Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 4) Harom - bajarmaslik qat’iy talab bilan sobit bo‘lgan, uni yumshatadigan biror dalil kelmagan amalga harom, deyiladi. Harom amallarni qilgan kishi qattiq gunohkor bo‘lib, ikki dunyo azobiga uchraydi, uni qilmagan kishi savobga doxil bo‘ladi. Haromni inkor qilgan kishi kofir bo‘ladi. 5) Makruhi tahrimiy - bajarmaslik qat’iy dalil bilan sobit bo‘lmagan, balki qat’iylikni yengillashtiradigan dalil orqali sobit bo‘lgan amalga makruhi tahrimiy, deyiladi. Misol uchun erkak kishilarning tilla va ippakdan tayyorlangan narsalarni kiyishlari haromligi to‘g‘risida hadis rivoyat qilingan. Hadisning ochiq lafzida harom ishlatilgan. Lekin ushbu harom hukmni makruhi tahrimiy darajasiga tushirib qo‘yadigan omil hadisning ohodligidir. Makruhi tahrimiy amalini qilgan odam gunohkor bo‘ladi. Qilmagan esa ajr oladi. Inkor qilganlar kofir bo‘lmasa-da, qattiq gunohkor bo‘ladi. 6) Makruhi tanzihiy - bajarmaslik qat’iy talab qilinmagan amalga makruhi tanzihiy, deyiladi. Bunday amalni qilmagan odam savobga ega bo‘ladi, qilganlar esa qiyomatda malomatga ham, azobga ham uchramaydi. 7) Muboh - bandaning qilish qilmasligida ixtiyori bo‘lgan amallarga muboh, deyiladi. Bularga yemoq-ichmoq, dam olmoq va shunga o‘xshash amallar kiradi. Bu amallarni qilish-qilmaslikka buyruq ham, qaytariq ham yo‘q. Shu sababli ularni bajargan kishiga gunoh ham, savob ham bo‘lmaydi. Lekin mo‘min banda niyatini to‘g‘ri qilib, Allohning roziligi uchun shu amallarni bajarsa, unga ham savob yoziladi. Misol uchun kishi charchaganda o‘z jasadini dam oldirsa va bunda Allohning ibodatiga g‘ayratli bo‘lishni niyat qilsa, uning dam olishi ham ibodatga aylanadi. Kishi uylansa yoki turmushga chiqsa, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda haromdan saqlanishni niyat qilsa, ular o‘rtasidagi er-xotinlik ham ibodatga aylanadi. Demak, mo‘min kishi uchun hayotning har qirrasi ibodatdir. Namoz o‘qishi ibodat, ro‘za tutishi ibodat, mehnat qilishi ibodat, dam olishi ibodat, taom yeyishi ibodat? hatto er- xotinlik munosabatlari ham ibodat. Bundan ortiq saodat bo‘lishi mumkinmi?! Baxt to‘g‘risidagi tushuncha insonlar o‘rtasida turlicha talqin qilinadi. Alloh taolo O’zining kalomida tarixda o‘tgan isyonchi qavmlarning baxtsiz kunlarida halok qilganligini eslatib: Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling