Oʻgʻli. Ts-51-22 gurux talabasi Аnotatsiya
Download 32.5 Kb.
|
maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlari
- Ishning dolzarbligi .
- Ishning maqsadi
O‘zbekistonda Ekstrimal turizmni rivojlantirish va o‘zgaruvchan turistlarni doimiy turistlarga aylantirish chora-tadbirlari Shavkatov Dilhayot Dilshod oʻgʻli. TS-51-22 gurux talabasi Аnotatsiya: maqolada Respublikamiz hududida mavjud ekstrimal sport turlari va ularni rivojlantirishga qaratilgan shart sharoitlar shuningdek respublikamizga tashrif buyiradigan turistlar statistikasi va ekstrimal sport turlari orqali tashrif buyiradigan o’zgaruvchan turistlar oqimini doimiy turistalar oqimiga aylantirishga qaratilgan choratadbirlar va vazifalarni o’z ichiga qamrab olgan. Tayanch so‘zlari: ekstrimal turizm, ziyorat turizm, rekreatsion turizm, turist, BTT (Butunjahon Turizm Tashkiloti), tog‘ turizmi, o‘zgaruvchan turist, doimiy turist. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma‘qullangan turizm to‘g‘risidagi (turizm hujjatlari , shakllari, turlari, turistik industriyadagi xizmatlarning turlari, turistlarning va gidlarning, gid-tarjimonlarning, ekskursiya yetakchilarining va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning malakasini sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi) qonundan kelib chiqqan xolda ishning dolzarbligi tanlab olindi. Ishning dolzarbligi. O’zbekistonda mavjud ekstrimal sport turlarini rivojlantirish shuningdek mavjud shart sharoitlardan foydalangan holda ekstrimal sport turlarini ko’paytirish. Tashrif buyuradigan o’zgaruvchan turistlarni doimiy turistlarga aylantirish orqali turistlar sonini ko’paytirish. Ishning maqsadi. O‘zbekistonda ekstrimal turizm bilan shug‘ullanishga sharoiti bor tabiiy maskanlarni aniqlash va ushbu maskanlardan maqsadli foydalanish. Ishning vazifasi. Butun jahonda rivoj topayotgan turizm turlaridan biri bo’lgan ekstrimal turizm turini rivojlantirish bundan tashqari aholi salomatligini yaxsgilash o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash o’z vatanini yaxshi bilishi shuningdek aqilli, kuchli va o’z navbatida komil inson sifatida tarbiyalash. Ozbekiston Respublikasini jahonga tanitish tashrif buyiradigan turistlarda respublikamizni nafaqat go’zal tabiati balki mehmon do’stligi orqali ularda ilq tasurot qoldirish. Vatanimizning go’zal tabiati va rivojlanayotgan turizm turlari orqali respublikamizni butun jahonga tanitish. Ma’lumki respublikamiz eko turizmni rivojlantirish resusrlari mavjudligi bo’yicha jahonda 15 o’rinda kelmoqda eslatib o’tamizki o’zbekiston hududining 12% tog’ 17% adirlik va bir qancha suv havzalari mavjud. Toza havoda va yirik shaharlardan uzoqda sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radiganlar uchun O‘zbekiston ayni joy hisoblanadi. Yumshoq iqlim deyarli butun yil davomida sportning ko‘p turlari bilan shug‘ullanishga imkon beradi. Klassik qishki sport turlari uchun to‘rtta tog‘ kurorti mavjud: Chimyon, Bildirsoy, Amirsoy va Yangiobod. Tez orada ularning soni yanayam ko‘payadi. Mamlakat o‘zining keng va xilma-xil landshaftlari tufayli ekstremal sport turlari uchun juda ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi, vaholanki bu sport turlari mamlakatda hali yangilik hisoblanadi. Bularga quyidagilar kiradi: - ekstremal chang‘i, snoubord; - moto poygalar (Motorsysle rasing), ralli (Rallying), motokross; - skeytbording, tog‘ velosipedi, toqqa chiqish, kanyoning va paraplanerlik. Republikamiz hududida bunday joylarni ko’paytirish va sport turlarini rivojlantirish nafaqat xorijiy turistlarni jalb qilib qolmay balki o’z ichiga o’sib kelayotgan yosh avlodni ruhan ham jismonan sog’lom qilish kabi muhim vazifalarni o’z ichiga oladi. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling