Teatriga tashrifi bo’yicha bayonnomasi
Download 3.71 Mb.
|
SATIRA TEATRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H. Axmedov Tyutorlar A.M.Mavlonov
Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabalarining O‘zbekiston Davlat satira teatriga tashrifi bo’yicha BAYONNOMASI 26.04.2023 y. Toshkent sh. Prezidentimiz ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Shundan birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida «Besh tashabbus – besh imkoniyat!» shiori ostida talaba yoshlarni adabiyotga, san’atga qiziqishini oshirish hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabalari va tyutorlari boshchiligida O‘zbekiston Davlat satira teatriga tashrif buyurishdi. Teatr deganda, avvalambor san’atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr – bu tomosha – spektaklning o‘zi; tomosha ko‘rsatiladigan joy, spektakl qo‘yiladigan bino hamdir. Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to‘p iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘ladi. Sahna asarining ta’siri juda kuchli. Teatr juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatdagi mehnat va dunyoqarashlar bilan bog‘liq marosimlar va o‘yinlardayoq teatrning boshqa bir qiyofani gavdalantirish, taqlid qilish, niqob, «ezgu» va «yovuz» kuchlarning o‘zaro tortishuvini ko‘rsatish, dialog kabi unsurlari paydo bo‘lib, mukammallashib borgan. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr – bu ibratxonadir” degan fikrlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo’qotmagan. Chindan ham teatr inson tafakkurini yuksaltirishda, xususan, yoshlarni ezgulikka chorlash, ularda Vatanni sevish, ota-ona, oila va do‘stlikni qadrlash, o‘z kasbiga fidoiylik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ya’ni u insonga hayotiy saboq beradi. Binobarin, joylarda yoshlarni teatrlarga ko‘proq jalb qilish, zamon qahramoni obrazi aks etgan spektakllarni ko‘proq yaratish, qolaversa, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning ayanchli oqibatlarini kelajagimiz sohiblariga sahna asarlari orqali yetkazishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Negaki, hamma yoshlar ham qonunchilik normalarini o‘qish yoki eshitish bilan qaysidir noqonuniy hatti-harakatning mohiyatini teran anglamasligi mumkin. Ammo real voqealarga asoslangan spektakllarda ilgari surilgan g‘oyalar nafaqat yoshlar, balki kattalarning ham qalb tubiga yetib boradi. Behbudiyning fikricha, ma’rifat uchun faqat maktab kifoya qilmaydi. Millat uchun oyna kerak, toki unda o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu haqiqat u kishini teatr tashkil etish, ular uchun asarlar yaratishga undagan. Tashrif jarayonida talabalar qardosh qirg‘iz xalqining atoqli adibi Chingiz Aytmatovning "Jamila" nomli asari asosida sahnalashtirilgan spektaklni talaba yoshlarimiz katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Chingiz Аytamovning “Jamila” asarida yoshlarning intilishlari, orzu-umidlari, eng qiyin davrda ham ularning joʼshqin qalblari yuksak ijodkorlik ishlarini qilishga undashi, yoshlik shijoati va sof muhabbati haqida hikoya qilinadi. Spektakl nihoyatda kulguli voqealarga boy bo‘lib, har bir personajni ochib beradigan o‘ziga xos xarakter va qiyofalar topilgan. Asarda ikkinchi jahon urishi davri voqealari, samimiy muhabbat, haqiqiy mardlik, vatanparvarlik tuyg‘ulari qahramonlar ijrosida mukammal gavdalantirilgan. Yurtimiz teatrlarida mana shunday ibratli spektakllarning namoyishi yoshlarimizni har tomonlama kamol topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Talaba yoshlar spektakl tomoshasidan ajoyib taassurotlar bilan qaytishdi. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H. Axmedov Tyutorlar A.M.Mavlonov Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling