Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
10. O’zi najosat bo‘lsa-yu, boshqa salohiyatli narsaga aylansa ham, pok bo‘ladi. Misol 
uchun mast qiluvchi ichimliklar sirkaga, kiyikning qoni mushkka aylansa. Najosatni 
poklashda niyat shart qilinmaydi. 
Qazoi hojat va istinjo odoblari 
Hojatxonaga kirayotgan kishi uchun quyidagilar odob hisoblanadi: 
1. Kirishdan oldin ushbu duoni o‘qish: 
«Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais». 
(Ma’nosi: «Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman».) 
2. Hojatxonaga chap oyog‘i bilan kirib, o‘ng oyog‘i bilan chiqish. 
3. Chiqqandan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: 
«G’ufronaka, alhamdulillahillaziy azhaba ‘annil azaa va ‘ofaniy». 
(Ma’nosi: «Gunohlarimni kechirgan, meni xotirjam qilgan va mendan aziyatni ketkazgan 
Allohga hamd bo‘lsin».) 
4. Qazoi hojatni o‘tirgan holda bajarish, faqat o‘tira olmaydigan uzri bo‘lsa, turgan 
holda bajaradi. 
5. Qazoi hojat vaqtida, istinjo holatida bosh kiyim bilan Allohdan va maloikalardan 
hayo qilgan holda o‘tirish. 
Qabr ustiga qazoi hojat qilish yoki keng dala, biror bino ichi, qiblaga yuzlanib yo orqa 
qilib o‘tirish makruhi tahrimiydir, ya’ni haromga yaqin makruh. To‘xtab turgan oz suvga 
hojat qilish haromdir, agar to‘xtab turgan suv ko‘p bo‘lsa, unga hojat qilish makruhi 
tahrimiydir. Agar suv oquvchi bo‘lsa, unga hojat qilish makruhi tanzihiy bo‘ladi. (Bu 
suvga peshob qilsa bo‘ladi, degani emas. Faqat bu yerda masala sifatida keltirilmoqda.) 
Suvxonalarga, suv oqib keladigan yerlarga, insonlar yuradigan, salqinlab o‘tiradigan, 
to‘planadigan joylarga qazoi hojat qilish makruhdir. Yana hojat vaqtida gapirishlik, tili 
bilan Alloh taoloni zikr qilishlik, quyosh yoki oyga yuzlanib o‘tirishlik ham makruhdir. 
Istinjo, deb najosat chiqadigan o‘rinlarni suv bilan tozalashga, istijmor esa tosh bilan 
tozalashga aytiladi. Bu erkaklarga va ayollarga sunnati muakkadadir. Lekin najosat 
maxrajga, ya’ni najosat chiqadigan o‘ringa dirham miqdoridan ko‘proq yoyilgan bo‘lsa, 
kesakning o‘zi kifoya qilmaydi, balki suv bilan yuvish vojib bo‘ladi. Buni chap qo‘l bilan 
qilish mustahab amaldir. Kesak ishlatib, so‘ng suv bilan yuvish faqat biri bilan 
kifoyalangandan ko‘ra afzal hisoblanadi. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling