Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi)
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
AbuHanifa (r.a.)
mazhablariga muvofiq
TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI
Tarjimon:
Abror Abduazimov
«Movarounnahr"
Toshkent
2005
Muqaddima
Bismillahir rohmanir rohim.
Mo‘minlarni O’ziga itoat qilishga buyurib, shu ibodat orqali
ularning nafslarini poklab,
ruhlarini haqiqiy bandalik me’rojiga yuksaltirib, qalblarini ixlos va sadoqatga to‘ldirgan
Alloh taologa hamd va sanolarimiz bo‘lsin.
Olimlarning yo‘lboshchisi,
obidlarning namunasi, so‘zda ham, amalda ham
taqvodorlarning imomi bo‘lgan, habibimiz Muhammadga (s.a.v.) salovotu salomlarimiz
bo‘lsin.
Din yo‘lida faqih bo‘lib,
ruhlarini toatga, badanlarini istiqomatga bo‘ysundirgan, Allohning
roziligi yo‘lida haqiqiy bandalik qilgan sahobalardan Allohning o‘zi rozi bo‘lsin.
Alloh subhanahu va taolo musulmon bandalarini dinda faqih bo‘lishga,
Uning shariat va
ahkomlarini o‘rganishga qiziqtirdi. Hatto shu yo‘lda jihodga chiqishdan ham qaytardi.
Tavba surasining 122-oyatida Alloh taolo marhamat qilib:
«Barcha mo‘minlar
(jangga) chiqishlari loyiq emas. Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar
(jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlarni esa Madinada) dinni o‘rganib
(jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar
Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)
?!»
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham dinda faqih bo‘lishga targ‘ib qilib shunday deydilar: «Alloh
kimga
yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi...» (Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari).
«Kimki ilm istash yo‘liga chiqsa, Alloh u uchun jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi» (Imom
Muslim rivoyati).
Bandalarning Allohga ibodat qilishlari shariat ko‘rsatmasi asosida bo‘lmog‘ligi kerak.
Ummat Payg‘ambarimizga (s.a.v.)
ergashib, u zot poklanganlaridek poklanadilar, haj
qilganlaridek haj qiladilar va hokazo.
«Qanday namoz o‘qiganimni ko‘rgan bo‘lsangizlar, shunday namoz o‘qingizlar» (Imom
Buxoriy rivoyatlari).
«(Haj) amallaringizni mendan olinglar» (Imom Muslim va Nasaiy rivoyatlari).