Ekologik va nafosat tarbiyasi
Download 116.5 Kb.
|
03.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga Nafosat tarbiyasini berishda pedagogic etika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich sinflarda nafosat tarbiyasining mazmuni, uning maqsad va vazifalari
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA NAFOSAT TARBIYASINI BERISHDA PEDAGOGIC ETIKA Reja: 1. Nafosat tarbiyasi. 2. Nafosat tarbiyani hayotidagi o‘rni. 3. Ekologik tarbiyaning mazmuni va vositalari. 4. Ekologik tarbiyani amalga oshirish yo‘llari va usullari. 5. Estetik tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mazmuni. Boshlang’ich sinflarda nafosat tarbiyasining mazmuni, uning maqsad va vazifalari Estetik tarbiyaning maqsadi o’quvchilarni tabiat, jamiyat va san’atdagi go’zalliklarni idrok etishga, ularni to’g’ri tushunib etishga, qadriga etishga, hayotga qayta go’zallik olib kira olishga o’rgatishdan iboratdir. Maktabda tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, tabiatshunoslik darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalari hisoblanadi. Biz nafaqat narsa va xodisalar, balki insoniy xulq-atvor, fazilatlarni ham estetik jihatdan baholashimiz mumkin. Insoniy go’zallik aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo’stlik, mehr, muloyimlik, poklik, yaxshilik va hakozo sifatlarni o’zida namoyon qiladi. Estetik tarbiya go’zallikdan zavqlanishga, xuniklikdan nafratlanishga, kulgilikdan kulishga, fojealikdan istirobga tushishga o’rgatadi. Bu holatlarni kishi hayot va san’at voqealiqlarida uchratishi mumkin. Pedagogik olimlarimiz aytgan yangicha nigoh tashlash lozim bo’lgan tarbiya turlaridan biri - nafosat tarbiyasidir. Aynan nafosat tarbiyasini tanlashning asosiy sababi nafosat, go’zallik, ezgulik dunyoni poklaydi. Nafosat tarbiyasining anna shunday ulug’ ekanligini nazarda tutgan holda pedagog olimlarimiz unga o’z dunyoqarashlaridan kelib chiqib shunday ta’rif beradilar: «Nafosat tarbiyasi ancha keng ma’noga ega bo’lib, shaxsni tabiat va jamiatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi. Shuningdek, estetik faoliyatga, voqelikni go’zallik qonun qoidalari asosida o’rgatishga qobiliyatli shaxsni tarbiyalaydi». (16) «Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya) - bu o’quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go’zalliklarni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotga go’zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir». (17) «Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o’zida diqqat e’tiborni yakka odamda va ijtimoiy guruhda qaratib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi». (24) Pedagogika fanlari nomzodi dotsent M. Nabixonov esa nafosat tarbiyasiga quyidagicha ta’rif beradi: «Nafosat tarbiyasi deganda go’zallikni his qilish, go’zallikni yaratish, orastalik va yosh avlodni yuqori didli qilib tarbiyalash tushuniladi».(19) Yuqorida keltirilgan pedagoglarimiz ta’rifidan shu ma’no anglanadiki nafosat tarbiyasini insonni komillik, barkamollik darajasida olib chiquvchi eng muhim omil ekan. Avvalambor nafosat tarbiyasining maqsadi nima? Uning vazifalari nimalardan iborat, nima uchun pedagoglarimiz nafosat tarbiyasiga katta e’tibor qaratmoqda. Ta’lim tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz va qaror toptirishga xizmat qiladi. Tarbiya inson ongiga, his-tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o’tkazishini o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsadlarni o’zida jamlagan holda estetik ongni shakllantirish maqsadi va vazifasi ko’proq yosh avlodga taalluqlidir. (16,17) Nafosat tarbiyasi, eng avvalo, odamlarning didlari shakllantirishga katta ta’sir o’tkazadi. Bu haqda butun jahon pedagoglari ham fikrlar bayon etmoqda. Xattoki, internet ma’lumotlarida ham estetik tarbiyaning muhim ahamiyatlari keltirilgan. (Internet) Professor Tilob Mahmudov nafosat tarbiyasining kishilarni barkamol qilib tarbiyalashdagi ahmiyatiga yuqori baho beradi, u o’zining «Estetik did» haqidagi kitobida «Didi past kishi hayotda passiv bo’ladi. Uning tuyg’ulari haqiqiy go’zallik izlamaydi, siyqa go’zallik bilan qanoatlanadi, didi qashshoq bo’ladi. Go’zallik tuyg’usi shu qadar g’udratli tuyg’uki, u odamlarni bir necha bor va ularni insonning did-salohiyatini o’stirishni ko’zda tutadi. «Nafosat tarbiyasining maqsadi va vazifasi o’quvchilarni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni idrok qilish, uni to’g’ri tushunish va fahmlash, qadriga etish va shu asnoda o’z shaxsiy hayotining go’zal tamonini ko’ra bilishga, go’zal bo’lish uchun kurashishga o’rgatishdan iboratdir». (16) Nafosat tarbiyasi ahloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini tarkib toptirishga, ularning qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Mana shunday ezguliklarga olib boruvchi nafosat tarbiyasida insoniyat ongida, ularning hayotida tarkib toptirish uchun avvalo ularni kichik yoshdanoq mana shunday nafosat ruhida tarbiyalash, nafosatning boshlang’ich elementlarini berib borish, ularning ongida go’zallik, chiroyli hislat, chiroyli fazilat kabi ajoyib tuyg’ularni singdirib borish lozim. Jamiyatimiz hayotini jahon talablari darajasiga olib chiqish uchun barcha sohalarda – iqtisodiy, siyosiy sohalarda, jumladan, ta’lim tizimida ham islohatlar amalga oshirilib tubdan o’zgartirilmoqda, ta’lim berishning zamonaviy va yangicha usullari joriy etilmoqda. Agar ta’lim tizimi islohatlarini kengroq yoritadigan bo’lsak, ta’limni yangicha isloh qilish maqsadida Kadrlar tayyorlash milliy darsturi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun qabul qilindi, bir necha qaror va farmoyishlar, nizomlar kuchga kirmoqda. Bularning barchasi ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlardir. (1, 2, 3, 4) Ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy maqsadi bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodni komil inson etib tarkib toptirishdi. Bizga ma’lumki, ta’lim berish orqali tarbiya va tarbiyalash orqali ta’lim beriladi. Ya’ni, ta’lim berishning asosiy qismi o’quvchilarni har tomonlama komillikka etaklashdir. Pedagogika fanida tarbiyaning bir necha turlari bor va mana shularga yangicha talqinlar kiritish kerak. Bu haqda pedagogika fanlari doktori professor A. Q. Munavvarov shunday deydi: «O’sib kelayotgan yosh avlodni zamonamiz ruhiga mos, barkamol inson bo’lishlari uchun, tarbiyaning tarkibiy qismlari - axloqiy, aqliy, jismoniy, mehnat, nafosat, estetik tarbiyasiga yangicha nigoh tashlash va o’sha ta’limni amalga oshirish yo’llarini ishlab chiqmoq lozim». (16) Estetika lotincha «Ectetikos», ya’ni «his etaman» degan ma’noni bildiradi. Aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va boshqa tarbiyalarni estetik his-tuyg’usiz tasavvur etib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning maqsadi o’quvchilarni tabiat, jamiyat va san’atdagi go’zalliklarni idrok etishga, ularni to’g’ri tushunib etishga, qadriga etishga, hayotga qayta go’zallik olib kira olishga o’rgatishdan iboratdir. Maktabda tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, tabiatshunoslik darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalari hisoblanadi. Biz nafaqat narsa va xodisalar, balki insoniy xulq-atvor, fazilatlarni ham estetik jihatdan baholashimiz mumkin. Insoniy go’zallik aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo’stlik, mehr, muloyimlik, poklik, yaxshilik va hakozo sifatlarni o’zida namoyon qiladi. Estetik tarbiya go’zallikdan zavqlanishga, xuniklikdan nafratlanishga, kulgilikdan kulishga, fojealikdan istirobga tushishga o’rgatadi. Bu holatlarni kishi hayot va san’at voqealiqlarida uchratishi mumkin. Pedagogik olimlarimiz aytgan yangicha nigoh tashlash lozim bo’lgan tarbiya turlaridan biri - nafosat tarbiyasidir. Aynan nafosat tarbiyasini tanlashning asosiy sababi nafosat, go’zallik, ezgulik dunyoni poklaydi. Nafosat tarbiyasining anna shunday ulug’ ekanligini nazarda tutgan holda pedagog olimlarimiz unga o’z dunyoqarashlaridan kelib chiqib shunday ta’rif beradilar: «Nafosat tarbiyasi ancha keng ma’noga ega bo’lib, shaxsni tabiat va jamiatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi. Shuningdek, estetik faoliyatga, voqelikni go’zallik qonun qoidalari asosida o’rgatishga qobiliyatli shaxsni tarbiyalaydi». (16) «Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya) - bu o’quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go’zalliklarni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotga go’zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir». (17) «Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o’zida diqqat e’tiborni yakka odamda va ijtimoiy guruhda qaratib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi». (24) Pedagogika fanlari nomzodi dotsent M. Nabixonov esa nafosat tarbiyasiga quyidagicha ta’rif beradi: «Nafosat tarbiyasi deganda go’zallikni his qilish, go’zallikni yaratish, orastalik va yosh avlodni yuqori didli qilib tarbiyalash tushuniladi».(19) Yuqorida keltirilgan pedagoglarimiz ta’rifidan shu ma’no anglanadiki nafosat tarbiyasini insonni komillik, barkamollik darajasida olib chiquvchi eng muhim omil ekan. Avvalambor nafosat tarbiyasining maqsadi nima? Uning vazifalari nimalardan iborat, nima uchun pedagoglarimiz nafosat tarbiyasiga katta e’tibor qaratmoqda. Ta’lim tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz va qaror toptirishga xizmat qiladi. Tarbiya inson ongiga, his-tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o’tkazishini o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsadlarni o’zida jamlagan holda estetik ongni shakllantirish maqsadi va vazifasi ko’proq yosh avlodga taalluqlidir. (16,17) Nafosat tarbiyasi, eng avvalo, odamlarning didlari shakllantirishga katta ta’sir o’tkazadi. Bu haqda butun jahon pedagoglari ham fikrlar bayon etmoqda. Xattoki, internet ma’lumotlarida ham estetik tarbiyaning muhim ahamiyatlari keltirilgan. (Internet) Professor Tilob Mahmudov nafosat tarbiyasining kishilarni barkamol qilib tarbiyalashdagi ahmiyatiga yuqori baho beradi, u o’zining «Estetik did» haqidagi kitobida «Didi past kishi hayotda passiv bo’ladi. Uning tuyg’ulari haqiqiy go’zallik izlamaydi, siyqa go’zallik bilan qanoatlanadi, didi qashshoq bo’ladi. Go’zallik tuyg’usi shu qadar g’udratli tuyg’uki, u odamlarni bir necha bor va ularni insonning did-salohiyatini o’stirishni ko’zda tutadi. «Nafosat tarbiyasining maqsadi va vazifasi o’quvchilarni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni idrok qilish, uni to’g’ri tushunish va fahmlash, qadriga etish va shu asnoda o’z shaxsiy hayotining go’zal tamonini ko’ra bilishga, go’zal bo’lish uchun kurashishga o’rgatishdan iboratdir». (16) Nafosat tarbiyasi ahloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini tarkib toptirishga, ularning qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Mana shunday ezguliklarga olib boruvchi nafosat tarbiyasida insoniyat ongida, ularning hayotida tarkib toptirish uchun avvalo ularni kichik yoshdanoq mana shunday nafosat ruhida tarbiyalash, nafosatning boshlang’ich elementlarini berib borish, ularning ongida go’zallik, chiroyli hislat, chiroyli fazilat kabi ajoyib tuyg’ularni singdirib borish lozim. Kichik yoshdagi yoshdagi o’quvchilarni nafosat ruhida tarbiyalash avvalombor, boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan katta ma’suliyat yuklaydi. Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Ayniqsa, shu kichik yoshdagi o’quvchilarni nafosat, go’zallikka o’rgatish o’qituvchilardan judayam katta mahoratni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi avvalombor yuksak pedagogik mahorat egasi, badiiy-esetik ma’lumotli, madaniyatli bo’lmog’i zarur. (14,15) Endigina bilimlar koni - maktab olamiga kirib kelgan bolalarni shu muhitga moslashtirish, birinchi darsdanoq ular uchun notanish bo’lgan partalarda to’g’ri, o’quv talablariga mos tarzda o’tirishga o’rgatish, uning yaxshi tamonlarini sodda tarzda va misollar asosida tushuntirib berish, bola ilk bor ruchkani qo’lga olganda uni to’g’ri ushlashga o’rgatish, daftarning qanday holda turishini tushuntirish va ularning xatti-harakatini sinchkovlik bilan kuzatib borib, to’g’ri yo’lga solib borish - bularning barchasi o’quvchi shaxsining ilk bor maktabga kelib shu hayotga singish jarayonidagi nafosat tarbiyasining birinchi va boshlanish sabog’idir. (24) O’qituvchi bolaga ilk nafosat tarbiyasi haqida tushuncha hosil qila olsa, o’quvchilar shunga amal qilsa bu eng katta yutuqdir. Buning uchun avvalo o’qituvchining o’zi nafosat haqidagi tushinchalarga ega bo’lishi, o’quvchilarga yaxshi xulqi, xushmuomalaligi, yurish-turishi, kiyinishi va o’quvchilarga bo’lgan do’stona munosabatlari orqali ibrat na’munasi bo’la olishi, bir so’z bilan aytganda pedagogik mahoratga ega bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berib borishdan ko’zlangan maqsad bolani kichik yoshdan boshlab go’zallik, chiroylilik, ozodalik kabi xislatlarga o’rgatib borish, yovuzlik, xunuklik illatlardan nafratlanishga, bunday illatlardan yiroqda turishga o’rgatishdir. Chunki, estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab, umrining oxirigacha unga yo’ldoshdir.(16) Pedagogik olimimiz fikridan shu narsa anglanadiki, nafosat tarbiyasi insonda umr bo’yi xamroh bo’lib, uning qanday xislatlarga, xulq-atvorlarga ega ekanligini namoyon etuvchi omil ekan. Demak, bolaga estetik tarbiya berishda avvolo oilaning o’rni kattadir. Bola shu oilada tug’ildimi, undagi o’zgarishlar, xatti- harakatlarlarga oilaviy muhit ta’sir etadi. Ilk o’quvchilar oladigan estetik bilimlar shaklanishi ham oilada tarkib topadi. Bu haqda pedagog olimlarimiz ilmiy izlanishlar olib borib quyidagi xulosaga kelganlar: tarbiya - keng tarmoqli jarayon, estetik tarbiya ham barkamol shaxs tarbiyasining tarkibiy qismidir. Bolani estetik jihatdan keng tushincha va tasavvurlarga ega bo’lishida oila muhim o’rin egallaydi. (16, 17, 18) Zero, bolaning idrok etish qobiliyatini shaklantirish va rivojlantirilishi jarayonining mazmuni bolaning estetik faoliyatida ishtirok etadigan estetik his-tuyg’u, qiziqish, ehtiyoj, borliqdagi ob’ekt va xodisalarni estetik baholash va ularning estetik didlarni tarbiyalashni qamrab oladi. Ota–onalar yoshlarga «harom-halol», «uvol», «gunoh-savob» kabi pand-nasihatlar asosida dastlabki ahloqiy va estetik tushinchalarni berib boradilar. Bu tushunchalar tizimida yaxshi va yomon, go’zal va xunuk (shakli va mazmun nuqtai nazardan) kabi tasavvurlarni shakllantirishni ham kiritish bolalarni oilada estetik tarbiyalashning samarali shakllaridan biridir. Yoshlarni xar tomonlama estetik idrokli qilib tarbiyalash, muommolarini xal etishda jamiyatimizning eng ishonchli tayanchi oiladir. Oilada bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy shartlari oiladagi axloqiy-madaniy muhitning ijobiy mazmun kasb etish bilan bog’liq. (23) Demak, bolaning estetik dunyoqarashlari muqaddas dargoh-oila muhitida shaklana borar ekan, bu jarayoni o’qituvchi o’z nazoratidan chetda qoldirmasligi kerak. Shunday ekan, boshlang’ich sinf o’quvchilariga beriladigan nafosat tarbiyasi poydevor sifatida mukammal, ongiga singdirilgan darajada bo’lishi kerak. Xalqimizda «Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir» degan ibora bejizga ishlatilmaydi. Bolaning boshlang’ich sinflarda olgan bilimi, tarbiyasi toshga o’yilgan naqshdek qolar ekan, ularga mana shu davrda berilgan nafosat tarbiyasi, ularni to’g’ri yo’lga soluvchi vositalar ham keyinchalik oladigan bilimlariga, tarbiyalariga asos bo’lib xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasining asosiy maqsadi bir nechta vazifalarni o’z ichiga oladi. «Nafosat tarbiyasi inson ongiga, his-tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o’tkazishni o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’yadi». (24) Pedagog olimimiz fikrini to’ldiradigan bo’lsak, nafosat tarbiyasining o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’ygan omillar-ong, his-tuyg’u, tasavvur, e’tiqod, dunyoqarash, xatti-harakat, hulq-atvoriga ta’sir o’tkaza olsa nafosat tarbiyasi o’z ko’zlagan natijasiga erishgan hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda kichik yoshdagi bolalar ongiga ta’sir ko’rsatishda go’zallik, xunuklik, chiroylilik, fojialik, kulgulik, yoqimlilik kabi tushunchalarni singdirib borishimiz kerak. Bunda badiiy asarlardan foydalanish, kuy va qo’shiqlar eshittirish, tasviriy san’at asarlarini ko’rsatish yaxshi natija beradi. His-tuyg’uga ta’sir ko’rsatish - bolada nafosatga nisbatan his-to’yg’uni idrok etish qobiliyatlarini shakllantiradi. Tasavvurga ta’sir – boshlang’ich sinf o’quvchilarida ilk tasavvurlarni shakllantirish uchun ularga ertak o’qib berish, ijobiy qahramonlarni, salbiy qahramonlarni og’zaki tasvirlashni shakllantirib boradi. Dunyoqarshga ta’sir – turli xil rasmlardan foydalanish orqali kichik yoshdagi bolaning dunyoqarashini estetik jihatdan shaklantirib boradi. Xatti-haraktga ta’sir - kichik yoshdagi o’quvchilarni mehnat qilishga o’rgatib borish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Bunda bola bajarayotgan ishini estetik jihatdan ta’minlab borishga o’rgatish uchun ozodalik, didlilik kabi muhim narsalar aks etishi lozim. (33) Jamoat joyida bolaning olgan tarbiyasi uning xatti-harakatida, kiyinishi, muomilasida aks etib, turishi kerak. Kichik yoshdagi o’quvchilarni nafosat ruhida tarbiyalashda shuningdek muommoli ta’limdan ham foydalanish kerak. Chunki muommoli ta’lim jarayoni o’quvchilarni izlanishga, o’qituvchini esa o’quvchilarga berishi lozim bo’lgan ta’lim-tarbiyani avvaldan belgilab olish imkonini beradi. Muommoli ta’lim o’quv maqsadlari bilan chambarchas bog’liqdir. Ma’lumki, har qanday darsning maqsadi uch tarkibdan iborat: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling