Ekologiya faniga kirish
Download 31.97 Kb.
|
EKOLOGIYA FANIGA KIRISH
EKOLOGIYA FANIGA KIRISHReja: 1. Ekologiya fan sifatida 2. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 3. Ekologiyaning asosiy bo‘limlari 4. Ekologiyaning vazifalari 5. Ekologiyaning rivojlanish tarixi 1. Ekologiya fan sifatida. «Ekologiya» atamasi va uning ma’nosi fanga 1866 yilda nemis biologi Ernst Gekkel tomonidan kiritilgan (1834-1919). U ekologiya deganda muhit va organizmlarning o‘zaro bog‘liqligini tushungan va fanning bu tarmog‘iga quyidagicha ta’rif bergan: «Ekologiya bu butun tirik mavjudotlarning muhitdagi organik va noorganik komponentlari bilan o‘zaro aloqadorligini o‘rganadi, bunda hayvonlar va o‘simliklarning noantogonistik va antogonistik o‘zaro aloqadorligini hisobga oladi. Bir so‘z bilan aytganda, ekologiya-tabiatdagi jami murakkab aloqadorlik va o‘zaro munosabatlarni o‘rganadigan fan bo‘lib, Ch. Darvin fikricha, yashash uchun kurash shartlaridan biridir. Ayniqsa, Ch. Darvinning evolyusion ta’limoti, «Turlarning tabiiy yo‘l bilan tanlanishidan kelib chiqishi» kitobi (1859) ekologiya fanining shakllanishiga, mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga katta hissa qo‘shdi. Ammo Shved olimlari Bengt Hultman va erik Levlinlar fikri bo‘yicha, ekologik fanning asoschisi bo‘lib Gilbert Uayt (1793 yilda vafot etgan) hisoblanadi. Uning ”Zelburnning tabiiy tarixi” asari xozirgi zamon ekologik harakatining asosi bo‘lib xisoblanadi. (2003, 25 bet) «Ekologiya» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib «Oykos» «uy-joy, makon» degan ma’noni anglatadi va qadimiy adabiyotlarda bu so‘zning sinonimi «oykologiya»dir. Mazmun jihatdan ekologiya «o‘z uyingda»gi organizmlar haqidagi fandir. Keng ma’noda ekologiya mazmunini quyidagicha ta’riflash mumkin: «Ekologiya bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq organizmlar va ularning ekologik muhit munosabati yoki organizmlar guruhining atrof muhitga yoki tirik organizmlarning bir-biri va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi fandir». Download 31.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling