Ekologik tarbiya berish
Download 55.99 Kb.
|
EKOLOGIK TARBIYA BERISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ekologik ta’lim tarbiya berish.
EKOLOGIK TARBIYA BERISH Reja: 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ekologik ta’lim tarbiya berish. 2.Atrof muhitga nisbatan hurmat, ehtiyotkorona munosabatda bo’lish. 3.Ekologik tarbiyaning mazmuni. 4.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ekologik ta'lim tarbiya berish. 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ekologik ta’lim tarbiya berish. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishni asosiy maqsadi bolalarni uyg’otishdir. Bu muhabbat avaylashga, asrashga, ehtiyotkorlik munosabatida bo’lishga o’rgatadi. Ekologik tarbiya bu- vatanparvarlikdir. Ekologiyani asrash- vatanni asrash deganidir. Bu muhim vazifani amalga oshirish xalq maorifining boshlang’ich zvenosi bo’lgan Maktabgacha tarbiya tashkilotidir deb o’ylaymiz.Tabiatdan unumli foydalanishga o’rgatish uchun bolalar ongiga ekologik madaniyatni shakllantirish zarur. Bolalar tabiat haqidagi elementar bilimlarni egallab olib o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarishlash, tabiatni kuzatish va ona vatanga muhabbatni oshirishni o’rganib boradilar.Tabiatning faol himoyachilarini tarbiyalash uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan quyidagi ekologiyaning vazifalarini amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi: Bularga: -Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tabiat olamidagi yangi voqea-hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik to’g’risida aniq bilimlar berish; -Bolalarda tabiatni asrab avaylash uni boyitishga oid faoliyatni shakllantirish; -Bolalarni davlatimizning tabiatini qo’riqlash bo’yicha olib borayotgan ishlar bilan tanishtirib borishdir. Yuqorida ko’rsatilgan asosiy vazifalarga har doim amal qilib borilsa yaxshi natijalar berishi mumkin. Buni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida, mashg’ulotlarda, o’yinlarda, kuzatishlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, mehnat faoliyatlarida, oddiy tajribalarda tehnik vositalardan va turli hil metod-usullaridan foydalangan holda tashkil etilsa, yaxshi samara beradi. Bunga maktabgacha tarbiya tashkilotining hodimlari, tarbiyachilari va ota-onalar mas'uldirlar. Har doim muntazam ravishda olib boriladigan ishlar bolalarda ekologiyaga bo’lgan qiziqishlarini va uni e'zozlashga, asrashga o’rgatib boradi. Download 55.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling