Ekologik va nafosat tarbiyasi


Download 116.5 Kb.
bet3/5
Sana21.09.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1683869
1   2   3   4   5
Bog'liq
03.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga Nafosat tarbiyasini berishda pedagogic etika

vosita va usullari

Ta’limning milliy modelini ro’yobga chiqarish tarbiya va shaxsni har tomonlama rivojlantirishda ustuvorlikni ta’minlashni taqazo etadi.


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosi qilib olingan uzluksiz ta’limni tashkil etish kishini ongli, ijtimoiy tajriba, milliy madaniy an’analar va hozirgi voqelikni hisobga olgan holda aniq maqsadni ko’zlab harakat qiluvchi shaxs sifatida shakllantirishni ta’minlaydi. (1, 2)
Ta’lim muassasalari o’quvchilarni tarbiyalashning ilg’or, zamonaviy shakllari va vositalarini joriy qiladilar. Ta’lim va tarbiyaning mazmuni qayta ishlanib, o’ziga shaklga keltirilmoqda.
O’quv dasturlariga muvofiq tarbiya sifatini oshirish uchun barcha vositalar safarbar qilinayapti. Ta’lim jarayonida ta’lim va tarbiyaning barcha printsiplarini keng va chuqur o’rgangan holda foydalanishni bugungi davr ilmiyoti talab qilmoqda.
O’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib shakllantirishda ularni nafosat ruhida tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarni nafosat ruhida tarbiyalashda katta imkoniyat bu - ta’lim jarayonidir.
Har bir dars jarayonida mavzuga mos ravishda o’quvchilarni nafosatga o’rgatib borish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun eng avvalo dars jarayonida ta’lim qoidalarining mosini qo’llagan holda tarbiya berib borish kerak va ularga ta’luqli nafosatga o’rgatishning qoida va usullarini ishlab chiqish lozim.
Bizga ma’lumki, fanda ta’lim-tarbiya o’z qoidalariga ega ekanligi isbotlangan. Bu qoidalar o’quvchilarga bilim berish va tarbiyalashda muhim o’rin tutadi.
Bu haqda pedagog olimlarimiz A.Q. Munavvarov shunday fikr bildiradi: «Ta’lim qoidalari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi, o’quvchilar tamonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirishi bilim va malakalarini hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.(16)
O’zoq yillar mobaynida olimlar tomonidan yaratilgan pedagogik adabiyotlarda didaktik va tarbiyaviy qoidalar turlicha guruhlashtirilmoqda.
Ana shularga asoslangan holda quyidagicha ta’lim va tarbiya qoidalarini ko’rsatib o’tish mumkin:

  1. Ta’lim-tarbiyaning ilmiy bo’lish qoidasi.

  2. Ta’lim-tarbiyaning tizimlilik va izchillik qoidasi.

  3. Ta’limning tarbiyalovchilik harakteri.

  4. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lish qoidasi.

  5. Ta’lim-tarbiyada onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.

  6. Ta’lim-tarbiyada ko’rsatmalilik qoidasi.

  7. Ta’lim-tarbiya jarayonida har qaysi o’quvchilarga xos xususiyatlarni hisobga olish qoidasi.

  8. Ta’lim-tarbiyada bilim, ko’nikma va malakalarni puxta, mustaxkam o’zlashtirish qoidasi.

Biz barkamol avlodni kamol toptirish uchun ta’limni ham, tarbiyani ham birgalikda amalga oshirishimiz kerak. Chunki ular bir-birini to’dirib keladi. Shunday ekan pedagog olimimiz fikricha: «Ta’lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarni umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur». (16)
Agar biz ta’lim jarayonida yuqorida sanab o’tilgan ta’lim printsiplaridan samarali foydalangan holda asosiy maqsadimiz-kichik yoshdagi o’quvchilarni nafosatga o’rgatib borsak bu pedagogikaning buyuk maqsadi hisoblanadi.
Sababi pedagogikaning o’zi ma’no jihatidan «bola etaklovchi» demakdir. Shunday ekan bolalarni to’g’ri yo’lga etaklash pedagoglar uchun eng asosiy vazifasidir.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan ta’lim printsiplarining barchasidan birdaniga foydalanib bo’lmaydi. Ulardan har bir darsda darsning mazmuniga monand foydalanishimiz kerak. Endi ushbu ta’lim printsiplarining faoliyatini va ularning kichik yoshdagi o’quvchilarni nafosatga o’rgatishdagi ahamiyatini tekshirib chiqamiz.

Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling