2.Populyatsion ekologiya bir turga mansub bo`lib, ma'lum bir maydoni egallagan o`zaro ta'sirdagi organizmlar tabiiy tuzilmalarining ya'ni polpulyatsiyalarning shakllanishi va dinamikasini o`rganadi. Populyatsiyalar hayotini o`rganish insonga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo`llarini o`rganish imkonini beradi. Populyatsiyalar dinamikasidagi qonuniyatlarni o`rganish asosida inson ularning biologik mahsuldorligini oshirish sirlarini bilib oladi. 3.Biogeotsenologiya fani populyatsion ekologiyadan kelib chiqqan bo`lib, populyatsiyasidagi ta'limot asosida tabiatdagi ko`pgina murakkab jarayonlarni ya'ni biogeotsenozlarni o`rganadi. Bu fanga ilk bor rus olimi V.N. Sukachev 1940 y. asos solgan. Biogeotsenoz biosferaning kichik bir qismi bo`lib, u o`zining joylashgan o`rni, iqlimi, gidrologiyasi va biotik sharoitiga ko`ra bir xil bo`ladi. Biogeotsenozlarning jonli tabiati o`simlik (fitotsenoz), hayvon (zootsenoz) va mikroorganizmlardan tashkil topgan. Biogeotsenozlar turli xil bo`lib, muayyan sharoitning tarixi va tabiiy sharoitlariga ko`ra vujudga kelgan bo`ladi. Masalan, tropik mintaqalarga xos o`rmonlarning biogeotsenozlari sovuq tundra biogeotsenozlariga nisbatan boy va mahsuldor bo`ladi. Tabiatda biogeotsenozning turli tirik komponentlari birlashib biologik birlikni ya'ni biotsenozni hosil qiladi. Demak biotsenoz – muayyan bir maydonda yashovchi o`simlik, hayvon va mikroorganizmlar majmuasidir. Ular doimo bir birlari bilan o`zaro aloqada bo`ladilar. Biotsenoz rivojlanadi, uning rivojlanish sirlarini o`rganish asosida inson o`z faoliyati bilan uni o`ziga ma'qul bo`lib tarafga o`zgartirishi mumkin. Biogeotsenoz biosferaning muayyan bir bo`lagi hisoblanadi. Insoniyat o`z tarixi davomida yashash va hayotini yaxshilash uchun kurashib kelmoqda. Bu kurash uning xo`jalik yurgizishidan iborat bo`lib, bu jarayonda u tabiatdan foydalanib, unga ta'sir ko`rsatib kelayotganligidir. Ishlab chiqarishning benihoya yuksalishi shuni keltirib chiqardiki, jamiyatning ilmiy-texnik va ekologik rivojlanishida ziddiyatlar paydo bo`ldi. Bir tomondan u fan-texnikani yuksaltirsa, ikkinchi tomondan esa atrof muhitni ifloslab ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |