Ekologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 0.84 Mb.
bet1/5
Sana14.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1461158
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya fanining predmeti va vazifalari

Ekologiya fanining predmeti va vazifalari

Reja:

1. Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari. 2. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Ekologiyaning bo`lim va tarmoqlari.

4. Xulosa.

5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Fan-texnika rivojlangan hozirgi zamonning muhim ekologik vazifalari. Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari

Ma'lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya» so`zi tez-tez uchraydi. Buning sababi atrof-muhit holatining o`zimiz ya'ni insonlar tomonidan noqulay holatga keltirilganligida. Shuning uchun ham bu atama ko`pincha «Jamiyat», «Inson», «Atrof-muhit», «Salomatlik» kabi so`zlar orasida tez-tez qo`llaniladi. Zeroki «Tabiat» va «Jamiyat» o`zaro dialektik birlikda bo`lib, ular doimo bir-biriga ta'sir o`tkazib keladi.

Bizni o`rab turgan barcha tabiiy ne'matlar – qumligu-mo`zliklar, o`rmonu-dashtlar, tog`u-toshlar, havoyu-suvlar, xullas, barchasi o`zaro o`zviy bog`lik bo`lib, bir-birini muvozanatda saqlaydi. Tabiatning biror bir yerida, biror-bir jabhasida sodir bo`ladigan o`zgarishlar tabiiy muvozanatga ta'sir etmay qolmaydi. Bunday muvozanatni saqlab turish hayotning ekologik qonun-qoidalarini o`rganishni talab qiladi.

Hayvon va o`simliklarining Yer yuzida tarqalishi va ular hayotining tashqi muhit bilan bog`lanishlari to`g`risidagi ekologik ma'lumotlar eramizdan avval yashab o`tgan grek faylasuflari Gerakmit, Aristotel va Teofrastlar tomonidan to`plangan. Ammo «ekologiya» atamasi fanga kechroq kirib keldi. Uni birinchi marta nemis olimi E. Gekkel 1866 yilda o`zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida qo`llab, u ekologiyani tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhit o`rtasidagi munosabatlarni o`rganuvchi fan deb qabul qildi.

Ekologiya so`zi grekcha bo`lib, «oykos» - uy, yashash joyi, «logos» - fan demakdir. Bu so`zlarni keng ma'noda tushunish zarur. Atamaning fanga kiritilishidan hozirgacha o`tgan davr mobaynida uni turli mutaxassislar turlicha izohlab kelmoqdalar. Rus olimi akademik S. Shvarts: men ekologiya fani to`g`risida yuz xil fikr aytishim mumkin va ularning barchasi ozmi-ko`pmi to`g`ri bo`lib chiqadi, degan edi


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling