Abanova sohibaning


TABIATDAN FOYDALANISHNING EKOLOGIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI


Download 0.95 Mb.
bet2/9
Sana30.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1310032
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abanova sohiba tabiat

1. TABIATDAN FOYDALANISHNING EKOLOGIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
Tabiatdan foydalanishning ekologik (tabiiy) va iqtisodiy samaradorligi o`zaro bog`liq va bir-birlarini taqozo etishi bilan tavsiflanadi. Tabiatda komponentlar orasida o`zaro barqaror muvozanat mavjud bo`lsa, noxush tabiiy va antropogen jarayonlar rivojlanishi muntazam boshqarilsa, resurslardan foydalanish oqilona amalga oshirilsa, tiklanadigan boyliklarni ularning foydalanish darajasiga qarab sun`iy ravishda tiklash ishlari maromida bajarilsa, umuman olganda, tabiatni muxofaza qilish va boyliklardan foydalanish ilmiy asosda boshqariladigan tabiat majmualarida amalga oshirilsa, ekologik samaradorlikka erishiladi.[3]
Ekologik samaradorlik. U tabiatdan foydalanish jarayonida bir qator tabiiy va antropogen omillarning faoliyatiga bog`liq. Bu omillar tabiiy muxitning optimal vaziyatda rivojlanishiga ta`sir etishi bilan bog`liq yoki tabiiy majmualar qanchalik ilmiy asoslangan tarzda barqaror boshqarilsa, ular shunchalik yuqori darajada ekologik samaradorlikka ega bo`ladi va aksincha. [3]
Ekologik samaradorlikni ta`minlovchi tabiiy omillardan biri - tabiiy muvozanatdir. Ekologik muvozanat mavjud bo`lgan tabiiy majmua (landshaft, geotizim), uning tuzilmali dinamik xolati me`yoridaligi komponentlar orasida o`zaro bog`liqlik va ta`sir tabiiy muvozanat xoldaligi, resurslar maxsuldorligining yuqoriligi, tabiiy muxit ifloslanmaganligidan darak beradi. Darvoqe, mazkur tabiiy majmua yuqori darajada samaradorlikda tabiat va jamiyat tizimida faoliyat ko`rsatmoqda, deb baxolash mumkin.
Ekologik muvozanat barqaror bo`lgan xududda atrof-muxitni ifloslantiruvchi manbalar (sanoat korxonalari, transport, qishloq xo`jalik korxonalari va b.) ta`siri sezilmasligi mumkin, agar uzoqda joylashgan bo`lsa yoki ulardan texnogen chiqindi chiqarish xajmi me`yordan ortmasa, binobarin, ma`lum tadbirlar majmuasi muntazam qo`llanib borilsa, bu atrof-muxitni salbiy o`zgarishlardan muxofaza qiladi.
Tabiiy majmualarnig barqaror xususiyatga ega bo`lishi ularning o`z-o`zini tozalash va qayta tiklash qobiliyatlarining yuqori darajada ta`minlanganligidan darak beradi. Ularda atmosfera xavosi yoki suv xavzalari orqali kelib qolgan turli chiqindilar ma`lum muddatda tabiiy yuvilish jarayonida chetga chiqib ketadi, landshaft majmualarida inson xo`jalik faoliyati ta`sirida o`zgarish bo`lishi ( yaylov, o`rmon, tuproq va boshqalardagi degradatsiya xodisasi ) mumkin, lekin ma`lum vaqtdan so`ng yana qaytadan tabiiy xoliga o`zgaradi. Bu xususiyat tabiiy majmuaning qayta tiklash qobiliyatining nixoyatda kuchliligi bilan bog`liq.
Mazkur tabiiy xususiyatlar landshaftlar resurslarining ekologik jixatdan tozaligini ta`minlaydi, bu borada ayniqsa, atmosfera xavosi va suv xavzalarinig musaffoligi juda xam muxim, tuproqning texnogen chiqindilardan xoli bo`lishi yetishtiriladigan ekin maxsulotlarini ekologik jixatdan tozaligini ta`minlaydi, bu esa o`z navbatida inson va chorva mollarining salomatligini kafolatlaydi. Barqoror tabiiy majmualar yaylov, tuproq, pichanzorlarning maxsuldorligi, suvning tozaligi, yer osti suvlarining ifloslanmaganligi, o`rmonlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Tog` oldi va tog` majmualari tabiatining insonga xizmat qiluvchi imkoniyatlari bisyor va katta saloxiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Qulay va eng qulay rekreatsiya resurslari minglab axolini musaffo xavo, toza suv, betakror tog` manzaralariga boy bo`lgan go`shalarda xordiq chiqarishi, sog`lig`ini tiklashini ta`minlaydi. Ko`plab sayyoxlar tog` so`qmoqlarida yurib tabiatning yodgorliklarini miriqib tamosha qiladilar, suv xavzalarida cho`milib, tabiat saxovatidan baxramand bo`ladilar. Kasallikka chalinganlar buloq, yer osti suvlari, balchiq, toza xavodan va dorivor giyoxlardan baxramand bo`lishlari bilan betoblikni tark etadilar.
Demak, optimal maromda rivojlanayotgan tabiiy majmualar ma`lum ekologik xususiyatlarga egaki, ular qulay tabiiy sharoit va resurslar majmuasi bilan ma`lum darajada samaradorlikka ega. Ekologik samaradorlik landshaftning resurslari asosida inson xo`jalik faoliyatini yuritish, rekreaksiya boyliklaridan baxramand bo`lish, tabiatdan estetik zavq olish va boshqa jixatlarda ifodalanadi.
Ekologik samaradorlik tabiiy muxitda turli darajada mavjud bo`ladi, bu aniq xududning tabiiy sharoiti va resurslarining xususiyatlari bilan bog`liq. Bizningcha, tabiiy majmualarning ekologik samaradorligini quyidagi ballar asosida ko`rsatishni taklif qilish mumkin, masalan: samara yo`q - 0 ball, past samara - 1-3 ball, o`rtacha - -6 ball, yuqori –7-9 ball, eng yuqori-10-12 ball.
Nol ball, odatda, foydalanilmaydigan xududlar uchun xos, masalan kuchli parchalangan relyef shakllari (bedlend), barxanlar, sho`rxoklar, tub jinslar ochilib qolgan tog` yonbag`irlari, sho`r bilan qoplangan botiqlar va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Bu tabiat majmualarining xo`jalikda foydalanish imkoni yo`q darajada. Ba`zi vaziyatlarda rekreatsiya obyekti sifatida foydalanish mumkin, lekin bu kamdan - kam bo`ladi, chunki barxanlarda quyosh radiatsiyasi ko`pligi tufayli ba`zi kasalliklarni davolash mumkin, sho`r va sho`r balchiqlar xam ba`zi xollarda kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Agar bular e`tiborga olinmasa, ko`rsatilgan majmualarning ekologik samaradorligi yo`q darajada.
Past samara -1-3 ball - tabiat majmuasning faqat bir komponenti resursidan foydalanish imkoni bor, lekin u xam kambag`alligi bilan ajralib turadi. Masalan, strukturali balandlik va platolarning yaylovlari (gektariga 0,5-1 s.), Orol dengizining qurigan qismi yaylovlari (gektariga 0-0,5 s.) va boshq. Agarda yaylovlar degradatsiyaga berilsa, mavjud samaradorlik yanada kamayadi va nol ballga tushishi mumkin.
O`rtacha ekologik samara - -6 ball - tabiiy majmuaning ikki komponenti resurslaridan foydalanish imkoni mavjud: yaylov va tuproq. Amudaryoning cho`llashishga berilgan Orolbo`yi del`tasi asosan yaylov sifatida foydalanilmoqda, lekin suv ko`p bo`lgan yillari qulay yerlarda kichik maydonlarda dexqonchilik bilan xam shug`ullaniladi. Adirlarda xam asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan xolda, ba`zi xududlarida sug`orma dexqonchilik bilan xam shug`ullaniladi va b.
Sug`oriladigan yerlar yuqori ekologik samara - 7-9-ballga ega,chunki sug`orma yerlarning maxsulot yetkazib berish darajasi dexqonchilikda eng katta ko`rsatkichga mansub. Bu xususiyat, ayniqsa, meliorativ sharoitlari qulay va tuproq unumdorligi yuqori bo`lgan yerlarda yanada yaqqolroq seziladi. Yerlarning meliorativ sharoitlari og`ir bo`lgan voxalarda yuqori ekologik samaradorlikka inson tomonidan boshqariladigan muxandislik tizimlari asosida erishiladi. [13]
Eng yuqori ekologik samaradorlik - 10-12 ball - sug`orma yerlarda rekreatsiya tizimlari rivojlantirilgan bo`lsa yoki maxsuldor yaylov zonasida mavjud bo`lgan rekreatsiya boyliklaridan samarali foydalanilayotgan xududlarni misol sifatida ko`rsatish mumkin. Bu borada Chirchiq va Qashqadaryoning o`rta va yuqori oqimlaridagi tabiat majmualarini eng yuqori samaraga ega deb xisoblash mumkin.

1-Rasm. O`zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish xaritasi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling