Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
79 26. Ruku’da bir oz xotirjam bo‘lib turish. Bu kamida bir tasbeh miqdoricha kutish - vojib. 27. Erkaklar ruku’da qo‘llari bilan qorinlarining o‘rtasini ochiq qilmoqlari, ayollar esa yopiq qilmoqlari - sunnat. 28. Ruku’dan qaytib tik turish - vojib. 29. Ruku’dan qaytayotganda «Samiallohu liman hamidah, Rabbana lakal hamd», deyishlik yolg‘iz o‘quvchi kishi uchun - sunnat. Imom «Samiallahu liman hamidah» bilan kifoyalansa, imomga ergashuvchi «Robbana lakal hamd»ning o‘zini aytadi. 30. Ruku’dan qaytganda bir oz xotirjam turish - vojib. 31. Sajdaga borishdan oldin takbir aytish - sunnat. 32. Avval ikki tizzani, keyin ikki qo‘lni, so‘ngra burun va peshonani yerga qo‘yish - sunnat. 33. Yetti a’zo bilan, ya’ni peshona, ikki qo‘l, ikki tizza, ikki qadam bilan sajda qilishlik - rukn. 34. Peshona bilan burunni qo‘shib sajda qilish - vojib. 35. Erkaklar sajdada qorinlari bilan sonlarining orasini ochiq qilishlari va tirsaklarini yerga tekkizmay turishlari, ayollar esa qorinlarini sonlariga yopishtirib, tirsaklarini yerga tekkizib turishlari - sunnat. Chunki ayollar doimiy berkinishga buyuriladilar. 36. Sajdada burunning ikki yoniga qarashlik - odob. 37. Sajdada uch bora «Subhana Rabbiyal ‘ala», deyishlik - sunnat. 38. Sajdada bir oz xotirjam turish - vojib. 39. Ikki sajda o‘rtasida takbir aytish - sunnat. 40. Ikki sajda o‘rtasida o‘tirishlik - vojib. 41. Erkak kishi har qa’dada chap oyog‘ining kaftini yerga to‘shab uning ustiga o‘tirishi, o‘ng oyog‘ini tik qilib, qadamining barmoqlarini qiblaga moyil qilib, qayirib o‘tirishi, ayollar esa ikki qadamini chap dumbasi yonidan chiqarib, yerga o‘tirishi - sunnat. 42. Qa’dada ikki kaftning ustiga qarash - odob. 43. Ikkinchi sajda ham - rukn. 44. Ikkinchi sajda ham avvalgisi kabi «Subhana Rabbiyal ‘ala», demoq - sunnat. 45. Ikkinchi sajdada ham bir oz xotirjam turmoq - vojib. 46. Sajdadan turishdan avval peshonani, keyin qo‘llarni, so‘ngra tizzalarni ko‘tarish - sunnat. 47. Ikkinchi rakatda qiyom turish - rukn. 48. Ikkinchi rakatda tashahhud duosini o‘qishlik uchun ikki bor sajda qilgandan keyin o‘tirishlikuch rakatli yoki to‘rt rakatli namozlarda .. vojib. 49. Shu avvalgi qa’dada tashahhudni o‘qish - vojib. 50. Ikki kaftni tizzadan pastga tushirmay yoki undan ko‘tarib ham yubormay, balki barmoqlarininguchi tizzalari barobarida bo‘lishi - sunnat. 51. «Ashhadu alla ilaha», deganda ko‘rsatgich barmoqni ko‘tarish, «illalloh», deganda esa tushirishlik, ishora sabbobi - sunnat. 52. Avvalgi qa’dada tashahhudni o‘qib bo‘lgach, kechiktirmasdan uchinchi rakatga turish - vojib. 53. Uchinchi rakatga turish uchun aytiladigan takbir - sunnat. 54. Farz namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini o‘qishlik - sunnat. 55. Qa’dai oxir - rukn. 56. Avvalgi qa’dadagi kabi suratda o‘tirish - sunnat. 57. Qa’dai oxirda tashahhud o‘qish - vojib. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling