Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Oyoq kiyimiga mash tortish
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsiga mash tortish shartlari
Oyoq kiyimiga mash tortish
Dinimiz Islomda insonlar uchun osonlashtirilgan amallardan biri tahoratda oyoqni yuvish o‘rniga oyoq kiyimiga, ya’ni mahsiga mash tortishdir. Ammo g‘usl vojib bo‘lgan kishi oyoq kiyimini yechib yuvadi. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Musofir (oyoq kiyimiga) uch kecha-kunduz mash tortadi, muqim esa bir kecha-kunduz», deb aytdilar. Hasan Basriy aytdilar: «Rasulullohning (s.a.v.) sahobalaridan yetmish kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oyoq kiyimlariga mash tortganlarini ko‘rishganligi haqida rivoyat qilishadi. Mahsiga mash tortmoqlik joiz ekanligini tasdiqlashlik ahli sunna val jamoatning e’tiqodidandir. Shuning uchun Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit (r.a.): «Kimda- kim mahsiga mash tortishni inkor qilsa, uning kufrga tushish xavfi bor, chunki mahsiga mash tortishlik haqidagi rivoyatlar ma’nan mutavotir darajaga yetgan. Agar mahsiga mash tortish bo‘lmaganda, u haqda ixtilof ham bo‘lmas edi va biz ham mash tortmagan bo‘lar edik», deb aytdilar». Abu Yusuf: «Mahsiga mash tortishlik haqida kelgan rivoyatlarga o‘xshash rivoyatlar hatto Qur’on oyatini nasx qilishi mumkin», deb aytadilar. (Abu Dovud (r.a.) qilgan rivoyatda Ali (r.a.): «Agar dinda aqlga suyanilsa, mahsining usti tomonidan ko‘ra, osti tomoniga mash tortish to‘g‘ri bo‘lardi, lekin men Rasuli akramning (s.a.v.) mahsilarining usti tomoniga mash tortganlarini ko‘rganman», deganlar...- tarj.) Mahsi, deb oyoqning oshig‘ini berkitadigan oyoq kiyimiga aytiladi. Demak, oyoq kiyimiga mash tortishlik shariatimizda joizdir. U erkak va ayol uchun barobar, ularga xoh safarda bo‘lsin, xoh muqimlikda qishin-yozin mash tortish ruxsat etiladi. Mahsiga mash tortish shartlari 1. Oyoqning oshiqlarini berkitgan bo‘lmoqligi. 2. Oyoqning kichik barmoqlaridan uchtasi ko‘rinadigan miqdorda yirtiq bo‘lmasligi. 3. Yurgan vaqtda oyoqdan yechilib ketadigan darajada bo‘lmasligi. 4. Suv o‘tmaydigan bo‘lishi. Bugungi kundagi paypoqlarga mash tortish joiz emas. (To‘g‘ri, Rasululloh (s.a.v.) javrabga mash tortganlar, lekin javrab hozirgi kundagi paypoqlarga o‘xshagan narsa emas. Balki u bilan safarga chiqsa, yaraydigan va suv kirib ketmaydigan oyoq kiyimi bo‘lgan. Bugungi paypoqlarga mash tortilsa, namlik oyoqqa o‘tib ketadi. Shu sababli ham ularga mash tortish durustemas, lekin javrabga mash tortishlikjoiz... - tarj.) 5. Kamida bir farsah miqdoridagi yo‘l yurish bilan yirtilib ketadigan bo‘lmasligi ham shart. Bir farsah taqriban sakkiz kilometrni o‘z ichiga oladi. 6. Mahsini to‘la tahoratli holda kiygan bo‘lmoqligi ham shart qilinadi. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling