Ekologik omillar Biosfera ta’limoti


Download 86.86 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi86.86 Kb.
#1531387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza

Biosfera deyilganda Yerning hayot tarqalgan yuza qismlari tushiniladi. U o'z ichiga barcha tirik organizmlarni va ular tarqalgan joydagi noorganik modalarni qamrab oladi. Ma'lum torqoq ma'noda, biz atrof-muhit yoki tabiat deganimizda mana bu biosferani nazarda tutamiz. Organizmlarning tabiatda tutgan o'rni, ularning turli-tumanligi, keng tarkalganligi, uzoq geologik davrlar mobaynida mavjud ekanligi, o'ziga xos tanlash xususiyatiga egaligi, bioqimyoviy jihatdan favkulodda faolligi kabi ko'rsatkichlari bilan belgilanadi. Ularning biomassasi Yer kobig'ining bor-yo'g'i 0,0001% ni, quruq mas-sasi bo'yicha esa 0,00001% ni tashkil etadi, bu miqdor doimo uzluksiz yangilanib, tiklanib va parchalanib turadi. Shuning uchun organizmlarning tabiatdagi roli hakida fikr yuritilganda faqat miqdoriy jihatdan yondashish noto'g'ridir.
Hozirgi paytda Yerdagi tirik organizmlarning yillik o'rtacha o'sishi 2,23*1011tonnani tashkil etadi. Agar so'nggi mil­liard yil uchun bu miqdorni hisoblasak, YEr qobig'ining massasiga nisbatan 10 marta ko'p biomassa hosil bo'lganligini ko'rish mumkin. Buncha miqdor biomassa va unda jamlangan energiyani oldimizga keltirsak, organizmlarning erdagi ahamiyati haqida yakqolroq tasavvur hosil qilishimiz mumkin.
Biosferadagi mavjud moddalarni kuyidagi to'rtta guruhga ajratish mumkin:
1. Tirik moddalar. Bularga biosferadagi barcha tirik organizmlar - o'simliklar, hayvonot va kuyi darajadagi jonzotlar kiradi. Tirik moddalarning eng muhim xususiyatlari ularning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi hisoblanadi.
2. Biogen moddalar. Bular tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo'lgan va o'zgarishlarga uchragan moddalardir. Neft, torf, ko'mir, ohaktosh, tabiiy gaz va shu kabilar biogen moddalarga misol bo'la oladi.
3. Noorganik moddalar va suv. Bular biosferadagi turli noorganik moddalar va suvlarni o'z ichiga oladi. Bunday moddalar tirik organizmlar uchun yashash muhiti va vositasi bo'lib hisoblanadilar.
4. Biokos yoki oralik, moddalar. Tirik organizmlarning faoliyati ta'sirida o'zgarishlarga uchragan moddalardir. Bularga tuproqlar, cho'kindilar, tog' jinslari, gillar va suvlarning ma'lum qismini misol qilib ko'rsatish mumkin. Tirik moddalar energetik jihatdan o'lik moddalarga nisbatan bir necha barobar faol bo'ladilar, ya'ni ularda ener-giyaning to'planishi va sarf bo'lishi nisbatan tez kechadi.
V.I.Vernadskiy insonning biogeokimyoviy faoliyatini ham tirik moddalarning alohida funksiyasi sifatida ajratishni tavsiya etgan. Bu fikrning ilmiy ahamiyati hozirgi insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati kuchaygan davrda yanada yaqqolroq namoyon bo'lmoqda. Tirik organizmlarning tabiiy jarayonlardagi ishtiroki ularning quyidagi beshta funksiyasi bilan ifodalanadi. 1-jadval

Download 86.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling