Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Qoldiqlar hukmi
Ichilgandan so‘ng qolgan oz suvga qoldiq suv, deyiladi va bular to‘rt qismga bo‘linadi: 1. O’zi pok va yana poklovchi bo‘lgan qoldiq suv. Bularga og‘zida najosat bo‘lmagan Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 7 holda xoh katta kishi, xoh kichik bola bo‘lsin, xoh musulmon, xoh kofir bo‘lsin va xoh junub, xoh hayzli bo‘lsin, insondan qolgan suvlar kiradi. Ammo suv ichayotgan vaqtida og‘zida najosat asari bo‘lsa, (masalan, aroq, to‘ng‘izning yog‘i, qon va hokazo) u insondan qolgan suv najosat hisoblanadi. Agar bunday odam labini yalab, so‘lagini bir necha bor yutgan bo‘lsa, undan qolgan suv najosat bo‘lmaydi, lekin makruh hisoblanadi. Otdan va har bir go‘shti yeyiladigan hayvondan qolgan qoldiq suvlar ham yuqoridagidek o‘zi pok va poklovchidir. Ammo kavsh qaytaradigan hayvonlarning og‘zida o‘sha qaytarib chaynayotgan narsasining asari bo‘lsa, undan qolgan qoldiq suv najosat bo‘ladi. Chunki kavsh oshqozondagi narsani qaytarishdir, shuning uchun ham qaytargan narsasi najosatdir. Go‘shti yeyiladigan hayvon najosat yesa-yu, og‘zida najosat asari qolmagan bo‘lsa, uning qoldiq suvi makruh bo‘ladi. 2. Najosat bo‘lgan qoldiq suv. Uni ishlatib bo‘lmaydi, u bilan boshqa narsa tozalash ham durust emas, majbur bo‘lgandan boshqa paytda bu suvdan ichib ham bo‘lmaydi. Bularga itdan, cho‘chqadan va (bo‘ri, sher, maymunga o‘xshash) yirtqich hayvonlardan qolgan suvlar kiradi. Chunki ularning so‘laklari, sutlari va terlari ham najosatdir. 3. Ishlatishlik makruh bo‘lgan qoldiq suvlar. Ya’ni, toza suv bo‘lsa-yu, bu qoldiq suvni ishlatsa, makruh hisoblanadi. Ammo boshqa suv bo‘lmasa, uni ishlatish makruh emas. Bularga mushukdan va ko‘chada qo‘yib yuborilgan go‘ng tituvchi tovuqlardan hamda yirtqich qushlardan qolgan qoldiq suvlar kiradi. (Ulardan qolgan qoldiq suvlarning makruhligi ularning holatidan bexabar kishilar uchundir. Bu so‘z yuqorida o‘tdi...- tarj.) 4. O’zi pok, ammo poklanishligida shak qilingan qoldiq suv. Bularga eshak yoki xachirdan qolgan suvlar kiradi. Har bir hayvondan chiqadigan terning hukmi poklik va najosatlikda undan qolgan qoldiqninghukmi bilan bir xildir. Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling