Oʻgʻli. Ts-51-22 gurux talabasi Аnotatsiya


Download 32.5 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1624955
1   2   3   4
Bog'liq
maqola

Ishning qiyosiy taxlili. O‘zbekistonga tashrif buyuradigan inturistlarning oqimi 2021 1,8 mln, 2022 oktabr 4,1 mln, 2023 yanvar 4,5 mln ni tashkil etmoqda. 2022 yilning 8 oy ichida xorijiy turistlar $926 mln olib kelgan.Tashriflar kuni o‘rtacha 4-5 kunni tashkil qilgani sababli yana $305 mlnga oshdi. Ushbu ma’lumot Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov takidlab o’tdi.
BTT (UNWTO) butun jahon turizm tashkilotining statistikasiga qaraganda butun jahon turistlar foydalanadigan turizm turning 40% foizi ekstrimal turizm 30% rekreatsion turizm 26% ziyorat turizmi va qolgan 4% boshqa turizm turlari hisoblanadi.
O’zbekiston respublikasiga tashrif buyuradigan turistlarning ko’p qismi ziyorat turizimidan foydalangan holda tashrif buyuradi va bu o’z navbatida jahonda 3 o’rinni egalagan turizm turi hisoblanadi. Ammo ziyorat turizimi 2ga ajiraladi diniy ziyorat turizimi va madaniy meroslar ziyorat turizimi. O’zbekistonga tashrif buyuradigan turistlarning ko’p qismi o’zbekiston madaniy meroslarini tarixiy obidalarini ko’rish uchun tashrif buyuradi, shunday ekan agarda O’zbekistondagi mavjud sharoitlardan foydalanan holda ekstrimal turizm turini rivijlantiradigan bo’lsak respublikamiz jahonda turistlar tashrifi bo;yicha yetakchi pog’onalarga chiqib oladi.
Turizm davlat rahbari e’tiborida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz tog‘ turizmi, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim.
Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to’liq ishga solish lozim».

Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling