Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Tahoratni sindiruvchilar
1. Kishining orqa va oldi najosat yo‘lidan chiqadigan har qanday narsa tahoratni sindiradi. Ular xoh bavl, xoh yel bo‘lsin, xoh najosat, xoh qurt bo‘lsin, farqi yo‘q. Va yana shu ikki yo‘ldan biriga barmoqning kirishligi yoki orqaga huqna (klizma) qilib chiqarib tashlashlik bilan ham tahorat sinadi. 2. Badanning qaisi joiidan qon yeki iiring chiqsa-yu, toza joiga yeiilsa ham, tahorat buziladi. (Lekin jarohat katta bo‘lsa-yu, chiqqan qon yoki yiring shu jarohat ichida aylanib yursa, tahorat sinmaydi.) 3. Og‘iz to‘ldirib qayt qilishlik bilan ham tahorat sinadi. Inson qayt qilganda og‘zi to‘lib gapira olmay qolsa yoki og‘zini berkita olmasa, shu og‘zi to‘lib qayt qilgan, deyiladi. (Og‘zi to‘lmay ozgina qayt qilsa, xuddi kekirgandagidek tahorat sinmaydi.) 4. Yoki inson qon qayt qilsa-yu, tupugiga qonning rangi g‘olib bo‘lib qizarsa, sinadi. Ammo tupugining rangi sarg‘aysa, sinmaydi. (Demak, bunda og‘izning to‘lishiga emas, balki tupugining rangiga e’tibor beriladi. Ammo tish qonasa va qonagan yeridan oqib yoyilsa, tahorat sinadi, bu o‘rinda tupugining rangining e’tibori yo‘q. Ko‘pchilik buni chalkashtirib tushunadi. Demak, qon qayt qilganda tupugining rangi qizarganligi e’tibori bilan tahorat sinsa, tish qonaganda shu qonaganlik e’tibori bilan tahorat sinadi. Bu joyiga diqqat qiling!.. - tarj.) 5. Kishi yonboshlab yoki bir narsaga suyanib uxlasa va shu suyangan narsasi olib qo‘yilganda yiqiladigan darajada bo‘lsa, tahorati sinadi. 6. Mast bo‘lish, hushdan ketish va yana jinni bo‘lish bilan ham tahorat sinadi. 7. Ruku’ va sajdasi bor namozda balog‘atga yetgan xoh erkakning, xoh ayolning qah- qah otib kulishi bilan tahorat sinadi. Yonidagi kishi eshitadigan darajadagi kulgi qahqaha, deyiladi. Alloh bilan munojot qilayotganda bu kabi narsalarni qiluvchilarga jazo sifatida ta’zirini berish uchun tahoratni yangilash shart qilinmoqda. (Kulish uch xil bo‘ladi: A) Qah-qah otib kulish. Kishining o‘zidan boshqa odamlar eshitadigan darajadagi kulgisi qahqaha, deyiladi. Qahqaha ruku’ va sajdali namozda sodir bo‘lsa, tahorati sinib, namozi Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 16 ham buziladi. B) Qiqirlab kulish. Kishi faqato‘zi eshitadigan darajada kulishiga qiqirlab kulish, deyiladi. Ruku’-sajdasi bor namozda qiqirlasa, namozi buziladi, lekin tahorati sinmaydi. V) Tabassum - bu bilan tahoratham, namoz ham buzilmaydi. Demak, yosh go‘dak butun, ya’ni ruku’ va sajdali namozda qahqaha bilan kulsa, uning tahorati sinmaydi. Ruku’-sajdasiz namoz bu janozadir. Unda qahqaha bilan kulish durust bo‘lmasa ham, tahoratni sindirmaydi...- tarj.) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling