Ekologiya fani va uning asosiy vazifalari
Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 108.07 Kb.
|
EKOLOGIYADAN MUSTAQIL ISH
Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Ekologiya garchi biologiya fanidan kelib chiqqan bo`lsada, u nafaqat biologik fanlar bilan balkim juda ko`p nobiologik fanlar bilan ham uzviy bog`liq. Bunday fanlar qatoriga falsafa, tibbiyot, matematika, tarix, fizika, iqtisodiyot, geografiya, iqlimshunoslik, kimyo, xuquqshunoslik, konchilik va hokazolarni kiritish mumkin. Buni quyidagi bir necha aniq misollarda ko`rish mumkin: falsafa fanlari bilan aloqasi – tabiatdagi barcha borliqning o`zaro dialektik bog`liqligi, bir-biriga ta'siri asosida tabiiy muvozanatning saqlanishini o`rganish; matematika bilan aloqasi – ekologiyani matematik modellashtirish asosida «yirtqich-o`lja» hamda «parazit-xo`jayin» munosabatlarini o`rganish; fizika bilan aloqasi – quyosh energiyasi, elektromagnit va tovush to`lqinlari, radioaktiv nurlanish, issiqlik rejimi va boshqalarning organizmlarga ta'sirini o`rganish; iqtisodiyot bilan aloqasi – tabiiy resurslardan va unumli foydalanish asosida iktisodiy foyda ko`rish va ayni vaqtda muhitning ekologik vaziyatini qulay holda saqlashni o`rganish; kimyo fani bilan aloqasi – organiq va mineral moddalarning tabiatda aylanishini o`rganish; huquqshunoslik bilan aloqasi – tabiiy resurslardan foydalanishda huquqiy meyorni belgilash; konchilik fanlari bilan aloqasi – kon qidiruv ishlarida va konlardan foydalanishda muhitning ekologik muvozanatini saqlab qolish yo`llarini o`rganish. Shunday qilib, ekologiya fanining qamrovi keng hisoblanadi. Ayniqsa o`tgan asrning ikkinchi yarmida u ko`pchilik fanlar ichiga kirib bordi. Buning sababi ekologik bilimlar ahamiyatining kattaligidir. Bu bilimlar nafaqat inson faoliyatining tabiatga zarar yetkazishi, balki bu bilan insonning o`z yashash sharoitlarini o`zgartirib yuborib, hatto uning hayoti uchun xavf tug`dirishi mumkinligini ham o`rgatadi. Download 108.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling