Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Najosatni tozalash yo‘l-yo‘rig‘i
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Najosatni tozalash yo‘l-yo‘rig‘i
1. Najosat tekkan kiyim kamida bir marta yuvish bilan, ko‘rinadigan najosat bo‘lsa, ayni o‘zini ketkazish bilan tozalaniladi. Bu oqar suvda yoki ustidan suv quyish bilan bo‘lishi kerak. Ammo najosatli kiyim biror idishga solib yuvilsa, uni idishdan olib, uch marta ustidan suv quyib, har suv quygandan so‘ng yaxshilab siqish bilan tozalanadi. Agar kiyimdagi najosat peshobga o‘xshash ko‘rinmaydigan bo‘lsa, yuvayotgan odam toza bo‘ldi, deb qanoat hosil qilgunicha yuviladi. 2. Yerdagi najosatning ustidan uch martagacha toza suv quyiladi va har safar bir parcha toza latta bilan artib tashlanadi. Agar najosatli yerga ko‘p suv quyilib, najosatning asari qolmasa, u yer ham namoz o‘qish uchun pok bo‘ladi. Bular qattiq yerlarda shundaydir. Ammo najosatli yer yumshoq, suv quyganda shimib ketadigan bo‘lsa, undagi najosatning asarini ketkazish bilan tozalaniladi. Yer qurishi bilan ham pok bo‘ladi. Uni suv bilan tozalash shart emas. U yerda namoz o‘qish joiz. Lekin tayammum uchun pok bo‘lmaydi. Chunki bu yer o‘zi pok bo‘lsa-da, boshqani poklay olmaydi. Tahoratda o‘zi pok va boshqani ham poklovchi suv shart Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 10 qilinganga o‘xshash, tayammumda ham o‘zi pok va poklashlik qobiliyati bor tuproq shart qilingan. 3. Badandagi najosat qonga o‘xshash ko‘rinadigan bo‘lsa, u ayni o‘zini ketkazishlik bilan, peshobga o‘xshash ko‘rinmaydigan bo‘lsa, yuvuvchi gumonining g‘olibi bilan tozalanadi. Uch marta yuvish bilan ko‘pincha toza bo‘ldi, degan gumon g‘olib bo‘ladi. 4. Najosat bo‘lgan narsa kuydirilib kulga aylansa, toza bo‘ladi. 5. Zaytun, zig‘r, paxta kabi suyuq o‘simlik moylariga najosat tushgan bo‘lsa, uch marta suv quyib, shu suvni chiqarib yuborish bilan poklanadi. Yoki yog‘ni bir teshik idishga solib, teshik berkitib olinadi-da, ustidan suv quyiladi. Keyin yog‘ suvning yuzasiga chiqqanda u harakatlantirilib, suv chiqib ketishi uchun teshik ochib qo‘yiladi. Shu amal uch marta bajariladi. Agar yog‘ qattiq bo‘lsa, najosat tekkan o‘rinni kesib olib tashlab yuboriladi. (Qolgani esa iste’mol qilinaveradi.) (Najosat tekkan narsani yuvib-siqishning iloji bo‘lmasa, qatron qilinadi. Misol uchun bir piyolaga yoki kosaga najosat tekkan bo‘lsa, uch marta yuvilib, har gal tomchi suv unda qolmagunicha bir joyga qo‘yiladi, lekin yuvib, suvini biror narsa bilan artib olish qatron hisobiga kirmaydi. Shu o‘rinda darz ketgan idishlarni ishlatish makruhligini ham aytib o‘tish lozimki, agar ularga najosat tegsa, qatron orqali ham tozalab bo‘lmaydi. Pichoq, qilich va shunga o‘xshash narsalarga najosat tegsa, u ishqalash bilan pok bo‘ladi. Gilam, palosga o‘xshagan narsalarning ustidan bir kecha va kunduz suv oqizib qo‘yilsa, pok bo‘ladi... - tarj.) 6. Najosat bo‘lgan hovuz bir tomonidan toza suvni oqizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborish bilan poklanadi. Ko‘p miqdorda suv saqlanadigan idishlarning ham bir tomonidan suv quyib, ikkinchi tomonidan oqizib yuboriladi. Quduq, ko‘l va hammomning ham suvi bir tomonidan toza suv kirgizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborilsa, tozalanadi. Xuddi shu singari najosat bo‘lgan yog‘ning bir tomonidan o‘z jinsidagi toza yog‘ni oqizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborilsa, toza bo‘ladi. 7. Oyoq kiyimiga tekkan quyuq najosat quruq bo‘lsa, uni ishqalab aslini ketkazish bilan poklanadi. Ammo peshobga o‘xshash suyuq najosat tekkan bo‘lsa-yu, agar qurib qolgan bo‘lsa ham, faqat yuvish bilan poklanadi. 8. Kiyimda odamning qurigan maniysi bo‘lsa, ishqalab aslini ketkazish bilan poklanadi. Agar asli ketsa-yu, uning izi qolsa, zarari yo‘q. Ammo ho‘l bo‘lsa, uni faqat yuvish bilan tozalash vojib. Qurigan najosat yuvish yoki ishqalash bilan aslini ketkazib tozalaniladi. Uni kesak, qog‘oz bilan tozalab bo‘lmaydi. Chunki kesak va shu kabilar qurigan najosatni o‘rnidan ko‘chirib ololmaydi. 9. O’limtik hayvonlarning terisi oshlash bilan pok bo‘ladi. Cho‘chqa bilan insonning terisi oshlansa ham, pok bo‘lmaydi. Chunki insonning asli mukarramdir, cho‘chqaning asli, ya’ni ayni o‘zi najasdir. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling