Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Tahoratning qismlari
Shariat istilohida tahorat ikki qismga bo‘linadi: 1. Badanning o‘zini hadasdan (ya’ni, betahoratlikdan) poklashlik, bu maxsus a’zolarni yuvish bilan (tahorat qilish bilan) yoki butun badanni yuvish bilan (ya’ni, g‘usl qilish bilan) bo‘ladi. Suv topilmay qolgan paytda yoki iste’molidan ojiz bo‘lgan vaqtda g‘usl va tahoratning o‘rinbosari bo‘lmish tayammumdan foydalaniladi. 2. Kiyimdagi, badandagi va makondagi najosatdan poklashlik. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 6 Suvlarning qismlari Suvlar besh qismga bo‘linadi: 1. O’zi pok va boshqani ham poklovchi, ishlatishlik makruh bo‘lmagan suvlar. Bularga osmon, anhor, quduq, buloq, yomg‘ir va qor suvlari kiradi. Ular asliy sifatida boqiy turgan suvlardir. 2. O’zi pok va boshqani ham poklovchi, lekin ishlatishlik makruhi tanzihiy bo‘lgan suvlar. Bularga mushuk, tashqarida erkin yurgan tovuq, sichqon va shunga o‘xshash uy hayvonlari ichgan hamda ulardan qolgan suvlar kiradi. Chunki uy hayvonlari najosatdan saqlanishmaydi. Bunday suvlardan foydalanishning makruhi tanzihiyligi o‘sha hayvonlarning holatlaridan bexabar kishilar uchundir. Ammo bu hayvonlardan biri toza narsani yedi-yu, so‘ng suvni ichdi. Shundan qolgan suvni ishlatishda makruhlik yo‘q yoki ulardan biri najosatni yedi-yu, so‘ng suvdan ichdi, mana bunda qolgani najosatga aylanadi. Uni iste’mol qilmoqlik durust emas. 3. O’zi pok, ammo hadasdan poklay olmaydi (ya’ni, betahorat odam u suvda tahorat qilsa, tahoratli bo‘la olmaydi), lekin hubusdan (ya’ni, najosatdan) bu suv bilan poklanish mumkin. Bularga tahoratdan tushgan suvlar kiradi. Ba’zan tahorati bor odam ham tahorat qiladi. Shundagi ishlatilgan suv ham, g‘usldan tushgan suv ham obi musta’mal, ya’ni ishlatilgan suv, deyiladi va ularning hukmi tahoratsizlikni ketkazish uchun ishlatilgan suvning hukmi bilan bir xil. Ya’ni, o‘zi pok, ammo hadasdan poklay olmaydi. Bularga o‘simliklardan siqib chiqarilgan suvlar ham kiradi. Misol: gul suvi, qovun sharbati. 4. Najosat suvlar. Bularga o‘zi oz bo‘lib, to‘xtab turgan va unga asari ko‘rinmasa-da, najosat aralashgan yoki o‘zi oquvchi bo‘lib, unga najosat aralashgan hamda asari unda zohir bo‘lgan suvlar kiradi. Najosatning asari, deganda ta’mi yoki rangi va yo hidi nazarda tutiladi. Shuningdek, ko‘p suvga najosat aralashib, uning biror sifatini o‘zgartirsa ham, shu suv najosat hisoblanadi. Ammo najosat tushgan-u, lekin suvning sifati, ya’ni ta’mi, hidi, rangi o‘zgarmagan bo‘lsa, bu suv najosat hisoblanmaydi. Ko‘p suv, deganda dengiz, anhor, ariq, kanal, to‘g‘on suvlari nazarda tutiladi. Shuningdek, to‘rt tomoni yuz gazli bo‘lgan hovuz suvlari ham yoki aylanasiga o‘ttiz olti gazli joyni o‘z ichiga oladigan suvlar ham undan hovuchlab olganda osti ko‘rinib qolmaslik sharti bilan ko‘p suvlarga kiradi. Bundan kamlari esa oz suvlardir. 5. O’zi pok, ammo poklashligida shubha bo‘lgan suvlar. Bularga eshak yoki xachirdan qolgan suvlar kiradi. Zero, bularning so‘laklari pokdir! Bu yerda shak xachirning go‘shti harom yoki mubohligi to‘g‘risida kelgan ikki bir-biriga zid xabar sababidandir. Agar poklash uchun boshqa suv bo‘lsa, shaklik suvdan foydalanilmaydi. Biroq boshqa suv bo‘lmasa, bu suv bilan tahorat qilinadi-da, yana tayammum ham qilib olinadi. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling