Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Tobutni ko‘tarish
Tobutni garchi bir-ikki qadam bo‘lsa-da, ko‘tarib qo‘yish mustahabdir. Uni ko‘targan kishi tezroq yuradi, lekin lo‘killamaydi. Janozaga ergashganlar tobutning orqasidan yoyilib yurishlari ham mustahabdir. Tobutning orqasidan ovozni ko‘tarib zikr va Qur’on tilovat qilish makruhi tahrimiydir. Shuningdek, ayollarning ham tobut orqasidan qabristongacha borishlari makruhi tahrimiy hisoblanadi. Tobutni olib borganda hali yerga qo‘ymasdan oldin o‘tirib olish ham makruh. Ayol kishi qabrga qo‘yilayotgan paytda uning ustidan latta bilan berkitib turishlik mustahabdir. Erkaklar uchun esa shart emas. Mayyitni qabrga qo‘yuvchi uchun: "Bismillahi, va billahi va ‘ala millati rosulillahi" deb aytishlik sunnatdir. Qabr tepasiga bino qurishlik makruhi tahrimiy hisoblanadi. Ammo yo‘qotib qo‘ymaslik uchun biror belgi Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 77 qo‘yishning zarari yo‘qdir. Bir kishi dengizda, kemaning o‘zida vafot topsa-yu, quruqlik uzoq bo‘lsa, u yuvilib, kafanlanib, janozasi o‘qiladi va suvga cho‘kishi uchun og‘irroq narsa bog‘lab tashlanadi. Ta’ziya Musibatzadalarga ta’ziya bildirish odobdir. Aza muddati o‘lgan kundan boshlab uch kungacha hisoblanadi. Bundan ortiq aza tutishlik makruhdir. Ammo ta’ziya bildiradiganlar yo‘q bo‘lib, uch kundan keyin kelsa, unda ta’ziya bildirish joiz. Ayol kishi eri uchun to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi. Bu azaning ma’nosi o‘zini ziynatlab, yangi kiyimlarini kiymaslikdir. Shu muddatda azador ayolga sovchi ham qo‘yilmaydi. Balki biror ishora qilish joizdir. Musibatzadaga ushbu so‘zlarni aytishlik mustahabdir: Ya’ni, «Alloh taolo marhumni mag‘firat qilsin, gunohlaridan o‘tsin, O’z rahmatiga cho‘mdirsin, bu musibatda sizga sabr bersin va uning evaziga sizni ajr bilan mukofotlasin». Eng afzal ta’ziya bildirish Rasululloh (s.a.v.) bildirgan ta’ziyadir: «Albatta olishlik va berishlik Allohning ishidir. Har bir narsa ma’lum miqdor bilan Uning huzuridadir». Yuqoridagiga buni ham qo‘shib aytsa yaxshi bo‘ladi. Ta’ziyani marhum dafn qilingandan keyin bildirish ma’qul bo‘ladi. Ammo sabrsizlik kuchayib ketsa, dafndan oldin bildirish afzaldir. Ta’ziyani bir marta aytsa, kifoya qiladi. Uni takror bildirishlik makruhdir. Aza kunlarida o‘lik chiqqan xonadonda ziyofat uyushtirish makruhdir. Chunki ziyofat xursandchilik belgisidir. Alohida joy hozirlab, odam chaqirish bid’at amaldir. Ammo marhumning nomidan sadaqa qilish, ochlarni taomlantirish, yalang‘ochlarni kiyintirish sunnat amallardandir. Bu ishlar kun sanalmay, imkoniyatdan kelib chiqib qilinadi. Hamma qilishi shart emas. Aza kunlarida qo‘ni-qo‘shnilar, yoru do‘stlar marhum xonadoniga ovqat tayyorlab olib borishlari yoki yuborishlari ma’quldir. Azadorning taomidan xabar olib turilmasa, u o‘zining musibati bilan mashg‘ul bo‘lib, bu narsalar uning ko‘ngliga sig‘may qoladi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling