen ta’sirda bo’lgan ekologik tizimlar-qishloq xo’jaligi sohasida, qishloq xo’jaligidan tashqaridagi sohalarda, aholi yashash manzillari, rekreatsiya (dam olish) davolash-sog’lomlashtirish zonalari, Qurolli kuchlar ixtiyoridagi yerlar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqitlarini qayta ishlash va utilizatsiyalashni tartibga solish va boshqalar. O’z navbatida bu xilma-xil ob’ektlar yirik va murakkab makro ekotizimlar-tekislik cho’l (sahro), sug’oriladigan (antropogen) tekislik, tog’oldi-tog’ zonalari tarkibiga kiradi. SHu sababdan tarmoq ekologik ekspertizasi tarkibida cho’l, antropogen tekislik, tog’ yo’nalishlari ham ajratilishi kerak.

Download 32.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling