Ekologik muammolar va yechimlari


Download 19.24 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi19.24 Kb.
#1214407
Bog'liq
Ekologik muammolar va yechimlari


Ekologik muammolar va yechimlari
Insonning mrhnat faoliyati natijasida atrof muhitga turli chiqindilar chiqariladi. Chiqin-dilar ( qattiq, gazsimon va suyuq ) ning bir qismi atmosferaga, boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida to’planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to’planib borishi turli muammolarni ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni keltirib chiqarishi endilikda to’liq tasdiqlanmoqda.
Insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: “issiqxona samarasi”, ozon “tuynugi”, cho’llanish.
“Issiqxona samarasi”. Dunyo bo’yicha XX asrning 50- yillaridan boshlab, energiya ishlab chiqarishning keskin ortishi muno-sabati bilan atmosferaga katta miqdorda chiqin-dilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga 5 milliard tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa Yerdagi o’rtacha harorat 1890-yildagi 14,5 C dan 1980-yilda 15,2 C ga, ya’ni 0,7 daraja-ga oshishiga olib keldi. Mazkur ko’rsatgich yil sayin ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa “issiqxona samarasi” ning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Olimlar-ning fikricha, “issiqxona samarasi” ni vujudga kelkeltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2-0,5 darajaga ko’tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o’rmon-tundra, tayga, aralash va keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht va dasht tabiat zonalarining shimol-ga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi.

Dunyo bo’yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean suvlarining issiqlik ta’sirida kengayi-shiga olib keladi. XX asr davomida olimlarning hisobi bo’yi-cha okean sathi 17,5 santimetrga ko’taril-gan. Amerika olimlarining bashoratiga ko’ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4-2,2 metrga ko’tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko’pchilik davlatlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo’ladi.


Ozon “tuynugi”. XX asrning 50-yillar-idan boshlab, havoda freon gazlarining ( xlor, ftor, uglerod ) miqdori ko’pay-ganligi kuza-tila boshlandi. Bu gazlar 25 kilometr ba-landlikda joylashgan ozon qatlamini yemi-ra boshladi. Ma’lumki, ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Ozon qatla-mining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynuk-dan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo’lishi aniqlangan.
1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaha-ssislari hamda davlat arboblari qabul qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladi-gan mahsulotlarni kamaytirib boorish tad-birlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi” ning maydoni qis-qarib bormoqda.
Cho’llanish. Hozirgi kunda cho’llanish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning, yay-lovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda. Tabiiy onillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974-yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad ko’li may-donining 60 foizidan ortig’i, Neger, Senegal daryolari qurib qoldi, namlik yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho’l 100-150 kilometrga savannaga bostirib kirdi.
Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda hosil-dor yerlar cho’lga aylanmoqda.
Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 million kvadrat kilometr maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yil taxminan 21 million gektar yer to’liq buzilib cho’lga aylanmoqda. Har yili sug’orilayotgan yerlarning 6 million gektar maydoni cho’lga aylanadi.
Hozirgi paytda cho’llanishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi.
HUDUDIY EKOLOGIK MUAMMAOLAR VA
ULARNING YECHIMI.
Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va jamiyat o’rtasida o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda.
Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq, Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kasbiy va Orol dengizlari, Baykal, Balhash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda mavjud.
O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – bu Orol dengizi muammosidir. 1911-1960-yillar davomida Orol dengizi har yili o’rtacha 52 kub kilometr suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutlaq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kvadrat kilometr, suvning o’rtacha sho’rlanganlik darajasi 9,5-10 foiz (9,5-10g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 metrni tashkil qilgan.
O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston-dagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, qator yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini qurib, ishga tushirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, maydoni kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, maydoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik darajasi esa orta boshladi.
IQLIM MUAMMOSI: BASHORATLAR, MUAMMO VA YECHIMLAR
Mutaxassislar 2005 yilning birinchi haftasi issiq kunlar bilan boshlanishini bashorat qilishgandi. Lekin bunday bo‘lib chiqmadi. Anchadan buyon qor ko‘rmayotgan dunyoning bir qator mamlakatlariga aynan shu haftada qor yog‘di. Selsiy va Farangeyt shkalalari sovuq va izg‘irinni bildiruvchi raqamlarni ko‘rsatdi. Yaqinda 200 nafar iqlimshunos Toni Bler taklifiga binoan Angliyaga tashrif buyurishdi va unda Yer sharida haroratning keskin ko‘tarilib ketishi munosabati bilan 1997 yil qabul qilingan Kioto protokolini amalga tezroq tatbiq qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Iqlimshunoslar vaqtni qo‘ldan boy bermay, protokol yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligiga alohida urg‘u berishdi.
Dastlab haroratning ko‘tarilib ketishi va atmosferaning ifloslanish darajasi xavfli nuqtaga yaqinlashib qolganligi haqida iqlim o‘zgarishi munosabati bilan tuzilgan hukumatlararo komissiya rahbari Rajendra Pachauri to‘xtalib o‘tgandi. U bu mavzuda BMTning Mavrikiyada bo‘lib o‘tgan konferentsiyasida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Oksford universitetning bir guruh olimlari iqlimning keskin o‘zgarishi komissiya keltirgan raqamlardan ikki marta ko‘p xavf keltirishini aniqlashdi. Xalqaro ishchi guruhining ta’kidlashicha, o‘n yildan keyingi vaziyat asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga yetadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, iqlimshunoslarning navbatdagi konferentsiyasida iqlimning xavfli tomonga burilishi masalasi muhokama qilindi.
Hozirdanoq Bosh vazir harorat muammosini YeI va “katta sakkizlik” davlatlari o‘rtasida tashkil etiladigan sammitda ko‘tarib chiqish mas’uliyatini olgan. Angliya ekologiya vaziri Margaret Bekett konferentsiyani ochiq deb e’lon qilarkan, kelajakda haroratning global ko‘tarilish oqibatlaridan qochib bo‘lmasligini aytib o‘tgan.
Keyin barcha qit’alardan tashrif buyurgan olimlar va iqtisodchilar nutq so‘zlashdi. Ularning fikricha, e’tiborga arzimagan narsalar hozirda jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotir.
Agar hukumatlar chora ko‘rishsa, ibtidoiy va arzon texnikalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Aslida bunday qaror ilgari ham qabul qilingan edi. 1986 yil Venada yig‘ilgan yadro energetikasi mutaxassislari Chernobl fojeasini ko‘tarib chiqishgandi. Sobiq Ittifoq delegatsiyasi o‘shanda vertolyotda suratga tushirilgan yadro reaktorining cho‘g‘ rangiga kirish jarayonini havola etgandi. Albatta, tasvirlarning bari keskin ruhda emasdi. Lekin jonli hujjat o‘z davrida dunyo siyosatdonlariga yetarlicha tashvish tug‘dirayotgan yadro inqirozini yaqqol namoyon etdi. Hozirga kelib yadro muammosiga haroratning oshishi, muzliklarning erishi qo‘shildi. Ehtiyotkor fan barcha sirni oshkor qilishni istamaydi. Shunday bo‘lsa-da, Arktikadagi dengiz muzliklari deyarli yarim hajmidan ayrilganini keltirib o‘tmoq joiz. Qashshoqlik, qurg‘oqchilik, kuchli shamollar va suvsizlik kabi ofatlar zilzilaga nisbatan uch marta ko‘proq sodir bo‘layapti. Bularning bari iqlim o‘zgarishiga bog‘liq hodisalardir.
Olimlarning aniqlashicha, Shimoliy dengizdagi qushlar soni o‘tgan yilga qaraganda keskin kamayib ketgan.
Chunki ular iste’mol qiladigan baliqlar iliq suv havzalarini tark etishgan. Achinarli tomoni shundaki, harorat xavfi haqida mutaxassislar ancha oldin, ishonish qiyin bo‘lgan paytlarda ogohlantirishgan edi.
Konferentsiya ishtirokchilari yana okeanlarda asta-sekin kislota miqdorining ko‘payib borishidan tashvishda ekanliklarini bildirishgan. Bu hol dengiz jonivorlarining qirilishiga olib kelishi mumkin.
Britaniyada Antarktika loyihasi bilan shug‘ullanuvchi olimlar hozirning o‘zidayoq bir qator tadqiqotlarni amalga oshirishdi. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, G‘arbiy Antarktikadagi muz qoplamining erishi oqibatida dengiz sathi o‘n besh fut, taxminan 4,57 metrgacha ko‘tariladi. Ekspertlar muammoni yakdil hal qilish tarafdori. Ayni paytda yangi ilmiy xulosa vujudga kelmoqda: agar biz fojeaning oldini olishni istasak, unda isish haroratini ikki gradus oraliqda ushlab turmoq lozim. Bu uglekislorodli gazlar kontsentratsiyasining maksimal miqdori 400 birlikni tashkil etishi kerakligini bildiradi. Afsuski, hozirning o‘zidayoq kontsentratsiya 370 birlikka yetgan va o‘sishda davom etmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, masalaga yechim topish mumkin. Buning uchun davlatlar 2050 yilgacha uglekislorodli gazlar hajmini 50 foizga qisqartirishlari, rivojlangan mamlakatlar 2020 yilgacha 30 foizga kamaytirishlari darkor. Vaqt esa kam qolgan. Agar kelayotgan o‘n yil yana harakatsiz o‘tkazilsa, keyin ikki barobar kuch talab qiluvchi tadbirlarga ehtiyoj tug‘iladi. Yigirma yil bekorga sarflansa, bu uch-etti barobar qimmatga tushadi. Yaxshisi, zararsiz texnologiyalarni ishlab chiqmoq, energetik chiqindilar miqdorini kamaytirmoq, qayta ishlash sanoatini takomillashtirmoq, o‘rmon va qishloq xo‘jalik resurslaridan unumli foydalanmoq zarur. Umuman Yevropada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning bir foizi 20 yil uchun sarflansa, maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
Download 19.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling