Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Tahoratning farzlari
Yuqorida zikr qilingan oyati karimaga ko‘ra, tahoratning farzlari to‘rttadir: 1. Yuzni bir marta yuvmoqlik. Yuvish, degani suv tegishi lozim bo‘lgan o‘rinlardan suvni oqizmoqlikdir. Yuzning chegarasi uzunasiga soch chiqqan joidan jag‘ning ostigacha, kengligi esa ikki quloq yumshog‘ining orasigacha bo‘lgan o‘rindir. 2. Ikki qo‘lni tirsaklari bilan qo‘shib bir marta yuvishlik. 3. Boshning to‘rtdan biriga bir marta mashtortish. 4. Ikki oyoqni ham oshig‘i bilan qo‘shib bir marta yuvishlik. Oyoqning oshig‘i qadamdan yuqorida, to‘piqdan pastdagi bo‘rtib ko‘rinib turgan suyakdir. Tahorat qiladigan kishi agar tirnoqlari uzun bo‘lsa, uning ostiga suv yetkazishi va yana ko‘zi atrofiga yig‘ilib qoladigan kirlarni olib, ostiga suv tekkizishi ham shartdir. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 13 Tahoratning sunnatlari 1. Tahoratni «Bismillah...» bilan boshlamoq. 2. Tahorat qilmoqlikka yoki hadasni o‘zidan ketkazishga niyat qilmoq. (Uning o‘rni qalbdir, ulamolar qalbni uyg‘otish uchun nutq qilish mahbub, deyishadi.) 3. Tahoratni boshlashdan avval ikki qo‘lni bo‘g‘inigacha uch marta yuvib olmoq. 4. Tahoratni misvok ishlatish bilan boshlamoq. 5. Suv bilan og‘izni g‘arg‘ara qilmoq. 6. Burniga ham uch marta suv olib qoqmoq. 7. Og‘iz bilan burunga suvni yaxshilab, hatto miya achishguncha olish ham sunnatdir. Lekin ro‘zador odamning ro‘zasi ochilish ehtimoli borligi uchun burunga miya achishguncha va og‘izga ham tamoqdan o‘tay, deguncha suv olish makruh hisoblanadi. 8. Har bir a’zoni uch martadan yuvmoq. 9. Soqol qalin va yuzni berkitadigan darajada bo‘lsa, pastidan yuqoriga xilol qilish ham sunnatdir. Bu yuzni uch bor yuvgandan so‘ng bajariladi. Ammo soqol siyrak va yuzni berkitmaydigan bo‘lsa, unda suvni soqolning ostiga yetkazish vojib bo‘ladi. 10. Qo‘l va oyoq barmoqlari orasiga bir marta mash tortmoq. 11. Boshninghammasiga bir marta mashtortmoq. 12. Ikki quloqqa ham boshga mash torgandagi nam qo‘l bilan mash tortmoq. 13. Yuvish talab qilingan o‘rinlarni suv bilan ishqalamoq. 14. Tahoratning orasiga boshqa ish aralashtirmasdan paydar-pay bajarmoq. 15. Oyati karimadagi tartib kabi tahorat qilish ham sunnatdir. Ya’ni, qo‘ldan oldin yuzni, boshga mash tortishdan oldin qo‘lni, oyoqni yuvishdan oldin boshga mash tortishni bajarmoq. 16. Qo‘l va oyoqlarni o‘ng tomonidan yuvmoq. 17. Bo‘yinga mash tortmoqlik ham sunnat, lekin xalqumga tortish bid’atdir. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling