Ekologik piramida qoidasi. Oziq zanjiri
Download 138.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Ozuqa zanjiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- EKOLOGIK PIRAMIDA QOIDASI . OZIQ ZANJIRI. Tirik organizmlar quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) Produtsentlar
- 3) Redutsentlar yoki destruktorlar
- D) 0,3 kg
Ahrorbek Abdubannopov I +998 (91) 679 64 66 I Biologiyani biz bilan o’rganing… “Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat yetkazur” (“Zoriyot” surasi, 55-oyat). EKOLOGIK PIRAMIDA QOIDASI . OZIQ ZANJIRI. Tirik organizmlar quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) Produtsentlar- hosil qiluvchilar (o’simliklar) 2) Konsumentlar – iste’mol qiluvchilar I-darajali konsumentlar – o’txo’rlar (chigirtka , quyon , sichqon kabilar II- darajali konsumentlar – o’txo’rlarni iste’mol qiluvchi yirtqichlar (kaltakesak va ilon kabilar) III- darajali konsumentlar – yirik yirtqichlar (masalan, lochin) 3) Redutsentlar yoki destruktorlar – parchalovchilar (bakteriyalar) Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan , o’zaro bog’langan bir necha turlar yoki organizmlar oziq zanjiri deb ataladi. Oziq zanjirida bir darajadan ikkinchisiga o’tganda energiya va moddalar miqdori taxminan 10 martaga yaqin kamayib boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90 %i organizmning hayot faoliyatini ta’minlashga sarflanadi. Qolgan 10 foizi organizmning tanasining tuzilishi uchun sarf bo’ladi. Masalan o’rtacha olganda 1000 kg o’simlikni yeganda hayvon 100 kg ga semiradi. Bunday massali o’txo’r hayvonni yegan yirtqichlarning massasi 10 kg ga ortishi mumkin , ikkilamchi yirtqichniki esa 1 kg ga ortadi . Oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressive kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi. MASALALAR 1. Ekalogik piramida o’simlik→sichqon→ilon→mangustdan iborat. Agar sumumiy biomassa 333,3 kg bo’lsa, u holda sichqonlar qancha o’simlik bilan oziqlanganligini aniqlang. A) 300 kg B) 30 kg C) 3 kg D) 0,3 kg 2. Ekalogik piramida o’simlik→sichqon→ilon→mangustdan iborat. Agar sumumiy biomassa 333,3 kg bo’lsa, u holda ilonlarning tana massasi qanchaga ortaganligini aniqlang. A) 300 kg B) 30 kg C) 3 kg D) 0,3 kg 3. Ekalogik piramida o’simlik→sichqon→ilon→mangustdan iborat. Agar sumumiy biomassa 333,3 kg bo’lsa, u holda mangustning tana massasi qanchaga ortaganligini aniqlang. A) 300 kg B) 30 kg C) 3 kg D) 0,3 kg 4. Ekalogik piramida fitoplankton→zooplankton→mayda baliq→yirik baliq→oq ayiqdan iborat. Agar mayda baliqlarni masssi 1000 kg bo’lsa, umumiy biomassaninig necha fozini oq ayiq tashkil qiladi? A) 0,9 % B) 0,09 % C) 0,009 % D) 0,0009 % 5. Ekalogik piramida fitoplankton→zooplankton→mayda baliq→yirik baliq→oq ayiqdan iborat. Agar mayda baliqlarni masssi 1000 kg bo’lsa, umumiy biomassaninig necha fozini zooplamkton tashkil qiladi? A) 0,9 % B) 0,09 % C) 9 % D) 90 % 6. Ekalogik piramida fitoplankton→zooplankton→mayda baliq→yirik baliq→oq ayiqdan iborat. Agar mayda baliqlarni masssi 1000 kg bo’lsa, umumiy biomassaninig necha fozini zooplankton va yirik baliq tashkil qiladi? A) 0,9 % B) 0,09 % C) 9,09 % D) 90 % 7. Ekalogik piramida, o’simlik-quyon-bo’ridan iborat. Quyonni ortgan biomassasi 80 kg ortgani ma’lum bo’lsa, bo’rilarni 80 % dagi biomassasini hisoblang. A) 0,72 kg B) 6,4 kg C) 7,2 kg D) 0,64 kg 8. Ekalogik piramida, o’simlik-quyon-bo’ridan iborat. Quyonni ortgan biomassasi 80 kg ortgani ma’lum bo’lsa, umumiy biomassani hisoblang. Download 138.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling