Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish
Ekoturizm marshrutlaridagi xizmatlar
Download 75.5 Kb.
|
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish
Ekoturizm marshrutlaridagi xizmatlar. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishning tamoyillari o‘z mohiyati jihatidan turistik marshrutlardagi xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, imkoniyatning yaratilganligi, ko‘p variantlilik, qulaylilik va axborotlanganlik tamoyillarida marshrutlarda turistlar uchun qanday xizmatlar tashkil qilinishi va ko‘rsatilishining ayrim, umumiy nomlanishlariga to‘xtaldik.
Ekologik turizm marshrutlaridagi xizmatlar quyidagi, alohida-alohida sohadagi xizmatlarni o‘z ichiga oladi: 1. Transport xizmatlaridan marshrutda bo‘lish davomida quyidagi holatlardan foydalanish mumkin: a) Turistik firmaning xususiy transportlaridan foydalanish mumkin. b) Boshqa tashkilotlardan maxsus jihozlangan transport xillarini ijaraga olish mumkin. v) Turist mahalliy aholidan ot, eshak, tuya va aravalarni ijaraga olishi mumkin. g) Turist o‘zining shaxsiy transportidan foydalanish mumkin. Ekoturizmning katta masofali marshrutlaridan foydalanilganda albatta hozirda mavjud bo‘lgan quyidagi transport turlari turmarshrutning o‘ziga tegishli xizmatini bajarib beradi: Aviatsiya transportlari (samolyot, vertolyot). Avtobus transportlari (kichik va katta hajmdagi avtobuslar, mikroavtobuslar). Avtomobillar transporti (yengil, jiplar, arzon, qimmat, maxsus). Temir yo‘l transportlari. Mahalliy aholi transportlari (ot, eshak, tuya, arava, bug‘u, it chanalari). Kombinatsiyalashgan transport xillari. Suv havzalari transportlari (kater, qayiq, kemalar, maxsus sollar). Ekomarshrut davomida turistlarga xizmatlar ko‘rsatish xillari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 1. Dam olishni tashkil qilish xizmatlari (marshrut davomida qisqa muddatli dam olishda yig‘ma stol-stullarning bo‘lishi, kofe yoki choy tayyorlash, tunash-palatkalarda, yig‘ma karovatlar, ko‘chma tele-radio vositalari, mehmonxonada). 2. Marshrut davomida va marshrut oxirida – ekologik resurs maskanidagi xizmatlar (qisqa muddatli va 1-2 kunlik ekskursiyalarda). 3. Turistlarga ko‘ngil ochar xizmatlarni (o‘yinlar, musobaqalar, ekzotik harakatlar) ko‘rsatish. Qayd qilingan xizmat xillari ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishdagi axborotlanganlik tamoyili bo‘yicha ham talab qilinadi. Ekoturizm marshrutlarida xizmatlarni sifatli qilib bajarish, turistga taklif qilishning mukammal ishlab chiqilgani va a’lo darajada bajarilgani turistik firmada turistlar oqimini ko‘paytirib olinadigan daromadning oshishini ta’minlaydi, turizm bozorida tur firmaning mavqeini ko‘taradi. Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling