Reja Kirish Optimum qonuni


Download 94.07 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi94.07 Kb.
#1239619
  1   2
Bog'liq
Ekologiya mustaqil ish



Reja

  1. Kirish

  2. Optimum qonuni

  3. Pessimum qonuni

  4. Ekologik omillarning organizmlarga ta’sir ko‘rsatish qonuniyatlari

1. Ma’lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya» so‘zi tez-tez uchraydi. Buning sababi atrof-muhit holatining o‘zimiz, ya’ni insonlar, tomonidan noqulay holatga keltirilganligida. SHuning uchun ham bu atama ko‘pincha «Jamiyat», «Inson», «Atrof-muhit», «Salomatlik» kabi so‘zlar orasida tez-tez qo‘llaniladi. Zyeroki «Tabiat» va «Jamiyat» o‘zaro dialektik birlikda bo‘lib, ular doimo bir-biriga ta’sir o‘tkazib keladi. Bizni o‘rab turgan barcha tabiiy ne’matlar – muzligu-qumliklar, o‘rmonu-dashtlar, tog‘u-toshlar, havoyu-suvlar, xullas, barchasi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini muvozanatda saqlaydi. Tabiatning biror bir yerida, biror-bir jabhasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar tabiiy muvozanatga ta’sir etmay qolmaydi. Bunday muvozanatni saqlab turish hayotning ekologik qonun-qoidalarini o‘rganishni talab qiladi.


Sirasini aytganda, ekologik tushunchaning ildizi tarixan chuqur bo‘lib, antik davrga borib taqaladi. Hayvon va o‘simliklarining Yer yuzida tarqalishi va ular hayotining tashqi muhit bilan bog‘lanishlari to‘g‘risidagi ekologik ma’lumotlar yeramizdan avval yashab o‘tgan grek faylasuflari Aristotel (yeramizdan avvalgi 384-322 y) va Teofrast Yerezeyskiy (e.a. 371-280 y)lar tomonidan to‘plangan. Ammo «ekologiya» atamasi fanga kechroq kirib keldi. Uni birinchi marta nemis olimi E. Gekkel 1866 yilda o‘zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida qo‘llab, u ekologiyani tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhit o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan, deb qabul qildi.

Ekologiya so‘zi grekcha bo‘lib, «oikos» - uy, yashash joyi, «logos» - fan demakdir. Bu so‘zlarni keng ma’noda tushunish zarur. Atamaning fanga kiritilishidan hozirgacha o‘tgan davr mobaynida uni turli mutaxassislar turlicha izohlab kelmoqdalar. Rus olimi akademik S.S. SHvars bir ilmiy anjumanda: men ekologiya fani to‘g‘risida yuz xil fikr aytishim mumkin va ularning barchasi ham ozmi-ko‘pmi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi, degan edi.

Darhaqiqat, ekologiya tushunchasi juda keng bo‘lib, uni kengaytirishda, ekologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida ko‘pgina olimlar hissa qo‘shdilar. Ingliz olimlaridan CH. Elton «Populyasion ekologiya»ni, A. Tesli «Ekotizimlar», nemis olimi K.Myobius «Biotsenozlar» nazariyasini, belgiyalik L.Dollo «Ekologik paleontologiya»ni asosladi, rus olimi V.N. Sukachev fanga «biogeotsenoz» tushunchasini kiritdi. SHuningdek rus olimlaridan K.F. Rule paleoekologiya faniga, A.N. Beketov esa fitogeografiya faniga asos soldi. Ekologiya fani tarixida ayniqsa CH. Darvinning evolyusion ta’limoti hamda akademik V.I.Vyernadskiyning biosfyera to‘g‘risidagi ta’limoti tub burilish yasadi.


2. Optimum qonuni. Bu qonun organizmga ijobiy ta’sir etadigan omilning me’yorda bo‘lishi zarurligini bildiradi. Omil darajasining meyordan kam bo‘lishi organizmga etarlicha ta’sir ko‘rsata olmasligiga olib kelsa, uning ko‘p bo‘lishi esa zaharli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Bir xildagi omilning, masalan: haroratning, optimumi turli xil organizmlar uchun turlicha bo‘ladi. Bir turdagi organizm uchun zarur bo‘lgan optimum boshqa tur uchun kamlik yoki ko‘plik qilishi mumkin. Janubiy mamlakatlarda o‘suvchi xurmo daraxti uchun belgilangan harorat optimumi shimolda o‘suvchi boshqa turdagi daraxtga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Organizmlarning ekologik omillar ta’siriga bardosh byera olish darajasi ya’ni moslasha olish diapazoni ekologik valentlik, ekologik plastiklik yoki organizmlarning tolyerantligi (lot. tolyerantia - chidam), deb aytiladi. Ekologik valentlik turli xil organizmlarda turlicha bo‘ladi. Masalan: tundrada yashovchi shimol tulkisi (pesets) haroratning 800S o‘zgarishiga (+30-550S) chidagani holda, iliq suvlarda yashovchi qisqichbaqa haroratning atigi 60S o‘zgarishiga (+23+290S) chidayoladi, xolos. Ekologik valentligi keng bo‘lgan organizmlar oldiga «evri» (gr.eurys - keng) qo‘shimchasi qo‘yiladi, tor bo‘lganlariga esa «steno» (gr. stenos - tor) qo‘shimchasi qo‘yiladi. SHunga ko‘ra: evrityermlar – harorat o‘zgarishiga chidamlilar; stenotyermlar unga chidamsizlar; evribatlar – bosim o‘zgarishiga chidamlilar; stenobotlar – unga chidamsizlar; evrigalinlar – sho‘rlikning o‘zgarishiga chidamlilar: stenogalinlar – unga chidamsizlar va h.k.z. Bu tushunchani umumlashtirib, turli xildagi sharoitlarga keng moslasha oladigan organizmlarni «evribiontlar», faqat ma’lum bir sharoitdagina yashay oladigan organizmlarni esa «stenobiontlar» deb atash mumkin.

Download 94.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling