Ekologik omillar haqida malumot Abiotik omillar
Biotik, antropegen faktorlar omillar
Download 25.24 Kb.
|
Ekologik omillar
Biotik, antropegen faktorlar omillar
Biotik omillar. Organizmlarning biotik o`zaro munosabatlari yoki biotik omillar deyilganda o`simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning bir-birilariga o`zaro ta`siri tushuniladi. Tabiatda hech qanday tirik jonzot o`z qobig`iga o`ralib, ayri holda yashay olmaydi. Uni tabiatning ko`plab tirik vakillari o`rab olgan bo`ladi. Ularning barchasi bir-biri bilan o`zaro ta`sirlashadi. Organizmlarning o`zaro ta`sirlashishi, shuningdek, ularning hayot sharoitlariga ko`rsatgan ta`siri muhitning biotik omillari majmuini tashkil etadi. Ekologik o`zaro ta`sirlar, odatda, nihoyatda murakkab harakterga ega bo`lib, ko`plab omillarga bog`liq va turli sharoitlarda har xil kechadi. Shuning uchun ekologik o`zaro ta`sirlarning oqibatlarini oldindan bilib bo`lmaydi. Antropogen omillar - inson hayot faoliyatining organik dunyoga ta`siri. Jamiyatning rivojlanishi bilan insonning tabiatga ta`sir qilishning yangi-yangi xillari kelib chiqib, atrof-muhitda salbiy ekologik o`zgarishlar seziladi. Hozirgi vaqtda antropogen omillar tabiatdagi eng kuchli omil hisoblanadi. Inson tirik organizmlarga bevosita va bilvosita ta`sir etib, ularni yashash sharoitini o`zgartirib, qirilib ketishiga sabab bo`lmoqda. Insonning faoliyati tufayli yer yuzida ko`plab o`simlik va hayvon turlari yo`qolib ketdi. Million-million yillar davomida shakllanib, tarkib topgan dunyo manzarasini inson bir necha yillar davomida beqiyos darajada o`zgartirib yubordi. Odamzod hamma vaqt atrof-muhitdan asosan resurslar manbai tarzida foydalanib kelgan. Hatto uzoq zamonlar davomida uning faoliyati tabiatga sezilarli darajada ta`sir ko`rsata olmagan. Faqat o`tgan asrning oxirlariga kelib, xo`jalik faoliyati ta`sirida biosferaning o`zgarishiga olimlar jiddiy e`tibor bera boshladilar. XX asrning birinchi yarmiga kelib, bu o`zgarishlar jadallashib ketdi va hozirgi vaqtda butun insoniyat sivilizatsiyaga o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Inson o`z hayot shart-sharoitlarini yaxshilashga intilib, moddiy boyliklar ishlab chiqarish suratini doimo oshirib boradi. Biroq uning oqibatlari haqida hamisha o`ylab ko`ravermaydi. Bunday yondoshuv va munosabatlar natijasida tabiatdan olingan ko`plab resurslar unga chiqindilar tarzida qaytariladi. Bu chiqindilarning ko`pchiligi zaharli yoki qayta ishlab foydalanishga yaroqsiz bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, biosferaga ham, insonning o`ziga ham katta xavf-xatarlar tug`diradi. Bir so`z bilan aytganda, kelgusida biosferaning mavjud bo`lish-bo`lmasligi, insoniyatning yashab qolish-qolmasligi Yer yuzida ekologik vaziyatga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi. Ekologik omillar tirik organizmlarga alohida - alohida va bir-birlaridan ajralgan holda emas, balki ular murakkab kompleks tarzida bir vaqtda ta`sir qiladilar. Organizm kompleks omillarsiz yashay olmaydi. Organizmlar har bir ekologik omilni turlicha sezadilar va qabul qiladilar. Har bir tur vakili uchun o`ziga xos sharoit kerak. Cho`llarda o`sadigan o`simliklar va u yerda yashaydigan hayvonlar yuqori harorat va quruq sharoitga moslashgan, tundra, Arktika va yuqori tog` mintaqalarida o`similk va hayvonlar namlikning fiziologik kamligiga, past haroratga chidamli bo`ladilar. Sho`r suv havzalarida uchraydigan organizmlar esa, mineral moddalar konsentratsiyasining yuqoriligini turlicha qabul qiladi. Tirik organizmning ekologik omillarga moslashishi va ularni turlicha qabul qilishi ularning evolyutsion rivojlanish jarayonida vujudga kelgan Xulosa. Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta’sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar xam mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun ma’lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Xar bir omilning organizmga ta’sir etish kuchi xamda quyi va yuqori ta’sir etish chegaralari bo‘ladi. Omilning kuchli ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb ataladn. Ekologik omil organizmga xaddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. SHunday qilib, xar qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta’siri bo‘lar ekan. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb ataladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida organizm nobud bo‘ladi (2-rasm) . Omilning kuchli ta’sir etishi, ya’ni optimum qonunning or-ganizmlarga ta’sirini tushunib olish uchun g‘o‘za o‘simligini xavo xaroratiga bo‘lgan munosabati va uning optimum, minimum va maksimum nuqtalari xaqida tuxtab o‘tamiz. Ma’lumki, chigitning unib chiqishi uchun temperatura 14-16°S bo‘lishi zarur. Baxorda xarorat past kelsa, chigitning unib chikishi kechikadi. Bizning sharoitda g‘o‘za nixollari paydo bo‘lgan vaqtda xavo bilan tuproq temperaturasi sekin-asta ko‘tariladi va odatda, normal darajada bo‘ladi. Temperatura 38°S dan yuqori bo‘lganda, ayniqsa, nam kam bo‘lsa, o‘simlik qizib ketadi. Temperatura 1-2°S bo‘lsa, g‘o‘za nixollarini sovuq uradi. Kuzdagi 3-4°S sovuq xam g‘o‘zani nobud qiladi. SHunday qilib, g‘o‘za o‘simligining vegetatsiya davomida minimum nuqtadan xaroratni 1-4°S pasayishi uni nobud bo‘lishiga olib keladi. 14-16°S dan 38°S gacha oraliqdagi temperatura o‘simlik o‘sishi uchun qulay, undan yuqorisi esa, noqulay xisoblanadi. G‘o‘za o‘simligi uchun maksimum nuqta 46-47°S deb qarash mumkin. Muxitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-old qo‘shimchasini qushib, tor doirada moslashganlarga steno-old qo‘shimchasini qo‘shib nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigal, stenogal. Download 25.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling