Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Tahoratning odoblari 1. Yerdan yuqoriroq o‘ringa o‘tirib tahorat olmoq. 2. Tahorat paytida qiblaga yuzlangan bo‘lmoq. 3. A’zolarni yuvishda boshqa kishidan yordam so‘ramaslik, lekin ojizligi va kasalligi sababli yordam so‘rasa, durust bo‘ladi. 4. Muboh so‘zlarni tark qilmoq. 5. Og‘izga o‘ng qo‘l bilan suv olmoq, burunga ham o‘ng qo‘l bilan suv olib, chap qo‘l bilan qoqmoq. 6. A’zoning yuvilishi farz bo‘lgan o‘rinni yana ham ko‘proq yuvib, hadisda kelganidek, qiyomatdagi oqlik va qashqani uzaytirmoq. 7. Kengroq uzukni tahorat vaqtida harakatlantirib qo‘ymoq ham odobdir, ammo uzuk tor bo‘lsa, uning ostiga suv tegishi uchun harakatlantirish shart bo‘ladi. 8. Tahoratdan so‘ng qiblaga yuzlanib tik turgan holatda shahodat kalimalarini va ma’sur duolarni o‘qimoq: «Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu. Allohumma ij’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatahhiriyn». Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 14 (Ma’nosi: «Guvohlik beraman, Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yolg‘izdir, Uning sherigi yo‘q va guvohlik beramanki, Muhammad (s.a.v.) Uning bandasi va elchisidir. Allohim, meni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qil» (Imom Muslim va Termiziy rivoyatlari). 9. Modomiki, makruh vaqtlar bo‘lmasa, tahoratdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qib qo‘yish ham odobdandir. Nafl namozlarni o‘qish makruh hisoblanadigan vaqtlar quyidagilar: 1. Subhi sodiq kirgandan so‘ng to quyosh chiqquncha. 2. Quyosh chiqishni boshlagandan to bir nayza bo‘yi ko‘tarilguncha, qariyb bu yarim soatga boradi. (Shu paytda namoz o‘qish haromdir. Agar farzni bo‘lsa ham. Hatto bomdodni qazo qilgan odam shu vaqtni o‘tkazibkeyin o‘qiydi... - tarj.) 3. Kunduzning o‘rtasida, ya’ni quyosh tikkaga kelganda, taqriban bu vaqt peshindan yarim soat oldin bo‘ladi. Bu zavol vaqti, deyiladi. (Shu orada o‘qilgan namoz ham haromdir.) 4. Asr namozi o‘qib bo‘lingach, to shomgacha bo‘lgan vaqtda nafllar makruhdir. 5. Quyoshning nuri ketgan vaqtdan to shomgacha o‘qilgan namoz ham haromdir, bu taqriban quyosh botishidan yarim soat oldingi vaqt hisoblanadi. (Ammo o‘sha kunning asrini o‘qimagan bo‘lsa, uni quyoshning yarmi botayotgan bo‘lsa ham o‘qib oladi... - tarj.) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling