Abanova sohibaning


Download 0.95 Mb.
bet1/9
Sana30.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1310032
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abanova sohiba tabiat



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G219-GURUH TALABASI
ABANOVA SOHIBANING
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Tabiatdan foydalanish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

TerDU__2022-2023
Topshirdi: ______________


Qabul qildi: ______________


REJA:
KIRISH
1. Tabiatdan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi
2.Tabiatdan noto`g`ri fodalanishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash
3. Hududiy-ishlab chiqarish majmualari rivojlanishining iqtisodiy-ekologik strategiyasi
4. Tabiatdan foydalanish konsepsiyani qayta qurish
5. Iqtisodiy–ekologik barqaror rivojlanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
“Barchamizga ayonki, O`zbekistan boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega”[1]
Mamlakatning iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish tabiatdan foydalanishning holati va atrof-muhit muhofazasi bilan chambarchas bog’liqdir. Shu boisdan bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini yaratish katta ahamiyatga ega bo’lib, tabiatda yuz berayotgan ijobiy va salbiy o’zgarishlarni iqtisodiy jihatdan tahlil qilish natijalari orqali kishilik jamiyatining xo’jalik faoliyatiga miqdoriy ko’rsatkichlar asosida baho berish mumkin.
Darhaqiqat, tabiatga antropogen ta’sirni iqtisodiy hisoblash yo’llari bilan tahlil qilish natijasida ishlab chiqarishning daromad miqdorini oshirish masalalarining ayrim yechimlarini ham topish mumkin. «Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti» fani tabiat boyliklaridan foydalanishni me’yorlashtirishni iqtisodiy 5 jihatdan ilmiy asoslash orqali samaradorligini baholash, atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida ko’rilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy zararlarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijasida erishiladigan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullarini o’rgatadi.
Tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar yaratish, tabiatni muhofaza qilishni moliyalashtirish, rejalashtirish va boshqaruvning asoslarini takomillashtirish bo’yicha yangi tadqiqot yo’nalishlarini izlash va asoslash ham ushbu fan zimmasidadir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatdan foydalanishning amaliy vazifalari maxsus, keng qamrovli va teran tadqiqotlar bilan shug’ullanadigan, tabiatdan oqilona foydalanishning nazariy asoslarini ishlab chiqadigan "Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti" fani shakllandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti kishilik jamiyatining tabiatga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirishiga asos soldi, hamda tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanish va ekologik omilni etiborga olish birinchi darajali ahamiyatga ega bo’ldi. Bu avvalo atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarishni ekologik talablarga mos holda rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiyotga yo’naltirilgan ekologik siyosatni amalga oshirishni ta’qozo etgan holda, tabiatdan foydalanishning ekologik va iqtisodiy asoslarini umumlashtirish orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish muhim hisoblanmoqda.
O’zbekistonda turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning vujudga kelishi, erga bo’lgan munosabatning o’zgarishi, tabiat to’g’risida Oliy Majlisning bir necha qonunlari qabul qilinishi, fermer xo’jaliklarining tashkil etilishi va respublikamizdagi ijtimoiyiqtisodiy islohotlar tabiiy resurslardan foydalanishda omilkorona faoliyat yuritishni taqozo etadi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling