Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Tushishi bilan suv najosat bo‘lmaydigan narsalar
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Tushishi bilan suv najosat bo‘lmaydigan narsalar Quduqqa tushishi bilan uni najosat qilmaydigan hayvonlarga jasadida qon oqadigan tomiri bo‘lmagan hayvonlar kiradi. Misol uchun pashsha, ari va hokazolar. Yana saqlanishlikning imkoni yo‘q narsalarning oz miqdordagisining quduqqa tushishligi uni najosat qilmaydi. Qo‘yning qumaloqlari, tuya yoki sigirlarning tezaklariga o‘xshash. Bularning kam-ko‘pligi qaragan kishining e’tibori bilan bilinadi. Ya’ni, qaragan kishi ko‘p, desa, quduq najosat bo‘ladi, kam, desa, najosat bo‘lmaydi. Najosat Najosat ikki qismga bo‘linadi: 1. Haqiqiy najosat -hubusdir, bularga oldi va orqadan keladigan narsalar, qon, mast qiluvchi ichimliklar, cho‘chqa go‘shti va hokazolar kiradi. 2. Hukmiy najosat - hadasdir, ya’ni g‘usl va tahorat qilish vojib bo‘lgan vaqtdagi betahoratlikdir. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 9 Haqiqiy najosatham ikkiga bo‘linadi: 1. G‘aliza (og‘ir) najosat - bularga qon, insonning oldi va orqasidan chiqadigan najosatlar, mast qiluvchi ichimliklar, o‘limtik hamda cho‘chqaning go‘shti, terisi va hokazolar kiradi. 2. Xafifa (engil) najosat - bularga qo‘y, mol va tuya kabi go‘shti yeyiladigan hayvonlarning peshobi, go‘shti yeyilmaydigan qushlarning tezaklari kiradi. Avf qilingan najosatlar Agar g‘aliza najosat ko‘pi bilan bir dirham miqdorida quyuq bo‘lsa, shu bilan o‘qib qo‘yilgan namoz durust bo‘ladi. (Uni qaytarib o‘qish shart emas.) Bir dirham taxminan uch grammga to‘g‘ri keladi. (Bir dirham miqdoridan ko‘p bo‘lsa, najosatini tozalab, namozini qaytadan o‘qiydi. ) Agar najosati g‘aliza siydikka o‘xshash suyuq bo‘lsa, insonning kafti kengligicha miqdordagisi bilan namoz durust bo‘ladi. Kaft kengligidan ko‘proq bo‘lsa, namozini qayta o‘qiydi. (Ignaning uchi kabi) oz miqdorda sachragan siydik kechirimlidir, chunki undan saqlanish qiyin. Qassobga zarurat sababidan yetgan oz miqdordagi qon ham kechirimlidir. Ko‘chalardagi loyga aralashib ketgan najosat ham saqlanishning imkoni yo‘qligi uchun kechirimlidir. Najosati xafifadan avf qilingani kiyimning yoki badanning to‘rtdan biriga yetganidir. Bu aytilgan narsalar kiyim, badan va makonga o‘xshash narsalar xususidadir. Oqish xususiyati bor narsalarga najosat tushsa, u xoh og‘ir, xoh yengil bo‘lsin, baribir najosat hisoblanadi. Shuningdek, tushgan najosatning vazni ham, sathi ham bu o‘rinda e’tiborsizdir. Qush va kabutar kabi go‘shti yeyiladigan qushlarning tezagi pokdir. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling