www.ziyouz.com kutubxonasi
80
58. Avvalgi qa’dadagi kabi shahodat kalimasi aytilgan vaqtda
ishorai sabboba qilish -
sunnat.
59. Tashahhud duosidan so‘ng Payg‘ambarimizga (s.a.v.)
salovotu salom aytish -
sunnat.
60. Salovotu Ibrohimiyyani o‘qish - sunnat.
61. Salovotdan keyin ma’sur duolardan o‘qish - sunnat.
62. Namozdan chiqishda ikki bor salom berish - vojib.
63. Salomni o‘ng yelka va chap yelkaga qarab berish - sunnat.
64. Imomga ergashuvchi namozdagi fe’llar va so‘zlarda imomga qo‘shilishi - sunnat.
Alloh taolodan qilgan amallarimizni fazli va karami bilan
qabul etishini iltijo qilib
so‘raymiz. Agar bu ishda
kamchilik va nuqson topilsa,
bizning ojizligimiz sababidan,
foydali, to‘g‘ri amallar Alloh taoloning marhamatidandir.
Har narsa Alloh huzurida
ma’lum taqdir bilan belgilangandir.
U hidoyat qilsa, adashtirguvchi yo‘q, mabodo,
adashtirsa, hidoyat qiluvchi yo‘q.
Online o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.0
Internet uchun Laylo tayyorladi.
www.ziyouz.com
2007