Ekologik omillar Biosfera ta’limoti


Download 86.86 Kb.
bet8/8
Sana17.06.2023
Hajmi86.86 Kb.
#1531387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza

Noosfera — grekchada noos-aql, ong, sfera-sferik qobiq jamiyat bilan atrof-muhitning o'zaro ta'sirlashuv makonidir. Boshqacha qilib aytganda, noosfera - bu fikrlovchi qobik, yoki insonning ongli faoliyati ta'sirida jamiyat va tabiatning evolyusion rivojining asosiy harakatga keltiruvchi kuchi yoki omilidir. Bu omil avval erda, so'ngra er atrofidagi kosmik bo'shliqda ham etakchi o'rin tuta boshlaydi. Noosfera atamasi dastlab fransuz filosofi E.Le-Rua (1927) tomonidan ko'llanilgan. Uning tushunishicha, no­osfera biosferaning oliy «ma'naviy» bosqichi hisoblanadi. Boshqa bir fransuz katolik filosofi P.Teyyar De Sharden esa noosferani biosferaning ustki fikrlovchi qatlami deb tushungan.
Rus olimi V.I.Vernadskiy o'zining biogeoqimyoviy tadqiqotlariga asoslanib, «insonning xo'jalik va ishlab chiqarish faoliyati tufayli tabiat kuchli o'zgarishga uchraydi, bu jarayonda inson bosh o'zgartiruvchi kuchga aylanadi va u bio­logik evolyusiyaning yunalishini belgilovchisi bo'lib qoladi. Inson bilan biosfera o'rtasidagi o'zaro munosabat umum­sayyoraviy harakter kasb etadi. Inson faoliyati tufayli ta­biatda modda va energiya aylanishining yangi turi, ya'ni antropogen modda aylanishi qaror topadi. Buning natijasida erdagi biogeosenoz jarayoni noogeosenozga o'tadi. Oqibatda biosfera o'zining sifat jihatidan yangi bosqichi noosferaga o'tadi» degan ilmiy asoslangan xulosalarga keladi. Noosfera hakidagi fikrlar sunggi 30-40 yil ichida dunyo bo'ylab keng tan olindi. Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlangan sharoitda biosferani noosferaga aylanishi umumsayyoraviy miqyosdan fazoviy mikyosga o'tib bormokda. Chunki insonning ongli faoliyati ta'siri nafakat er, balki unga yakin bo'lgan koinotni ham qamrab olmoqda. Noosfera tushunchasi asl moxiyatiga ko'ra inson bilan tabiat o'rtasida uyg'unlashgan muta-nosib o'zaro munosabatlarni qaror topishini va oxir-oqibatda jamiyat bilan tabiat orasidagi mavjud qarama-qarshiliklarni mukammal darajada hal etilishini bildiradi. Noosferaning shakllanishida atrof-muhit ifloslanishini oldini olish, tabiatga etkazilgan «jarohatlar»ni davolash, biologik tizimlar evolyusion ongli ravishda boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarining to'g'ri hal etilishi muhim ahamiyatga ega.
Biosfera taraqqiyoti faqat insonlarning ilmiy-texnik imkoniyatlari, salohiyatigagina bog'liq bo'lib qolmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy siyosiy holatiga, yani tinchlik, barqarorlik, hamjihatlik holatiga ham bog'liq bo'ladi.
Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, noosfera ta'limoti ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlarni hamda insonning turli ishlab chiqarish sohalarini uzviy integrasiyasini taqozo etadi. Noosfera oqilona tarzda tuzilgan tabiat va jamiyatdan iborat biosferaning kelajakdagi yangi holatidir, ya'ni taraqqiyotning noosfera bosqichida jamiyat bilan tabiat bir butun yaxlit tizim tarzda faoliyat ko'rsata boshlaydi.
Download 86.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling