"Assalom Navro’z" 1-boshlovchi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
navro\'z senariy
“Assalom Navro’z” 1-boshlovchi: Salqin saharlarda bodom gulida Binafsha labida qirlarda bahor Qushlarning ovozi yellarning nozi Baxmal vodiylarda qirlarda bahor. 2-boshlovchi: Yana bahor keldi yana olamga Ajib bir go’zallik ajib bir bayot Men seni qutlayman shu ulug’ damda Ulug’ yelkadoshim muzaffar hayot Assalomu leykum qalbi qaynoq mehri buloq so’zlari dur bo’lgan o’qituvchi ustozlar va ilimga chanqoq litseyimiz talaba yoshlari. 1-boshlovchi: assalomu aleykum davramizning aziz qatnashchilari, mehmon-u mezbonlar. qish qahratonidan bezillagan qalblar-u go’zallikka tashna ko’zlar mag’rur qorli tog’lar boshidan sizayotgan sho’x jilg’alar, ko’ngillar torini betakror ifori ila mayin chertayotgan pushtirang bodom gullari, moviy osmon-u undagi qator-qator turnalarning mahzun nolalari zumrad bahordan darak bermoqda 2 -boshlovchi: ha, bahor uyg’onish yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka zavq-u shavqqa oshufta bo’ladi. Bahor- bayramlar shodiyonalar fasli. 1-boshlovchi: Ajib nafosatda uyg’ondi olam Tabiat labida xandon tabassum Yam-yashil qirlarda Navro’z jilvasi Go’dak kulgusidek quvnoq va mas’um 2-boshlovchi: Jilg’alar qiqirlar, toydek irg’ishlar Boshin ko’taradi maysalar hayron Ajib bir chiroyni baxsh etmish olam Bu kun o’lkamizda Navro’z hukmron. 1-boshlovchi: hayotimizning go’zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz. Negaki, bahor- ham yoshlik, ham go’zallik timsolidir. Ko’hna maskan, ko’hna bir diyor Nafosatda tenggi yoq saroy Unda hamon yashar bir ruxsor Seplari mo’l fusunkor bahor 2-boshlovchi: yangilanish fasli bahor o’lkam uzra qanot qoq. Sening tashrifing, qalblarga dillarga bir olam orzularni olib kelsin. Bahor bir sen quvonch bir sen Qalbim ruhi tashrifisan sen Qiyosingdir g’uncha misoli Haroratdir o’tli visoli. 1-boshlovchi: bugun baxtdan sarmast chehralar, shukronalik duolarida, sho’x shodon yallalarda Navro’z shukuhi. … Bugun butun respublikamizda go’zal va betakror bo’lgan milliy bayramimiz Navro’z keng va tantanali nishonlanayotgan bir paytda litseyimizda ham bu tadbining debochasi sifatida “har tuning qadr o’libon, har kuning o’lsin Navro’z” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb elon qilamiz. 2-boshlovchi: Yana tenglashibdi kecha va Kunduz Ko’kda nur taratar yarqirab yulduz Lablarda tabassum, aytib shirin so’z Assalom yangi kun, assalom Navro’z! Yurtimizga biz orziqib kutgan borliqdagi uyg’onish va yangilanish timsoli bo’lgan Navro’zi olam kirib keldi. Bu betakror ayyomni har bir xonadonda, har bir oilada bag’rimizni keng ochib “xush kelibsan o’lkamga Navro’zi olam, qadaming qutlug’ bo’lsin, yurtimizga tinchlik-omonlik olib kel” deb qarshi olish azaliy odatlarimizga aylanib qolgan. Navro’z ayyomi bilan qutlash uchun so’z navbatini litseyimiz direktori ustozimiz Jumaqulovga beramiz. ………………………………………………………………………………………………………………………………………………. Samimiy tilak va ajoyib tabrik uchun tashakkur. Ana endi bayram tadbirrimizning asosiy qismiga o’tishni boshlasak ham bo’ladi. 1-boshlovchi: shu ananaga sodiq qolgan holda litseyimiz talabalari bugungi tadbirda milliy urf- odatlarimizga bir nazar solish maqsadida kuy-raqs, qo’shiq, milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi dastur tayyorlaganlar. Va ijozatingiz ostida biz boshlaadiiikkk. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling