Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi)
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
«Ali (karramallohu vajhahu): «Ey Ibn Abbos, sizga Rasulullohning (s.a.v.) qay tarzda
tahorat qilganlarini ko‘rsataymi?»
deganlarida, Ibn Abbos: «Ha», dedilar. Shunda u zot
idishni qiyshaytirib (suvni) qo‘llariga oqizib, uni yuvdilar. Keyin o‘ng qo‘llarini kirgizib,
undagi suvni narigisiga quyib kaftlarini yuvdilar. So‘ngra og‘izni
va burunni yuvib, keyin
qo‘llarining barcha qismini idishga solib,
bir hovuch suv olib, yuzlariga ishqaladilar. Keyin
o‘ng kaftlarida bir hovuch suv olib, peshonalariga quydilar. Va u yuzlaridan oqib tushdi.
Keyin bilaklarini tirsaklarigacha uch marta yuvdilar. So‘ngra boshlari
va quloqlari ustiga
mash tortdilar. Keyin qo‘llarini jamlab bir hovuch suv olib, suv barcha qismiga yetishi
uchun oyoqlariga quydilar. Keyingi oyoqlarini ham shunday qildilar» (Abu
Dovud va
boshqalar rivoyati).
Tahoratning durust bo‘lish shartlari
1. Yuvilishi farz bo‘lgan har bir a’zoni qoldirmasdan yuvishlik.
2. A’zolarga suv yetishidan to‘sadigan narsalarning bo‘lmasligi. Suvdan to‘sadigan
narsalar: yog‘, xamir, mum, ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lak va hokazolar.
3. Tahoratga kirishishdan oldin tahoratga to‘sqinlik qiluvchi har qanday nopokliklardan
holi bo‘lishlik.
Peshob tomayotgan vaqtda, burun qonayotganda ularni to‘xtatmasdan
qilingan tahorat durust bo‘lmaydi, chunki ular (bavl va qon) tahoratga to‘sqinlik qiluvchi
nopokliklardandir.
Lekin burni doim to‘xtamasdan qonaydigan, peshobi ham to‘xtamasdan
tomib turadigan
kishining tahorati va namozi uzr sababidan durust bo‘ladi. Faqat shu shart bilanki, uzrli
odam har bir namozning vaqti uchun alohida tahorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: