Naqshbandiy tariqati hayot haqiqati
Download 47 Kb.
|
Maqola Dilorom 1
“Naqshbandiy tariqati – hayot haqiqati”. Maktabgacha ta`lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Ismatova Dilorom. Bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida yashyotganimiz hech birimizga sir emas, bu rivojlanish yosh avlodni tarbiyalashda ham turli usul va yo‘llardan foydalanishni talab etishi hayot haqiqatidir. Yoshlarni zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda bobolarimiz o‘gitlaridan foydalanib tarbiyalash, yosh avlod ajdodlar o‘giti bilan kamol topmog‘i, qadr topgan qadriyatlarimizni ardoqlamog‘i darkor. Shu o‘rinda, buyuk bobokalonlarimizdan bo‘lgan Naqshbandiy hazratlarining ta`limoti va o'gitlari asosida yosh avlodni tarbiyalash porloq kelajak poydevoridir. Sho‘rolar zamonida hazrat Bohouddin Naqshband ta`limotiga e`tibor qilinmadi, ul zotning maqbarasi, qasri Orifon majmui tashlandiq holda qoldi. Ta`limotlari, bitgan o‘gitlari, pandu-nasihatlari sho‘rolar tomonidan yo‘qqa chiqarildi. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab, Birinchi Prezidentimizning tashabbuslari bilan bu majmua ta`mirlab, obod qilindi. 1993-yilda Naqshband hazratlarining 675 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning shaxsan o‘zlari Naqshband qadamjolarini obod qilish ishlarini ko‘zdan kechirish uchun Buxoroga uch marotaba tashrif buyurdilar. Bu joy hozir “Qubbat ul-islom” nomi bilan mashhur bo‘lgan Buxoroi sharifning eng ko‘rkam joylaridan biriga aylandi. Bu yerga dunyoning turli go‘shalaridan sayyohlar kelib, ziyorat qilmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘z nutqlaridan birida shunday deganlar: “Buxoroni Buxoroi sharif darajasiga ko‘targan ana shunday ajdodlarimiz orasida hazrat Bahouddin Naqshbandiyning muborak siymosi alohida nufuz va mavqega ega. Bu ulug‘ shaxs timsolida inson ruhiyatining naqadar teranligi, bu dunyoda o‘z irodasini tarbiyalab, qalbini poklab, nafs balosini yengib yashaydigan odam qanday ma`naviy yuksaklikka ko‘tarila olishi yaqqol namoyon boladi. Bu buyuk zot ma`rifat yo‘lida odamlarning qalbiga chuqur kirib borish orqali ularda ezgu intilishlar, orzu-umidlar uyg‘otish mumkinligini isbotlab berdi”. Shu bois naqshbandiya ta`limoti hozir ham qiziqish bilan o‘rganilmoqda, manbalar nashr ettirilmoqda. Buxoroyi sharifda barpo etilgan xojagon naqshbandiya tariqati ham o‘sha davrda ilm va ma`rifat markazi hisoblangan bu o‘lkaning madaniy turmush tarziga uyg‘un tarzda shakillandi.
Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling