Ekologik tarbiya berish
Download 55.99 Kb.
|
EKOLOGIK TARBIYA BERISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi tugrisidagi fikrlari
- Pedagogika”
Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.
Nutqning aniqligi. Nutqning irodaviyligi. Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak. Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi tugrisidagi fikrlari Qadimgi dunyo filosofiya sistemalaridan boshlab pedagogikaning fan sifatida shakllanish jarayoni nazariy tafakkurning taxmin va fikrlashlaridan ilmiy bilim sari harakat qilish jarayoni yuz beradi. Har qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining obyektiv qonunlari to‘g‘risidagi bilimlarning yakunidan, jamlashidan ishonarli va umumlashgan bilimlar sistemasidan iborat bo‘ladi. “Pedagogika” so‘zi yunon tilidan aynan tarjima qilinganda “bolashunoslik” yoki “bola yetaklash” degan ma’noni anglatadi. Pedagogik g‘oyalar Aflotun (er.ol.427 - 347 yillar) Arastu (er.ol.384322y) Plutarx (tax.416-tax.327 yillar) Kvintilian (35-95 yillar chamasi) ning falsafiy va siyosiy asarlaridek, gumanist pedagoglar, sotsial utopistlar T.Mor (1478-1535 ) asarlarida namoyon etila boshladi. Mukammal pedagogik sistemani Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o‘z davrining ilg‘or g‘oyalariga tayangan holda “hammaning hamma narsaga o‘rgatish" to‘g‘risida da’vat bilan chiqdi. Uning “Buyuk didaktika” degan katta risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Pedagogikaning ilmiy asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolotsiy, A.Destervenrg, R.OUEN (17711-1858), A.N.Radishev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen, I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov ko‘p yordam qildilar. Pedagogika nazariyasining rivojlanishiga K.D.Ushinskiy buyuk hissa qo‘shdi. Uni rus pedagogikasining otasi deb atashadi. Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida muqarrar shart bo‘lib hisoblanadi. Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta’lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek u maktab, hunar-texnika bilim yurti va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi. “Pedagogika” faniga tavsif berilganda “ta’lim”, “tarbiya”, hamda “ma’lumot” degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir birini to‘ldiradilar. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya tushunchalari deb qaraymiz. Bulardan tashqari “o‘quvchi”, “o‘qituvchi”, “usul”, “intizom”, “jamoa”, “irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hokazo tushuncha - nomlar mavjudki, bu haqida mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to‘xtaymiz. Ma’lumki, tarbiya tushunchasi o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilgan bilimlar asosida aqliy kamolot - dunyoqarashini insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma’noda tarbiya deb tarbiyachi o‘zi hohlagan sifatlarini tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatilishiga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab, umrining oxirigacha davom etadigan jarayonidir. Shu tufayli tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Endi biz shular xususida o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Imom- al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Baxouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu, Maxmudxo‘ja Bexbudiy va boshqa shu kabi ko‘plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o‘zining tarbiyaviy ahamiyatga, ma’rifatni targ‘ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Hamsa”sini, Bexbudiyning “Turkiy Guliston yoxud ahloq”, Imom - al Buxoriyning “As saxix” hadislar to‘plami kabi ko‘plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Xalqimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og‘zaki ijodi namunalari bevosita xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo‘lib, ular ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. Ushbu qadriyatlar o‘z navbatida yuqorida sanab o‘tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab voyaga yetkazgandir. Shunday ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarimiz har qancha faxrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib borishdir. Ma’lumki, xalqimizning salkam ming yillik tarixi Islom dini bilan chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarning aksariyati ham va mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari ham aynan ana shu din asosida shakllanib, rivoj topib kelgan. Shunday ekan, biz bu dinning urf-odatlariga oqilona yondashib, ularni to‘g‘ri anglab olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, islom dini yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, doimo millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlikni va isoniyatga nisbatan qilinadigan har qanday zo‘ravonlikka qarshi harkatlarni hamda behuda qon to‘kilishiga qarshi g‘oyalarni targ‘ib etib kelgan. O‘zbek xalq pedagogikasida asrlar mobaynida asosiy tushunchalar shakllangan: parvarish, tarbiya, mukammallashtirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash, nasihat qilish, o‘qitish, ta’lim berish, o‘rgatish. Forobiyning fikricha, insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l-ta’lim va tarbiya orqali hosil qilinadi: “Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo‘ladi...”. Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyani o‘zviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, har birining insonni kamolga yetkazishida o‘z o‘rni va xususiyati borligini alohida ta’kidlaydi. Xalq pedagogikasi tarbiyaning ko‘p omillaridan foydalanishi bilan (tabiat, mehnat, turmush, odat, san’at, din, ona tili), uslublar katta boyligi bilan (ishontirish, misol, talab, buyruq, tushuntirish, rivoyat, o‘rganish va mashq, istak va farovonlik, afsun, qasamyod, iltimos, maslahat, ishora, ma’qullash, gina, ko‘ndirish, taqiqlash, po‘pisa va hokazo) va tarbiya vositalari (o‘yin, sanoqlar, topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlar, ertak va afsonalar, rivoyatlar) bilan kuchli. Xalq pedagogika xazinasi tarbiyani xalq turmushi bilan g‘oyaviy bog‘lanishini mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi. Bu xazinalar ijodiy yondashganda yosh avlodni tarbiyalashda katta samara berdi. Xalq pedagogikasining turli vositalari katta o‘zgarishlarga uchradi. Bu o‘zgarishlar tarbiyaga ham salbiy ta’sir etdi. Bugun mustaqillik davrida istiqlol g‘oyalari ruhida qadimgi xalq an’anasini tiklash, ta’minlash tarbiyada boy rang-barang xalq pedagogikasidan foydalanish davri keldi. Zamonaviy tarbiya ishida o‘zining mohiyatini yo‘qotmagan xalq pedagogikasining g‘oyaviy xazinasi va buyuk yutuqlari sifatida epos, ertak, lapar, maqol, tez aytish, topishmoq kabi janrlar mustaqillik davrida yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Download 55.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling