Ekologiya fanidan y


Download 0.72 Mb.
bet7/21
Sana23.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1389020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Экология ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ

Biologik mahsuldorlik — ekosistemalarning oʻz tarkibiga kiradigan tirik organizmlar qayta hosil boʻlishining muayyan izchilligini taʼminlash xususiyati. Maʼlum vaqt davomida hosil qilinadigan mahsulot, yaʼni biomassa Biologik mahsuldorlik birligi hisoblanadi. Biologik mahsuldorlik ning moddiyenergetik asosini birlamchi mahsulot tashkil etadi. Ekosistemalarda ular tarkibiga kiruvchi, har xil usulda oziklanadigan organizmlarning oziq zanjiri hosil qilishi tufayli moddalar aylanishi sodir boʻladi. Birlamchi mahsulot (fitomassa)ni oʻtxoʻr hayvonlar oʻzlashtiradi, ular bilan esa oziq zanjirining keyingi pogʻonasini tashkil etuvchi hayvonlar oziqlanadi. Oʻsimlik qoldiqlari saprofag hayvonlar, saprofag bakteriyalar va zamburuglar (destruktorlar yoki redutsiyentlar) uchun oziq boʻladi. Biologik mahsuldorlik moddalar biotik davriy aylanishining namoyon boʻlishi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Biologik sistemalarda energiya faqat bir marta ishlatiladi. Bu jihatdan u anorganik muhitdan tirik organizmlar tarkibiga cheksiz koʻp marta oʻtadigan moddalardan farq qiladi. Ana shu sababdan oziq (trofik) zanjir boʻylab energiya okimi kamayib boradi. Trofik zanjirning har bir zvenosida isteʼmol qilingan oziqning bir qismi oʻzlashtirilmasdan qoladi, oʻzlashtirilgan oziqning bir kismi qoʻshimcha mahsulot hosil qilishga, koʻproq qismi esa energiya almashinuviga sarf boʻladi. Har bir keyingi trofik pogʻonada undan oldingisiga nisbatan 5—10 marta kam mahsulot hosil boʻladi. Oziq zanjiri qancha uzun boʻlsa, uning oxirgi Biologik mahsuldorlik ham shuncha kam boʻladi. Ekosistemalarda hosil boʻladigan birlamchi mahsulot asosida ularning mahsuldorligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Quruqlik yuzasining bir yillik mahsuloti quruq modda hisobida 179,5 mlrd. t ga teng , bu taxminan 70YU16 kkal ga ekvivalent boʻladi. Okeanning birlamchi yillik mahsuldorligi taxminan 25—8010" kkal energiyaga ekvivalent boʻladi. Foydalaniladigan yerlar (agrotsenozlar) Biologik mahsuldorlik ni aniqlash, hosildorlikni prognoz qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiiy ekosistemalar Biologik mahsuldorlik ni oʻrganish tabiiy biologik resurelardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklanishini taʼminlash uchun zarur.
Biologik sistemalarning iyerarxik tuzilishi. Tirik sistemalarning turli xil bir-biriga bog‘liq, o‘zaro aloqada bo‘lgan darajalari iyerarxik tuzilishdan iborat. Hayot tuzilishining yirik darajalari o‘zida kichik darajalarni tarkibiy qism sifatida mujassamlashtiradi va har bir tuzilish darajasining o‘zaro ta’siri ko‘lamiga qaram holda umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi, ularning o‘zaro ta’siri tufayli umumiy xossalari paydo bo‘ladi. Biosfera o‘zida yerning tirik organizm tarqalgan qobig‘i sifatida sayyoramizdagi barcha biogeotsenozlarni qamrab oladi. Biogeotsenoz o‘z navbatida ekologik jihatdan bir-birini to‘ldiradigan turli populatsiyalardan tashkil topgan. Populatsiyalar esa, avlodlari doimo almashinib turadigan individlardan tuzilgan. Individlar yaxlit organizm bo‘lib, ular organlar sistemalaridan, organlar sistemalari organlardan, organlar to‘qimalardan, to‘qimalar hujayralardan iborat. Tirik organizmlarning eng kichik birligi hujayra sanaladi. Hujayra alohida bir hujayrali organizm sifatida ham, shuningdek, ko‘p hujayrali organizmning bir qismi sifatida barcha hayotiy xossalarni namoyon etadi. Hujayra doimiy bo‘lishi shart bo‘lgan organoidlardan, tarkibi esa anorganik moddalar va makromolekulalardan tashkil topgan. Hujayrada boradigan hayotiy jarayonlar ularning tarkibidagi makromolekulalarning o‘zaro ta’siriga bog‘liq. Hayot darajalari biri ikkinchisiga asos bo‘lib, keyingi darajani vujudga keltirganligi sababli, iyerarxik (zinapoya ko‘rinishiga o‘xshash) tuzilish nomini olgan. Shunday qilib, tabiiy obyektlar va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik ko‘lami va ta’sir doirasiga ko‘ra juda xilma-xil. Ularni o‘rganish uchun biologiyaning turli bo‘limlari alohida yondashuvlar va tadqiqot metodlarini ishlab chiqqan. Biologik sistemalar bir-biri bilan nafaqat kelib chiqishi jihatidan, balki ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir orqali vujudga keladigan, shuningdek, tashqi muhit bilan munosabatlari orqali ham uzviy bog‘langan. Biologik sistemalar tabiatning tarixiy rivojlanish natijasi sanaladi. Ular o‘z-o‘zini boshqarish, rivojlanish, ko‘payish, tarkibiy qismlar o‘rtasida o‘zaro ta’siri barqarorligi va muvozanatning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Tabiatda tarixiy taraqqiyot natijasida vujudga kelgan biosistema muvozanatining buzilishi ekologik sistemalar strukturasining o‘zgarishiga, ba’zi hollarda ularning nobud bo‘lishiga olib keladi. Tabiat va jamiyatning barqaror hamkorligi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik boshqarish, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish muammosi paydo bo‘ldiki, bu insoniyat kelajagi uchun muhim hisoblanadi. Insoniyat jamiyatining mavjudligi va rivojlanishi hayot va tabiatning, tabiiy jamoa va tizimlarning rivojlanish qonunlarini chuqur anglash asosida shakllanishi kerak.



  1. Ekologik ekspertiza.

Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.


Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling