O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix kafedarasi mavzu: " Sopollitepa " asarida etnografik materiallar tahlili
Download 52.13 Kb.
|
Sopollitepa Munisa kurs ishi2
- Bu sahifa navigatsiya:
- URGANCH -2023 Mundarija Kirish. I.Bob.Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TARIX KAFEDARASI Mavzu: " Sopollitepa " asarida etnografik materiallar tahlili KURS ISHI Ilmiy rahbar:_______________________________ Topshiruvchi:______________________________ URGANCH -2023 Mundarija Kirish. I.Bob.Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati 1.1 Ahmadali Asqarov hayoti va ilmiy faoliyatiga bir nazar. 1.2 Sopllitepa madaniyatining ilmiy òrganilish tarixi. II Bob. Sopollitepa madaniyatida etnografik ma‘lumotlar tahlili 2.1 Sopollitepa madaniyatining taraqqiyot bosqichlari. 2.2 Sopollitepa madaniyadi yodgorliklarida diniy va etnografik ma‘lumotlarning tahlili. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Istiqlol yillarida O’zbekiston tarixini xolis yaratish dolzarb tarixiy muammolarni yangicha yondashuvlar va ilmiy qarashlar asosida haqqoniy yoritish muhim vazifaga aylandi.O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz.Ma’naviyatini tiklashi, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak.Inson uchun tarixidan judo bo‘lish- hayotdan judo bo‘lish demakdir.1O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir. Unga birovning yeri kerak emas. Mabodo qo‘liga qurol olguday bo‘lsa, faqat o‘zini himoya qilish uchungina oladi.Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz.O‘zbek xalqining iligi to‘q, baquvvat demoqchiman.Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur.Fan davlatga, xalqqa, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligini unutishga aslo haqqimiz yo‘q. Har bir xalqning tarixi uning etnogenezi va etnik tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Etnogenez va etnik tarix esa tarix fanining bosh masalasidir. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi O‘zbekiston xalqlari tarixining tarkibiy qismini tashkil etadi. U tarixiy yozma manbalar, etnografiya, arxeologiya, antropologiya, lingvistika, toponimika, epigrafika, numizmatika kabi fanlar bilan o‘zaro aloqada va uzviy bog‘liq. Ayniqsa ushbu muammoning etnografiya qismini o‘rganishda ulardan olingan ma’lumotlar masala yechimiga ko‘p oydinliklar kiritadi.2 O‘zbrkiston SSR FA Arxeologiya institutining "Fan" nashriyot - matbaa ijodiy uyida 172 bet hajmda Ahmadali Asqarovning "Sopollitepa" asari V.M.Masson muharrirligida 1973 - yilda nashr qilingan. Kitobda O‘zbekistonning janubiy hududlarida dehqonchilik bilan shug‘illanuvchi jez davri qabilalarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy rivojlanish holati arxeologik manbalar tahlili asosida bayon qilingan. Eng e‘tiborlisi shundaki, sopolli madaniyatining Jarqo‘tondek yodgorligi misolida o‘zbek davlatchiligining ilk ildizlarini kuzatish mumkin. Download 52.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling