Ekologiya fanidan y
Download 0.72 Mb.
|
Экология ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral ogitlar va pestitsidlar
Og'ir metallarOg'ir metallarga, ta'rifga qarab, zichligi temirdan yuqori bo'lgan yoki atom massasi 50 dan yuqori bo'lgan metallar deyiladi. Ularning ba'zilari iz elementlari ko'rinishida tirik organizmlardagi ko'plab biologik jarayonlar uchun zarurdir (masalan, marganets, rux, molibden va boshqalar). temirni eslatib o'tmaslik kerak (bu ba'zi ta'riflarga ko'ra og'ir metallar toifasiga kiradi). Katta miqdordagi og'ir metallar zaharli hisoblanadi va tuproq, o'simliklar yoki inson tanasi bo'ladimi, har xil tizimlarda to'planib qolishga moyil bo'lganligi sababli, hatto kichik dozalarda ham, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Odamni simob va qo'rg'oshin bilan zaharlash asab tizimiga, kadmiyga, anemiya va suyaklarning emirilishiga, o'simliklarda mis va sinkning ko'payishi o'sishni sekinlashishiga va natijada hosildorlikning pasayishiga olib keladi.+ Katta miqdordagi og'ir metallar atrof-muhitga sanoat korxonalarining tutun va oqava suvlari bilan kiradi va atmosferadagi qo'rg'oshinning asosiy manbai transportdir. Shunga ko'ra, asosiy kurashish usuli atrof-muhitni og'ir metallar bilan ifloslantirishi bilan, bu eng zamonaviy tozalash tizimlari va zarrachalarni ushlash uchun filtrlarning o'rnatilishi. Mineral o'g'itlar va pestitsidlarKo'p miqdorda mineral o'g'itlarning kiritilishi, shuningdek, turli xil pestitsidlardan foydalanish qishloq xo'jaligining ajralmas qismidir, ularsiz bizda hozirgacha mavjud unumdorlik darajasiga erishish mumkin emas. Ammo, albatta, bunday intensiv dehqonchilik va chorvachilik ekotizimga zarar etkazmaydi. Er uchun "dam olmasdan" o'sayotgan o'simliklar uni susaytiradi va eroziya va cho'llanishga olib keladi, juda ko'p mineral o'g'itlar tuproqning kislotalashiga va uning zichligining oshishiga olib keladi.+ Pestitsidlardan foydalanish tuproqning holatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Pestitsidlar erga bir marta to'planib, tuproqda va o'simliklarda sodir bo'ladigan turli jarayonlarga qo'shilishi mumkin. Shunday qilib, ular oziq-ovqat bilan birga inson tanasiga kirishi mumkin, bu esa o'z navbatida jiddiy zaharlanishlarga olib kelishi mumkin. Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy ekologik muammolar. Markaziy Osiyo hududi xilma – xil shakl va ko`rinishga ega bo`lgan yer sayyorasining bir qismi bo`lib, unda kechadigan hodisa va jarayonlar tabiatga, butun borliqqa xos bo`lgan qonuniyatlar asosida sodir b`oladi. Shulardan biri Markaziy Osiyo hududi bo`lib, uning asosiy qismi dunyodagi eng katta berk havzaning (Yevroosiyo materigida) markazida joylashgan. Hududda kechadigan hodisa va jarayonlar bekr havzaga xos bo`lgan qonuniyatlar bilan bog`liq. Shuning uchun, berk havzaga xos bo`lgan qonuniyatlarni bilish ham ilmiy , ham amaliy ahamiyatga ega. Bilish asosidagina biz Markaziy Osiyo hududidagi ijtimoiy – iqtisodiy va ayniqsa, ekologik muommolarni bartaraft qilishimiz mumkin. Markaziy Osiyo hududi umumiy mnaydoning 90% dan ortiq qismi berk havzadan iborat. Hozirgi kunda bu hududa o`ziga xos ijtimoiy iqtisodiy va ekologik muommolar vujudga kelgan. Ularning kelib chiqish sabalari unga ta`sir etgan omillarni, shuningdek ularni optemallashrtirish uchun ko`rilayotgan va qo`llanilayotgan chora- tadbirlarning samaradorligini o`rganish tadqiqotlar olib boorish hozirgi kun taqazosidir. Shu davrning asosiy muomolari Markaziy Osiyo hududida quyidagilardir. Ijtimoiy demografik muommolar Markaziy Osiyodagi eng muhim muommo bo`lib hisoblanadi. Chunki Markaziy Osiyo hududida 55 mlndan ortiq kishi yashamoqda. Tabiiy o`sish aholining zichligi –joylashivi , bilimdonlik darajasi, kasbi , mehnat resurslari bilan ish bilan ta`minlanganligi va boshqa demografik ko`rsatkichlar Respublikalarda turlicha. Shuningdek iqtisodiyotga rivojlanish darajasi moddiy texnika ba`zasi va ishlab chiqarish texnologiyasi bir xilda emas. Kishilarning tabiatga va ishlab cjhiqarishga bo`lgan munosabati va ta`siri ham boshqa - boshqa. Ba`zi hududda ishlab chiqarish kuchlari mehnat vositalari xo`jalik tarmoqlari moddiy texnika ba`za to`planib qolgan, boshqa bir joyda esa uning aksi. Oqibatda inson – jamiyat tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabatda nomutanosibliklar bo`ladi. Bu hol ham tabiiy, ham ijtimoiy ekologik muommolarni vijudga keltirmoqda, buni biz O`zbekistonda, Qozog`iston va boshqa Respublikalarda ham ko`rmoqdamiz. Iqlim bilan bog`liq muommolar keyingi 10-15-yil orasida xududda ilish kuzatilmoqda. (CO2 konsentrasiyasining ortishi va antropogen omillar asosida ). Suvga bo`lgan talab keyingi chorak asrda ortib borayotir. Sug`orib ekiladigan yerlar maydoni 1,5 barobarga ko`payib, hozirgi kunda birgina O`zbekistonda 4.5 mln ga dan ortib ketdi. Oqibatda yirik daryolarimiz suvlari Orolga to`liq bormayotir. Orol dengizi sathi pasayib bormoqda. Suvdan holis bo`lgan yerlar oldingi qirg`oq chizig`idan 100-150km dengiz tomoniga kirib bordi. Natijada harorat 1,5 gradusga ortdi, nisbiy namlik 10-15 %ga kamaydi. Orol dengizining 1960 -yildagi maydoni 689000 kvadrat kilometr, suv satxi 53,4 metr bo`lgan bo`lsa, 1994-yilga kelib bu kattaliklar 32500 kv km va 36,6 metrni tashkil etdi. 2000 -yilda Orol dengizining maydoni yanada qisqardi va suv satxi pasaydi, oqibatda Orol yuzasida taqsimlangan modda va energiya miqdori keskin o`zgardi. Orol, Orol atrofi va Orol havzasida ekalogik muammolar vujudga keldi. Yer usti suvlarining ekalogiyasida o`zgarishlar yuz berdi. Agarda daryoni suvi Markaziy Osiyo regionida 125-128 kub/km ni tashkil etgan bo`lsa, shundan qishloq xo`jaligida 110 kub/km suv foydalanilmoqda. Natijada 35-38 kub km suv yuqori darajada minerallashib qoldi. Menirallashgan suvlar yana daryolarga va boshqa suv havzalariga quyilmoqda. Sanoat chiqindilari, tashlandiq suvlar toza suvning ifloslanishuviga sabab bo`lmoqda. Yer resurslaridan foydalanish va tuproqlarning ekalogik holatida ham o`ziga xos ko`rsatkichlar mavjud. Tog` kon sanoatining rivojlanishi bilan antropogen buzilgan landshaftlar vujudga keldi va kelmoqda. Faqat O`zbekistonda 1956-1960- yillarda shamol eroziyasi natijasida 200.000 gektar maydon paxtazorlar nobud bo`lgan. Tuproqqa ishlov berishning qoloq usullaridan foydalanish natijasida tuproqning zichlashuvi kuchaydi, hosildorlik kamayib ketish hollari kuzatilmoqda. Pestisid va miniral o`g`itlarning tuproqqa ta`siri ularning miyoridan ortiqcha ishlatilishi natijasida ortib bordi. Masalan: paxtachilikni rivojlantirish uchun O`zbekistonda har gektar yerga 300 kg azot, 200 kg fosfor, 110 kg kaliy o`g`itlari solinadi. Ayrim joylarda undan ham ko`p foydalaniladi. Sug`orishni to`g`ri tashkil etmaslik va suvdan noto`g`ri foydalanish oqibatida ham suv resurslarini, sug`oriladigan yerlarning egologik holati yomonlashdi, chuchuk suv tanqisligi yuzaga kelmoqda. Su`niy sug`orish natijasida inson tabiatga juda katta ta`sir ko`rsatmoqda. Masalan: paxta suvni ko`p talab qiladi. Har gektar ekin maydoniga 5-8 ming kub metr suv sarf qilinadi. Birgina O`zbekistonda chigit ekilgan maydon 1,3 mln ga atrofida. Sug`orish tizimini to`g`ri tashkil etmaslik natijasida dala maydonlariga berilayotgan suvning yarmi yetib bormaydi. Mutahassislarning hisoblashlaricha Markaziy Osiyoning ba`zi bir joylarida meyoriy suvga nisbatan 5-7 marta ko`p suv sarflanmoqda. Natijada yer shurlanishi kuchaymoqda va ayniqsa O`zbekiston, Turkmaniston hududlaridagi har 3 ta sug`orma yerlarga 1 ga shurlangan yer to`g`ri keladi. Chuchuk suv yetishmasligi muammosi turgan bir vaqtda shaharlarda suvdan foydalanish meyorlari oshgan holda buzulmoqda. Me`yorga nisbatan Dushanbeda 1,6 martaga, Toshkentda 2,0 martadan ko`p, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 3,0 marta ko`p chuchuk suv iste`mol qilinmoqda. Tuproqlarning pasporti (xossa va xusiyatlari tavsilotlari yig`indisi) ilmiy asosda o`rganilmay turib, ularning suvga bo`lgan talabchanligi hisobga olinmay turib, nazoratsizligi oqibatida behudaga suvlar sarflanmoqda. Natijada yerlarning melliorativ holati yomonlashidi. Jumladan, 1 gektar sug`oriladigan yerga o`simlik turlarini inobatga olgan holda o`rtacha 7-10ming kub/metr suv sarflanishi kerak bo`lgan holda, nazoratsizlik oqibatida Turkmanistonda- 20; Qozog`istonda-17.5; O`zbekistonda-15; Tojikistonda-14.5 ming kub metr suv sarflanmoqda. Bu kabi salbiy holatlarni va yuzaga kelgan ekologik muammolarni hayvonot olami, o`simliklar dunyosi diqqatga sazovar landshaftlar misolida ham keltirish mumkin va hokozo. Markaziy Osiyo hududida tabiyat –inson- jamiyat- antropogen landshaft munosabatlarini yurgizishda juda katta extiyotkorlik bilan ish olib borish kerak. Shuning uchun, birinchi navbatda berk havzaga xos bo`lgan tabiiy va ijtimoiy qonunlarni bilib olish, ikkinchidan tabiatning insonga, insonning tabiatga, antrapogen landshaftning tabiatga va insonga bo`lgan ta`siri, sir asrorlarini ilmiy amaliy, tadqiqotlar orqali to`g`ri anglab yetish, uchuncuidan tabiiy va ijtimoiy sharoitlarni ilmiy asoslab o`rganish va pasportini tuzish, to`rtinchidan ekalogik ta`lim, tarbiya va madaniyatni yaxshilash, beshinchidan berk havzadagi hodisa va jarayonlarni, resurslarni dunyo mezoni bo`yicha baholashni bilish zarurdir. O‘rta Osiyo uchun mintaqaviy ekologik muammolar. Inson o‘ziga kerakli hamma narsani tabiatdan oladi. Ishlatib bo‘lgan, keraksiz chiqindilarni esa tabiatga chiqarib tashlaydi. Shuning uchun ham tabiat bilan inson o‘rtasida o‘zaro ta’sir to‘xtovsiz davom etadi. Inson hayotining farovonligi, odamlarning sog‘lig‘i, ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiiy sharoitga, tabiat boyliklariga, ayniqsa, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning qanday ekanligiga, ya’ni inson tabiat va uning boyliklaridan qanday foydalanayotganiga, tabiatni qanday muhofaza qilayotganiga bog‘liq. O‘rta Osiyo — juda katta Yevrosiyo materigining deyarli o‘rta qismida joylashgan, suvlari tashqariga chiqib ketmaydigan berk tabiiy geografik o‘lka. Shu bilan birga sharq va janub tomonlardan baland tog‘lar bilan o‘ralganligi sababli havoga chiqarilgan ifloslovchi moddalar ham tashqariga chiqib keta olmaydi. Binobarin, O‘rta Osiyo ekologik jihatdan ham noqulay, berk o‘lka hisoblanadi. O‘rta Osiyoda juda qadimdan obikor dehqonchilikning rivojlanganligi cho‘llardagi vohalar atrofida (ayrim vohalarda ham) tuproqlarni sho‘r bosishiga, sho‘r ko‘llarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Chorvachilikda yaylovlardan tartibsiz foydalanish oqibatida qumli cho‘llar maydoni kengaygan. Cho‘llarda uchrab turadigan qadimgi shaharlarning qoldiqlari qadimda vohalar inson xo‘jaligi ta’sirida cho‘llarga aylanganini bildiradi. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo hududida yirik neft, gaz, temir rudasi, rangli metall konlarining ishga tushirilganligi ham bu yerlarda buzilgan yerlarning kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Yaqin o‘tmishda O‘rta Osiyoda paxta yakka hokimligi davrida yerga bir xil ekin — paxta ekilaverishi va qishloq xo‘jaligida turli xil kimyoviy zaharlar — gerbetsid, pestitsid va defoliantlarning ko‘plab ishlatilishi oqibatida aholining sog‘lig‘iga zarar yetdi — sariq, kamqonlik kasalliklari juda ko‘paydi. O‘rta Osiyodagi respublikalar mustaqillikka erishgandan so‘ng paxta yakka hokimligi tugatildi, havo, tuproq ancha tozalandi. O‘rta Osiyoda suv tanqisligi ham mavjud. Ayniqsa, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘istonda bu muammo keskin tus olgan. Shuning uchun suvni ifloslanishdan muhofaza qilish, undan tejab foydalanish eng muhim vazifalardan biridir. Suvdan unumli foydalanish uchun daryolarga suv omborlari qurilgan, sug‘orish kanallari qazilgan. O‘rta Osiyo o‘lkasi uchun Orol dengizining qurib bora- yotgani bir fojia bo‘ldi. Amudaryo va Sirdaryo suvi yangi yerlarni sug‘orishga ko‘plab olinganligi sababli XX asrning 70-yillaridan boshlab Orol sathi pasaydi, maydoni kichraydi. 2010-yilga kelib, dengiz 3 ta kichik ko‘lga aylanib qoldi. Suvi qurigan yerlar sho‘rxok va qumli cho‘l yerlarga aylandi. Bu yerdan shamol sho‘r, chang va qumlarni uchirib, yuzlab km masofadagi yerlarga olib boradigan bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Orol va Orolbo‘yini, u yerlardagi aholining ekologik sharoitini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. O‘rta Osiyo tabiiy geografik va ekologik jihatidan bir butun tabiiy o‘lka bo‘lganligi bu hududdagi davlatlarning tabiatdan o‘zaro kelishib, hamkorlikda foydalanishlarini, tabiatni, ekologik muhitni muhofaza qilishlarini talab qiladi. O‘rta Osiyoda XIX asr oxiri hamda XX asrning birinchi yarmida hayvonlar rejasiz va shafqatsiz ov qilinishi natijasida ularning bir qancha turlari yo‘qolib ketishi xavfi tug‘ildi. Cho‘llardagi saksovul, yulg‘un o‘tin qilib yoqilishi natijasida bu o‘simliklar kamayib, to‘zima qumlar ko‘paydi. Tog‘lar yonbag‘ridagi archa va boshqa daraxtlar ko‘plab kesilib, bu yerlarda tuproq yuvilishi kuchaydi. O‘rta Osiyoda tabiatni, uning boyliklarini, noyob tabiat obyektlarini, o‘simlik hamda hayvonlarning yo‘qolib borayotgan turlarini saqlab qolish maqsadida XX asrning 2-yarmidan boshlab qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalar tashkil etildi. Mitaqaviy ekologik muammolar. Tabiatni muhofaza qilish deganda barcha avlodlarning extiyojlarini hisobga olgan xolda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni mussafo xolida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish deganda kompleks fan ham nazarda tutiladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari alohida mazmun va maqsadga ega bcHgan tushunchalardir. Ekologiya tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi xisoblanadi. Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan takidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog^liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 1. Global (umumbashariy). Regional (mintaqaviy). Lokal (mahalliy). Global ekologik muammolar Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz: Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5- 1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg^ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada: 1. Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o’zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi. O'zbekistondagi ekologik muammolar Bugungi kunda mustaqil o'zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo'lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq - ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy - ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko'rsatadi. Respublikada keskin bo'lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar: 1. Yirik hududiy - sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren -olmaliq Chirchiqlarda, Farg'ona- Marg'ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda. 2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar. 3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisetlar va mineral o'g'itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir. 4. O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish . O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi: Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma - xiligini saqlash. Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik - iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo'yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan. Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo'nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to'plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar . Orol dengizinimg qurishi iqlim o'zgarishiga ham sababchi bo'ldi. Qurg'oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o'rtasidagi haroratning o'zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to'lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi. Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi . Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to'lib bormoqda. Orol bo'yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og'irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insonoyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko'z qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g'amxo'rlik qilishimiz lozim. O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi muammolari. Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigl bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob - havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir. Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo’lib, so'ngi yillarda inson tasirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o"zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdori o’zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Oxirgi yillarda atmosferaga o'nlab mlrd tonna karbonat angidrid gazining chiqishi natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 0,5 c oshgaligi aniqlangan. «parnik effekti» natijasida yer yuzi o'rtacha haroratining o’zgarishi og'ir ekologik oqibatlarga olib kelishi bashorat qilinadi.Har yili yer yuzasida yonish jarayonlariga qo'shimcha o'n milrd tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada kislorodni tiklovchi manbalar-yashil o'simliklar maydonining tez qisqarib borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi muommosi yuzaga kelishi shubhasizdir. Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo'shilishi natijasiga uning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi tushuniladi, atmosfera tabiiy va suniy yo'llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to'zonlar, o'rmon va dashtlardagi yong'inlar o'simlik changlari mikroorganizmlar kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Suniy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning suniy ifloslanish darajasi oshib bormoqda .atmosferaning mahalliy, regional va global ifloslanishi kuzatiladi. Agregat holatiga ko'ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni to'rt guruhga bo'lish mumkin; qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar, havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, kurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari, oltingugurt oksidlari, xlorftoruglevodorodlar, metal oksidlari va boshqalar kiradi, Atmosferaga o'n minglab tonna modda va birikmalar chiqarilgan bo’lib, ularning o'zaro birikib hosil qilgan aralashmalari to'la urganilmagan. Bunday nomalum birikmalarning tirik jonzotlarga shu jumladan inson sog'lig'iga tasiri aniq baholangan emas. Havoning kuchli ifloslanishi bazi uy hayvonlarining nobud bo'lishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli tasir ko’rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) deb yuritiladi . Bunda zararli birikmalarning odam mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur etkazmasligi nazarda tutiladi. Havo ifloslanishining muntazam REM dan yuqori bo'lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko"rsatkichlari bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga qarab xilma-xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM ko’rsatkichlarini ajratish mumkin; is gazi-0,01 mg/m3: oltingugurt gazi-0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3; fenol-0,01 mg/m3; formaldegid-0,003 mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo. REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalaning birlashib ta'sir qilishi o'rganilgan bo’lib ular uchun me'yorlar belgilangan. Atmosferaning 20-30 km oraligida joylashgan o'ziga xos himoya qobig'i-ozon (O3) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Ozon qatlami insonlar va barcha jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarini zararli ta'siridan himoya qiladi. Freon, Xlorftoruglevodorodlar, ozot oksidlari ta'sirida ozon parchalanadi. Yer yuzi qutublarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarining oldini olish uchun mahalliy mintaqaviy va umumjahon miqiyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomgirlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va ozot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomgirni kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg'irlar ta'sirida katta maydondagi o'rmonlar quriy boshlagan. Bunday yomg'irlar hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog'lig'iga zarar etkazadi. Kislotali yomg'irlarning uzoq masofaga ko'chishi natijasida turli davlatlar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy xalqaro miqyosida tadbirlar o'tkazilmoqda. Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaxarli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko’rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4 mingdan ortiq kishi halok bo’lgan, keyingi yillarda dunyoning yirik shaxarlarida London tipidagi smog Los-Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli brikmalarni xosil qilishi tushuniladi. Jumladan ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo'lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko’rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Batgan aytganidek: yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks xolda tutun yer yuzida insonlarni kamaytiradi. Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog'lig'ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o'simlik va hayvonlarning nobud bo'lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSHda havoning ifloslanishi inson sog'lig'iga etkazilgan ziyonni hisobga olmaganida, yiliga 30 mlrd. dollardan ortiq moddiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o'z o'zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o'zlari amalga oshirishlari lozim bcf Igan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shaxar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo'llari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo'yicha 500 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o'pka raki va boshqa og'ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benzapirin, qo'rg'oshin va boshqalar) mavjud. Toshkent shahrida havo ifloslanishining 70 foizidan ortig'i avtotransport hissasiga to"g'ri keladi. O’zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'1 sifatini yaxshilash va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. O’zbeksiton Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog'oldi va tog'oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo'lishiga olib kelgan. O’zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to'plangan Toshkent va Farg'ona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo'yicha ko’rsatkichlari REM dan yuqori bo’lgan bu shaxarlarning ba'zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud. O’zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishi va so'nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili atmosferaga harakatlanadigan va turgun manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo'lsa, bu ko’rsatkich 1995 yili 2 mln. tonnagacha kamaygan. Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog'liqdir. O’zbekistonda atmosferaga tashlanadigan ifloslovchi birikmalar. O’zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi. Zararli birikmalarning 50 foizdan ortig'i uglerod oksidi (is gazi-SO)ga to’g'ri keladi. Mamlakatimiz hududi Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va boshqa qo'shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. So'ngi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar (O’zbekistonning tog'li rayonlarida, Toshkent shahri ustida ozon miqdorining 10-12% kamayganligini ko’rsatadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. O’zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish monitoringi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani uchun to'lov va jarimalar belgilangan. O’zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to'g'risida maxsus qonun (1996 yil, dekabr) qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasidagi ekologik muammolar. O’zbekiston ekologiyasini yaxshilash uchun, mamlakatimizdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimda ma`lum bo’lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, tarixni yaxshilab o’rganishimiz hamda undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak. Inson faoliyati ta`sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan bormoqda. Insoniyatning tabiiy jarayonlarga ana shunday ta’sirda yoki munosabatda bo’lishi natijasida XX asr o’rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta`siri bilan bog’liq. Inson sivilizasiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag`riga tobora chuqurroq kirib borish oqibatida ahvol tubdan o’zgardi. Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo’ladi. Chunki yer yuzidagi o’rmonlar qirqildi, katta – katta hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o’zlashtirildi, dorilar bilan o’g’tlandi, har xil chiqindi hamda gazlar bilan toza havo va tabiat ifloslandi. Bundan tashqari tabiatda toshqinlar, o’rmon yoginlari, chang bo’ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz beradi. Bularning barchasi tabiatning tabiiy muvozanatiga putur yetkazadi. Dunyo bo’yicha kuzatiladigan tabiiy, antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday ekologik muammolarga ba`zi bir misollarni keltirib o’tamiz: 1. "Atmosferaning dimiqishi” hodisasi. 2. "Ozon qatlamining siyraklanishi” hodisasi. 3. "Chuchuk suv” muammosi . 4. "Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi” muammosi. 5. "Pestisetlardan foydalanish” muammosi. Mintaqaviy ekologik muammolar. Yer yuzasining muayan mintaqasi o’ziga xos tabiiy iqlim, ijtimoiy – ekologik, etnogirafik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro aloqa munosabatlari harakterini belgilab beradi. O’zbekistondagi ekologik muammolar Bugungi kunda mustaqil o’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq – ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy – ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko’rsatadi. Respublikada keskin bo’lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar: 1. Yirik hududiy – sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren-Olmaliq Chirchiqlarda, Farg’ona-Marg’ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda. 2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar. 3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar va mineral o’g’itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir. 4. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish. O’zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo’llari O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi: Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma – xiligini saqlash. Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo’yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo’yidagi barcha tabiiy ko’llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan. Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to’plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Orol dengizinimg qurishi iqlim o’zgarishiga ham sababchi bo’ldi. Qurg’oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o’rtasidagi haroratning o’zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to’lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi. Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko’z qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g’amxo’rlik qilishimiz lozim. O‘zbekiston Respublikasining ekologik muammolari va ularni bartaraf etish. Bugungi kunda fan-texnika jadal sur’atlarda rivojlanib, inson va tabiat o’rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi, tabiatga nisbatan jamiyat a’zolarida g’amxo’rlik sust ahvolga kelib qolganligi oqibatida atrof-muhitga katta ziyon yetmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko’zlab munosabatda bo’lish, kelajak avlodga uni go’zal va tabiiyligicha qoldirish bugungi kunning muhim vazifasi bo’lib turibdi. Chunki tabiatga nisbatan inson qanchalik berahmlik bilan munosabatda bo’lsa, tabiat ham insonga nisbatan aynan ana shunday javob qaytaradi. Har bir inson ongida ekologik madaniyat qay darajada shakllansa, jamiyat ham shu darajada taraqqiy etadi. Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq – ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy – ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko’rsatadi. Respublikada keskin bo’lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar: 1. Yirik hududiy – sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren-Olmaliq Chirchiqlarda, Farg’ona-Marg’ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.[2] 2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar. 3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar va mineral o’g’itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir. 4. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish. O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi: Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma – xiligini saqlash.[3] Meteorologiya markazi 10 ma’lumotlariga qaraganda Orol dengizining qurigan va qariyb bir necha ming kvadrat kilometrga cho’zilgan tubidan har yili million tonnalab ko’z ilg’amas darajadagi chang va tuz shamol bilan uchirib ketilishi natijasida. Orol bo’yi xududlarda ekologik xavfsizlik darajasi ortib bormoqda. Ekologik holatning salbiy o’zgarishiga hududlarning metrologik sharoitlari ham ta’sir qiladi. Markaziy Osiyo hududida quyosh haroratining yuqori bo’lishi inson organizmida qon aylanishini kuchaytiradi, ko’p miqdorda terlatib, ayrim kimyoviy moddalarning teri orqali so’rilishiga, xatto me’yornomada ko’rsatilgan eng kichik raqam ham halokatli zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda ruhiy (85 foizga) va asab xastaliklari (109 foizga), nafas olish a’zolari xastaliklari (108 foizga) ko’payadi. Тarkibida nitrobirikmalar mavjud bo’lgan suv va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat iste’mol qilish moddalar almashinuvi, tayanch-harakat va asab tizimlari xastaliklarini, irsiy nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Respublikada Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va boshqa bir qator joylarda kimyoviy, neft-kimyoviy hamda mikrobiologik tarmoqlar korxonalarining, ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining ko’pligi tufayli ekologikning salbiy o’zgarishi keskinlashdi. Тojikistonning Тursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy oqibatlari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho’rchi va Oltinsoy tumanlarida sezildi. Natijada anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib ketdi, aholi salomatligi esa, yomonlashdi.Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo’yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo’yidagi barcha tabiiy ko’llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan. Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to’plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Orol dengizinimg qurishi iqlim o’zgarishiga ham sababchi bo’ldi. Qurg’oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o’rtasidagi haroratning o’zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to’lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi.[4] Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko’z qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g’amxo’rlik qilishimiz lozim. Uzoq yillar davomida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida Markaziy Osiyi mintaqasidagi ekologik muammolarga e’tibor berilmadi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag’ ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilgan zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit va atmosfera havosining ifloslanishi, toza ichimlik suvi yetishmasligi tashvishli hol ekani haqida bilib, bilmaslikga olindi. Qonunlar rasmiyat uchun qabul qilinadiyu, ammo ular hayotga joriy etilmadi. Sho’ro tuzumi davrida inson tabiatni o’z irodasiga bo’ysundirishi lozim degan soxta aqida uzoq yillar ustuvorlik qildi. Natijada barcha hududlarda ekologik muvozanat qo’pol ravishda buzildi. [5] Mintaqamizda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi. O’zbekiston Respublikasiga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan aytib o’tganimizdek paxta yakka hokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot og’ir meros bo’lib qoldi. Respublikamizga xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o’lka sifatida qaraldi. Mamlakatimizdan katta miqdorda yetishtirilgan paxta hosilining aksariyat hajmi tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorining o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas edi. Hududimizda yuz bera boshlagan ekologik inqiroz nihoyatda keskinlashib ketib, ijtimoiy tus ola boshladi. Ekologik tanazzuldan esa keng jamoatchilik tashvishga tushishi tabiiy hol,albatta. Odamlar qanday xavf qarshisida turganliklarini, atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar qanday ko’rgiliklarga olib kelganligini yaqqol his etdilar. Tabiatga qo’pol va takabburlarcha munosabatda bo’lish odamlarning qirilib, genofondning yo’q bo’lib ketishiga muqarrar ravishda olib kelishini tushunib yetgan kishilar, olimlar, shoir va yozuvchilar, mutaxassislar, deputatlar bong ura boshladilar. Dunyoning hamma mamlakatlarida, boshqa mintaqalarda sodir bo’lganidek Markaziy Osiyoda, O’zbekistonda ham ekologik muammolar dolzarb bo’lib qoldi.[6] O’zbekistonda eng xavfli ekologik muammolar toza havo, ichimlik suv, tuproq tarkibining buzilishi va Orol dengizi muammolari hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan ma’lumotga ko’ra hozirda Respublikamiz sanoati va qishloq xo’jaligi tarmoqlarida 3 milliondan ortiq kishi band bo’lib, shuning qariyb 1 millionga yaqini zararli sharoitlarda(chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta’sirida) mehnat qilmoqda. Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya kasalliklar ko’payishi kuzatilmoqda. Jumladan Respublikada so’nggi besh yil davomida bu kasallik (har 10000 ishchiga nisbatan) 1,2 dan to 1,76 gacha ko’paygan, Navoiy tog’-metallurgiya kombinatida bu ko’rsatgich 1,62 dan to 3,2 gacha oshgan. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi. Sug'oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km kub, 1980 yilda esa 11,1 km kub gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o'rtacha pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib qoladi, hech bo'lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang to'zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o'lim 2 marta ortgan. Bolalar o'limi har tug'ilayotgan 1000ta chaqaloqdan 45-90 taga to"g'ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog’liq. Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir ko’rsatadi Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.[7] Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi. Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni aholining iste’mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro etilishi yuzasidan Sog‘liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari axboroti yuzasidan parlament eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni chog‘da “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o‘rganilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi eshituvi tashkil etildi. O‘zbekistonda alohida muhofaza qilinadigan hududlar. O'zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish sohasida qonunlari, shu jumladan "Biologik xilma-xillik to'g'risida”gi, "Ko'chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish to`g'risida”gi, "Xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to'g'risida”gi, "Butunjahon merosni to'g'risida”gi va yana bir qator konventsiyalar bo'yicha uning xalqaro majburiyatlarini amalga oshirish hisoblanadi. Bular O'zbekiston Respublikasining "Muhofaza etildigan tabiiy hududlar to'g'risida”, "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida”gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida”gi va boshqalar. 2004-yil dekabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi yangi qonun qabul qilindi. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi (03.12.2004-yil) Qonunga binoan O'zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga quydagilar kiradi: 1. Davlat qo'riqxonalar; 2. Kompleks (landshaftli) buyutmalar; 3. Tabiiy bog'lar; 4. Tabiat yodgorliklari; 5. Alohida tabiat ob'yektlari va komplekslarini muhofaza qilish, qayta ishlab chiqarish va tiklash uchun hududlar; 6. Muhofaza etiladigan landshaftlar; 7. Alohida tabiiy resurlarini boshqarish uchun hududlar. Qo`shimcha ma`lumot "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi qonunga binoan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va foydalanish sohasida davlat boshqaruvni hukumat, joylarda davlat hokimiyati organlari hamda maxsus tayinlangan davlat organlari amalga oshiradilar. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasida davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va joylarda davlat hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yangi qonun qabul qilinishi bilan uni yangilash va takomillashtirish rejalashtirilgan. Respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yahlit bir tizimdan iborat bo'ladi, u oxir-oqibatda bioxilma-xillikni uzoq vaqt saqlab qolishni ta'minlovchi uzluksiz ekologik turga aylanadi. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi qonun qabul qilingandan so'ng ko'p sonli ob'ektlarga – o'rmon xo'jalik korxonalari va ovchilik xo'jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi beriladi. Biosferik davlat rezervati tushunchasini kiritish alohida ahamiyatga ega. Ularni tashkil etish tartib va rejimi bizning qonunchiligimizda birinchi bor ko'zda tutiladi va biosferik rezervatlar bo'yicha YuNESKO xujjatlari talablariga mos keladi. Xozirgi kunda Respublikamizda 9 qo'riqxona va 2 milliy bog' mavjud. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga binoan qo'riqxonalar, milliy bog'lar bilan birga zakaznikalar ham mana shunday hududlarga kiradi. Bugungi kunda Respublikamizda 10 zakaznik mavjud. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tassarufida Hisor qo'riqxonasi faoliyat yuritmoqda. Qo'riqxona 1983-yilda, ikki mustaqil Miroki va Qizilsuv tog' qo'riqxonalarni birlashtirish natijasida tashkil qilingan. Hisor qo'riqxonasining umumiy maydoni 80986 gektarni tashkil etadi. U Hisor tizmasi shimoli-g'arbiy tarmoqlari tabiiy komplekslarining tipik uchastkalarini asl holida saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borligini o'rganish va tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan. Hisor davlat qo'riqxonasining er maydoni 4 ta bo'limga ajratilgan: G'ilon bo'limi – 18838 ga Miraki bo'limi – 11821 ga Tanhozdaryo bo'limi – 20233 ga Qizilsuv bo'limi - 30094 ga Qo'riqxonada o'rmonlarining aksariyati archadan iborat. Umuman olganda qo'riqxona hududidagi o'simliklar Markaziy Osiyo tog'lariga xos bo'lib, tarkibi bo'yicha turli-tumandir. Hisor qo'riqxonasi hududida o'simliklarning 870 dan ortiq turi o'rganilgan va ayrimlari endemik hisoblanadi. Qo'riqxona hududida Tubergen lolasi, ulug' lola, Bobrov astragali, O'zbekiston chinniguli, etmak, anzur piyozi, Zarafshon archasi va boshqalar bor. O'simliklarning 38 turi O'zbekiston "Qizil kitobiga” kiritilgan. Hisor qo'riqxonasining hayvonot olami ham xilma-xildir. Qo'riqxonada 2 tur baliq, 19 tur sudralib yuruvchi va amfibiyalar, 103 tur qushlar, 28 tur sutemizuvchilar mavjud. Qushlardan burgut, boltayutar, mitti burgut, qumay, itolg'i; sutemizuvchilardan qor qoploni, Turkiston silovsini, qo'ng'ir ayiq va Markaziy Osiyo qunduzi "Qizil kitobga” kiritilgan. Qo'shtuoyoqlilardan to'ng'iz va Sibir tog' echkisi keng tarqalgan. Kaklik deyarli har qadamda uchraydi. Kemiruvchilardan qizil sug'ur va boshqalar o'tzorlardan boshpana topishgan va ularning asosiy "dushmani” - bo'ri va tulki ham mavjud. Qizilsuv bo'limidagi dengiz sathidan 4000 m dan yuqori bo'lgan "Osmon-talash” cho'qqisi eng baland nuqta hisoblanadi. Yodgorliklardan Tulkito'g'ay ota, Xo'jagul ota ziyoratgohlari, Amir Temur g'ori (uzunligi 670 metr), dinozavrlar izi, Bumni qapchig'ay, o'g'rini zindoni, Ho'kizburun, Suvtushar va Xo'jaqulbars sharsharalari mavjud. Hisor qo'riqxonasi YUNESKO Umumjahon tabiiy va madaniy meros ro'yhatiga kiritish uchun taqdim etilgan. Qo'riqxona o'ziga xos ilmiy-tadqiqot muassasi bo'lib, uning xodimlari qo'riqxona hududida brakonerlik va tabiatga nisbatan boshqa qonunga xilof ishlar bajarilishining oldini olish yo'lida tinmay mehnat qilishmoqda. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tasarrufidagi "Jayron” Ekomarkazi 1977-yilda tashkil etilgan. U Buxoro shahridan janubiy-sharq tomon 40 kmga cho'zilib joylashgan. Maydoni 7135 ga bo'lib, ulardan 5145 ga to'r bilan chegaralangan. Ekomarkazning asosiy maqsadi nasli va turi yo'qolish arafasida turgan, Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi (TSXI) Qizil Kitobiga kiritilgan jayron, buxoro qo'yi, burama shohli echki, morho`r va bizning hududlarda mutlaqo uchramaydigan Prejvalskiy otlar, qulonlarini saqlash, parvarishlash va ko'paytirish, hamda ularning biologiyasini o'rganishdan iborat. Ekomarkazning ilmiy ma'lumotlariga ko'ra, bu yerdagi chegaralangan hududda 28 o'simlik oilasiga mansub 200 dan ziyod o'simlik turlari o'sadi. Yil davomida markaz hududida 257 turdagi qushlarni uchratish mumkin. Bu esa O'zbekiston ornitofaunasining 37 % tashkil etadi. Bu hududda sudraluvchilarning 21 turi, bundan tashqari 33 turdagi sut emizuvchi, 2 turdagi amfibiya va 15 turdagi baliqlar yashaydi. 2009-yil 3-oktyabr kuni bo'lgan hisoblar natijalariga ko'ra, Ekomarkaz hududida jayronlarning soni 902 (volerdagilar bilan), Prejvalskiy oti – 21, qulonlarning soni – 67 ga yetgan. Shuningdek, hozirgi kunda ekomarkazda ko'paytirilayotgan buxoro qo'yining soni 10 taga yetdi. Bundan tashqari 1 morxo`r yashamoqda. Morxo`r qo'ylarini sonini oshirish maqsadida o'tgan yili Termiz hayvonot bog'i bilan shartnoma tuzilib, 1 morxo`r vaqtinchalik saqlanishga Ekomarkazga keltirilgan. Ekomarkaz kelajagi uning hududini kengaytirishga bog'liq. 01.01.2009-yil holatiga uning maydoni 7135 ga tashkil etgan. Lekin, 2009-yil fevral oyida "Jayron” Ekomarkazi hududiga 9369 ga er qo'shilgan. Eng muhimi «Jayron» Ekomarkazda kelajak avlod uchun butunlay yo'q bo'lib ketish xavfiga uchragan hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolishga muvoffiq bo'ldi va Markaziy Osiyoda noyob hayvonlarni qirilib ketishdan qutqarish markaziga aylandi. O‘zbekistonda ekologik boshqaruv va uning huquqiy va me’yoriy chora – tadbirlari. Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, bu borada o‘tkazilgan tahlil natijalari atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning mavjud emasligi, shuningdek, qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan dalolat beradi. ahon hamjamiyati 1972 yildan boshlab 5 iyunni “Butunjahon atrof muhit kuni”, deb e’lon qilib, mana 40 yildirki, har yili bosib o‘tilgan yo‘l natijalari sarhisob qilinib, mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish uchun kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1982 yil 28 oktyabrda qabul qilingan Butunjahon tabiat xartiyasida tabiatning roli va unga insonning munosabati tamoyillari haqidagi asosiy qoidalar aks ettirilgan. Jumladan, inson tabiatning bir bo‘lagi hamda uning hayoti, energiya va oziq-ovqat manbai bo‘lmish tabiiy tizimlarning uzluksiz faoliyatiga bog‘liq. Inson faoliyati oqibatida tabiatni o‘zgartirib yuborishi hamda uning resurslarini tugatishi mumkin. Shuning uchun ham u atrof muhit muvozanati va sifatini, shuningdek, tabiiy resurslarni saqlashning zaruratini to‘liq anglab yetishi lozim. Yerdagi hayotning genetik asosi xavf-xatarga qo‘yilmasligi kerak. Tiriklikning har qanday turlari, u yovvoyi bo‘ladimi yoki xonakilashtirilganmi, saqlanishi lozim, hech bo‘lmaganda, ularning yashab qolishi uchun zarur muhit sharoitini saqlash kerak. 2002 yilda BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha Yoxannesburgda o‘tkazilgan Butunjahon konferentsiyasi ishtirokchilari tomonidan barcha davlatlarni umumiy taraqqiyot va tinchlik uchun xizmat qilishga chaqiruvchi siyosiy deklaratsiya, shuningdek, qashshoqlikka barham berish va ekologiyani asrash bo‘yicha Harakat rejasi qabul qilingan. Mazkur hujjat millionlab kishilarni toza ichimlik suviga, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda 2015 yilga borib qashshoqlik darajasini 50 foizga kamaytirishni ta’minlovchi keng miqyosdagi qator aktsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Biroq, jahon hamjamiyati tomonidan so‘nggi 30 yil ichida ko‘rilgan choralarga qaramasdan atrof-muhit va inson hayoti sharoitining salbiy tomonga o‘zgarish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda dunyoda ikki yuzdan ziyod davlat turli darajadagi iqtisodiy rivojlanishga, turli holatdagi atrof-muhitga, ekologik muammolarni yechish bo‘yicha turli yondashuvlarga ega. Ta’kidlash kerakki, bir vaqtning o‘zida ularni bugungi va kelajak avlod manfaatlari yo‘lida atrof-muhitni musaffo holda saqlash va tiklash bo‘yicha javobgarlik birlashtirib turadi. Shu munosabat bilan energiya tejovchi texnologiyalarni izlab topish va joriy etish jarayonlariga, tabiiy resurslardan samarali foydalanishga, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish va tatbiq etishga harakat qilish, shuningdek, uzluksiz ekologik ta’lim tizimini, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasi bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash dasturini joriy etish ishlarini kuchaytirish zarur. Mamlakatimizda istiqlol yillarida ekologik muammolarni yechish, ayniqsa, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish maqsadida misli ko‘rilmagan sa’y-harakatlari amalga oshirildi. O‘zbekiston avvalgi tuzumdan tabiiy resurslarning nobarqaror boshqaruvi bilan bog‘liq murakkab ekologik muammolar, shuningdek, kommunal, sanoat manbalari va sug‘oriladigan maydonlardan qaytgan oqava suvlar natijasida vujudga kelgan yuqori ifloslanish darajasini meros qilib oldi. Shu bois qishloq xo‘jaligi, energetika va sanoat tarmoqlarida jiddiy tuzilmaviy muammolar ro‘y berdi. Bu mamlakat atrof-muhiti va tabiiy resurslarini boshqarish sohasidagi ko‘plab jiddiy masalalarning ilk sababchisi bo‘lib qolmoqda. Yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun tabiatni muhofaza qilish qonunchiligining oldingisidan tubdan farq qiluvchi yangi me’yoriy-huquqiy bazasi yaratila boshlandi. Tabiatdan foydalanishning ma’muriy-buyruqbozlik usuli o‘rniga iqtisodiy boshqarish usuliga o‘tildi. 1992 yilda tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim ob’ektlar muhofaza qilinishini, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlanishini ta’minlashga qaratilgan. Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda barqaror rivojlanish sohasi bo‘yicha qator strategik hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bular: bioxilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakatlar rejasi; cho‘llanish va qurg‘oqchilik bilan kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi; barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha milliy strategiya kontseptsiyasi; atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasi; atrof-muhit gigienasi bo‘yicha harakatlar rejasi; aholi turmush sharoitini yaxshilash strategiyasi va boshqalar. Ushbu hujjatlar asosida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturlari shakllantirilmoqda. Mazkur dasturlarda tabiiy resurslarni saqlash, ulardan oqilona foydalanish va qayta tiklashga, xo‘jalik yuritishning ekologik usullarini joriy etishga, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishga, ekologik ilm-fanni rivojlantirishga, aholi o‘rtasida ekologik ta’lim va tarbiyani kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga erishish borasida o‘z majburiyatlarini bajarish maqsadida O‘zbekistonda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha 2011—2015 yillarga mo‘ljallangan qo‘shimcha choralar Kompleksi amalga oshirilmoqda. BMTning rivojlanish dasturi bilan hamkorlikda bioxilma-xillikni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yer resurslarini samarali boshqarish va boshqa sohalarda qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston xalqaro huquqning to‘la huquqli sub’ekti sifatida mustaqil ravishda ijtimoiy-iqtisodiy, shuningdek, atrof-muhitni va fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, mamlakatning barqaror rivojlanishi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan ekologik siyosatni yuritmoqda. Bunday ekologik siyosatning amalga oshirilishi xalq xo‘jaligi va umuman jamiyatning barqaror rivojlanish shartlaridan biridir. O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yillaridagi ekologik siyosati natijasida atrof-muhit sifati yaxshilandi. Shu davrda atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar hamda ifloslangan chiqindi suvlar tashlanishi hajmi 2 barobarga kamaydi. O‘simliklarni himoya qilishning biologik usullariga o‘tilishi pestitsidlardan foydalanishni 5 martaga qisqartirish imkonini yaratdi. Ekin maydonlari tizimida don, sabzovot va kartoshka ekinlarini ko‘paytirish tendentsiyasi o‘rnatildi va bugungi kunda paxta ekini maydonlari qisqarib, umumiy ekin maydonining 30 foizidan oshmaydi. So‘nggi 4 yilda 1200 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonining meliorativ holati yaxshilandi. Milliy qo‘riqxona, bog‘, buyurtmaxona va ekomarkazlar rivojlanmoqda. Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni reabilitatsiya qilish tadbirlari faollik bilan amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston nafaqat mintaqa davlatlarining say’-harakatlarini birlashtirish tashabbusi bilan chiqdi, balki ushbu pozitsiyaga to‘la amal qilayotganligini amaliy harakatlari bilan isbotladi. Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasini tuzish hamda faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, Orol dengizi havzasi dasturini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shildi. O‘zbekiston so‘nggi bir necha yil ichida Orolbo‘yi mintaqasi ekologik vaziyatini barqarorlashtirish uchun jami 1,5 milliard AQSh dollari maqsadidagi loyihalarni amalga oshirdi. O‘zbekistonning mavjud tabiiy-resurs, intellektual va iqtisodiy salohiyati mintaqaviy ekologik muammolarni yechishdagi ustuvor va muhim rolini ta’minlaydi. Biroq, Markaziy Osiyoda yuzaga kelayotgan ko‘plab ekologik muammolar global xarakterga ega bo‘lib, faqat bitta davlatning sa’y-harakatlari bilan o‘z yechimini topa olmaydi. Ishonchimiz komilki, faqatgina birgalikdagi sa’y-harakatlar yuzaga kelgan ekologik muammolarni samarali va kam xarajatlar bilan muvaffaqiyatli yechish, umuman, ekologik muvozanatning, shuningdek, suv muvozanatining, ayniqsa, Markaziy Osiyoda, hozirgi va kelgusi avlodlar yashashi uchun qulay bo‘lgan atrof-muhit sharoitining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik vaziyatlar va ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim turlaridan foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi qo‘riqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ularda alohida foydalanish rejimini o‘rnatish tartib-taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi va amal qilmoqda. Qabul qilingan hujjatlar atrof-muhit obyektlarining ifloslanish darajasini ma’lum darajada kamaytirish, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, xalqaro tashkilotlarni milliy ekologik muammolarni hal etishga jalb qilish imkonini berdi. Shu bilan birga, atrof-muhit muhofazasi sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi va nazorati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil bir qator kamchilik va muammolar borligini ko‘rsatdi, xususan: chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar, maxsus vakolatli davlat organlari, tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda nazorat qiluvchi yagona davlat organining mavjud emasligi; Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunish tartibining huquqiy asoslari yo‘qligi tufayli atrof-muhit muhofazasi sohasida idoralararo to‘laqonli hamkorlik qilish va bu boradagi vazifalarni amaliy jihatdan hal etish imkoni yo‘qligi; atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik, sanitariya me’yor va talablarini buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy jazo choralarining yetarli emasligi va samarasi pastligi; Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining chiqindilar bilan ishlash sohasidagi vakolatlari faqat ishlab chiqarish chiqindilarini nazorat qilish bilan cheklangan edi. Qo‘mitaning amaldagi tashkiliy tuzilishi va shtatlar birligi unga yuklatilgan vazifalarni sifatli va to‘liq hajmda amalga oshirish imkonini bermayapti. Shu munosabat bilan, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi davlat boshqaruvi va nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuvchi va hisobot beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga aylantirish (keyingi o‘rinlarda – Davlat ekologiya qo‘mitasi) nazarda tutilmoqda. Farmon bilan Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagi vazifalar yuklandi: ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish; maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlarining samarali tizimini tashkil etish; atrof-muhitning ekologik xolati maqbul tarzda saqlanishini, ekologiya tizimlari, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni qo‘riqlashni, ekologik vaziyat sog‘lomlashtirilishini ta’minlash; er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish borasida davlat ekologik nazoratini amalga oshirish; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan va saqlanadigan pitomniklar, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish; ekologik tarbiya, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. Farmonga muvofiq quyidagi tuzilmalar tashkil etiladi: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining markaziy apparatlarida Chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyalari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida «Toza hudud» davlat unitar korxonalari va mamlakatimiz shaharlarida, shuningdek, tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindilarni olib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan uchastkalari negizida ularning filiallari; tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy jamg‘armalari negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etiladi, jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlariga, jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarga va bioresurslarni saqlash va qayta tiklashga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza va monitoring qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni tashkil etishga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tuziladi va uning hududiy inspeksiyalari tashkil qilinadi. Xorijiy mamlakatlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari faoliyatini tashkil qilishga oid tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz qonunchiligiga Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berib borishi yuzasidan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, bu borada chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunlariga ko‘p joyda uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan o‘zgartish kiritiladi. Mazkur farmonning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi: birinchidan – atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat nazorati va boshqaruvi organlarining tizimli ish olib borish samaradorligini oshiradi; ikkinchidan – ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi idoralararo samarali hamkorlikni ta’minlaydi; uchinchidan – atrof-muhitning ekologik xolati, ekologik tizim, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni qo‘riqlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Ozon tuynugi hosil bo‘lishi sabablari va oqibatlari. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling