Tarixiy antrapalogiyada oila va nikoh munosabatlari
Download 55 Kb.
|
DIYORBEK MAQOLA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
TARIXIY ANTRAPALOGIYADA OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Tog'aymurodova Aziza Sa'dullayevna Tel: +998910791107 E-mail: tog’aymurodovaaziza@gmail.com Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Namozova Laylo Ikromjon qizi Tel:+998 915151707 E-mail: Leylanamazovfa@gmail.com Annotatsiya: Pekinning “Bir makon-bir yo‘l” loyihasi uchta qit’aning 60ta davlatini qamrab oladi. Loyiha ayni damda 10 million aholi istiqomat qiladigan Siandan boshlanadi. Bu shaharni xitoyliklar sivilizatsiya beshigi sifatida ko‘rishadi. Bir vaqtlar sayyoramizning eng yirik shahri bo‘lgan Sian ming yillar davomida Xitoyning poytaxti vazifasini o‘tagan ushbu maqolada yoritib keltirilgan. Kalit so’zlar: Bir makon-bir yo‘l, Buyuk Ipak yo‘li, Markaziy Osiyo, Yangi Buyuk Ipak yo‘li, Iqtisodiy belbog’, transport yo‘lagi, savdo-iqtisodiy model. Ma’lumki, Xitoy 2013-yilda Yevroosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida “Bir makon-bir yo‘l” deb nomlangan iqtisodiy taraqqiyotning yangi strategiyasini e’lon qildi. Shu tariqa Xitoy raisi Si Szinpin ko‘p asrlik Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash borasidagi o‘z g‘oyalarini amalga oshirmoqda. Yangi Ipak yo‘lini tashkil qilish g‘oyasi Si Szinpin tomonidan 2013-yilning 7-sentyabr kuni ilgari surilgan edi. Oradan bir oy o‘tib u Indoneziya parlamentida so‘zlagan nutqida 21-asrning Buyuk Ipak yo‘li haqidagi fikrlarini takrorladi. Bu g‘oya mamlakat viloyatlari o‘rtasida ijobiy raqobatni yuzaga keltirdi. Yangi Buyuk Ipak yo‘li Si Szinpinning ona vatani bo‘lmish Shensi viloyatidan boshlanishi aytilmoqda. Ma’lumki, so‘nggi yillarda bu viloyat kompaniyalari xorijdagi hamkorlari bilan aloqalarini ancha faollashtirgan.Buyuk Ipak yo‘li eramizdan avvalgi 2 asrda paydo bo‘lgan. Bu yo‘l Xitoydan boshlanib Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Eron, Gretsiya, Kavkaz davlatlari orqali Yevropagacha yetib borgan. Rejaga ko‘ra, Xitoyni Yevropa bilan bog‘lovchi yangi Buyuk Ipak yo‘li o‘tadigan mamlakatlarning infratuzilmalari rivojlanishiga Xitoy sarmoyalarini kiritish ko‘zda tutiladi. Bu borada hukumat mamlakatdagi kompaniyalarni rag‘batlantirish yo‘lida bir qator chora-tadbirlar ko‘rilishini e’lon qildi. Xitoy mamlakat bozorlarini uchta qita bilan bog‘lovchi infratuzilma barpo etish yo‘lida maxsus Jamg‘arma tashkil etishga qaror qildi. Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, Jamg‘armaning mablag‘lari Xitoy viloyatlarida temir va avtomobil yo‘llari, quvurlar qurilishiga sarflanadi. Bunda birinchi navbatda Xitoyning “ko‘hna qita” mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari uchun zarur bo‘lgan dengiz va quruqlikdagi yo‘llarni rivojlantirish strategiyasi inobatga olinadi.Loyihaga ko‘ra, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yevropaning ayrim mintaqalari moliya bilan ta’minlanadi. Tahlilchilarning fikricha, Yangi Buyuk Ipak yo‘lining tashkil qilinishi Xitoyni jahondagi yetakchi davlatlardan biriga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan. Shuningdek, “osmon osti mamlakati”ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ham nufuzi ortadi, hamda mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy ta’siri kengayadi. Mutaxassislar, Xitoy o‘zining temiryo‘l va qurilish kompaniyalari xorijga chiqishidan manfaatdor ekanligini aytadi. Rossiya-Xitoy hukumatlari temiryo‘l masalasida bir qator loyihalarni birgalikda ishlab chiqmoqda. Xitoy Pekin – London yo‘nalishida tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham bosh qotirmoqda. Agar bu loyiha amalga oshadigan bo‘lsa, u holda yo‘lovchilar atigi ikki kun ichida Londondan Pekinga, yoki Pekindan Londonga yetib olishlari mumkin bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, Xitoy bundan avval dunyoda eng uzoq masofali yuk poyezdi yo‘nalishini ishga tushirgan edi. Bu yo‘nalish mamlakat shimoliy-sharqidagi Xarbin shahri va Germaniyaning Gamburg shahrini o‘zaro bog‘laydi. Poyezd haftada bir marta yo‘lga chiqadi va 9 ming 800 kilometrlik masofani 15 kunda bosib o‘tadi. Xitoy-Mo‘g‘iliston va Belorus-Polsha chegaralarida g‘ildiraklar almashtiriladi. Xitoyga tegishli CNR davlat korporatsiyasi Kaliforniyaga qadar o‘ta tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish loyihasi ustida ish olib bormoqda. Loyiha qiymati 68 milliard dollarga teng ekani aytilmoqda. Buning uchun tezligi soatiga 354 kilometrga teng bo‘lgan 95 ta poyezd xarid qilish ko‘zda tutilmoqda. Kaliforniya shtati rasmiylari Los-Andjelesdan San-Fransisko shahriga qadar 1 ming 287 kilometrlik temir yo‘l qurilishi uchun Xitoydan sarmoya olish istagini bildirgan. Bu borada shtat rasmiylari Xitoy vakillari bilan muzokaralar olib bordi. CNR va CSR Corp Xitoyda lokomotiv ishlab chiqaruvchi kompaniyalar hisoblanadi. China Railway Construction va China Railway Group kompaniyalari esa temir yo‘llarqurish bilan shug‘ullanadi. Tahlilchilarning fikricha, Xitoy hech qachon o‘ta tezyurar temiryo‘llari sohasidagi texnologiyalarini eksport qilish istagini yashirmaydi. Shu kunga qadar Xitoy Turkiya, Saudiya Arabistoni va Venesuela kabimamlakatlarga temiryo‘l qurilishiga yordam bergan. Ayni damda Xitoy temir yo‘llari jahonda eng gullab-yashnayotgan tarmoq ekani tan olinadi. Bunga temiryo‘l loyihalariga kattadan kattasarmoyalar yotqizilayotgani sabab bo‘lmoqda. 2014-yilda Afrika Ittifoqining Addis-Abebedagi qarorgohida nutq so‘zlagan Xitoy Davlat Kengashining bosh vaziri Li Kesyan o‘z mamlakati Afrika qitasi davlatlari poytaxtlarini o‘zaro bog‘lovchi qitalararo tezyurar poyezdlar qatnovini ishlab chiqish rejasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, hozircha Afrika mamlakatlarini bog‘lovchi temiryo‘l tarmog‘i mavjud emas. Bundan 100 yil avval Buyuk Britaniya va Fransiya Afrikada temiryo‘l tarmog‘ini yaratish masalasini muhokama qilgan ammo, amalga oshmay qolgan edi.Yangi Strategiya hayotga tatbiq etilar ekan, yangidan yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Sharhlovchilarning so‘zlariga qaraganda, Xitoy iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan borar ekan, jahonning boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirshga qaror qilgan. Yangi Ipak yo‘lining imoniyatlari katta ekani aytilmoqda. “Iqtisodiy belbog‘” deb atalmish yangi loyiha tufayli mintaqa mamlakatlarining iqtisodi rivojlanib, savdo-sotiq ko‘payadi. Yangi Ipak yo‘li Xitoy viloyatlarini qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga Xitoy mahsulotlari uchun yangi bozorlar paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Xitoy Yangi Ipak yo‘li orqali nafaqat qadimiy Ipak yo‘lini tiklaydi, balki Yevroosiyo mintaqasida yangi savdo-iqtisodiy model yaratishiga hissa qo‘shadi. Ya’ni mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi.“Bir makon — bir yo‘l” loyihasi doirasida tashkil etiladigan transport yo‘lagi Avstraliya va Indoneziyani, Osiyo mamlakatlarini, Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi orqali AQSH bilan bog‘laydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Yangi Ipak yo‘li sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini, to‘g‘rirog‘i 4,4 milliard kishi istiqomat qiladigan mamlakatlarni qamrab oladi. Yangi Ipak yo‘lining quruqlikdagi qismida uchta temiryo‘l yo‘lagi barpo etiladi. Shimoliy yo‘lak Rossiya hududlaridan o‘tadi. Markaziy va janubiy yo‘lak esa Markaziy va O‘rta Osiyo mamlakatlari hududlaridan o‘tishi rejalashtirilgan. Keyinchalik temiryo‘llar yo‘laklariga avtomobil yo‘llari ham qo‘shiladi. Yangi Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishi O‘rta Osiyodan o‘tadi. Bu yo‘lakning uzunligi6 ming 500 kilometrni tashkil qilib, uning 4 ming kilometri Xitoyning Tinch okeani sohillaridan Sinjon – Uyg‘ur Muxtor O‘lkasigacha bo‘lgan yo‘ldir. U yerdan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston orqali Eron, Iroq, Suriya va Turkiyaga boradi. U yog‘i esa Еvropaga bir qadam. Dengiz yo‘li ham xuddi qadimgi savdo yo‘li singari Guanchjoudan boshlanadi va Vyetnam, Tailand, Malayziya, Singapur va Indoneziya orqali Qizil dengizga chiqib, Afrikagacha yetib boradi. Yangi transport yo‘laklari Xitoydan ortilgan yuklarni qisqa muddatlarda Yevropaga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.Bugungi kunda “osmon osti mamlakati” hoh xorijdagi, hoh o‘zidagi transport infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida mablag‘larni ayamayapti. Bir so‘z bilan aytganda Yangi Buyuk Ipak yo‘li Xitoy va boshqa mamlakatlarga taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi. Xulosa Xozirgi kunda Yevroosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida eng yaxshi loyxalardan bittasi “Bir makon-bir yo‘l” deb hisoblayman va iqtisodiy taraqqiyotning yangi strategiyasining e’lon qilinishi deb bilaman. Shu tariqa Xitoy raisi Si Szinpin ko‘p asrlik Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash ishlarida faol ish olib bormoqda o‘z g‘oyalarini amalga oshirmoqda deb hisoblayman. FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR 1. Кром. M.M. Историческая антропология. Пособие к лекционному курсу. 1-е изд. СП б: 2000; 2-е изд. СП 6-2004; 3-е изд. СП б 2010. 2. Kottak С.Ph. Anthropology: the ehploration of human diversity. 12 th ed. - New York: Mcgraw-Hill Inc., 2008,R.3^23. 3. Barnard A. History and Theory in Anthropology. Cambridge University Press. 2004.R.1-15. 4. Феллер В. Введение в историческую антропологию. М. 2005 5. Малиновский Б. Магия, наука и религия. М., 1998 С. 70-91. 6. Historische Anthropologie. Der Mensch in der Geschichte / Hrsg. von H. Siissmuth. Gottingen, 1984. 7. Александров Д. А. Историческая антропология науки в России // Вопроси истории естествознания и техники. 1994. № 4 8. Asqarov А.А. CTzbek xalqining kelib chiqishi tarixi. - Toshkent. « 0 ‘zbekiston» NMIU, 2015. 9. Suleymanov R.X. «So‘g‘d madaniyati tarixidan lavhalar» (Naxshab yoki Qarshi vohasi arxeologiyasi asosida). uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2018 174 10. Ashirov A.A.Etnologiya: o‘quv qo‘llanma. - Toshkent. 2014,544b. 11. Sagdullayev A.S.Qadimgi 0 ‘rta Osiyo tarixi. Toshkent. «Universitet»-2004 y. 12.Isomiddinov M.N. Tarixiy antropologiya. Toshkent. «Navro‘z», 2019,157 b. 13. Марк Блок. Апология истории, или Ремесло историка. Перевод Е.М. Лысенко. М. Издательство «Наука» 1973 г. 234 с. 14. Марк Блок. Короли-чудотворцы. Перевод и комментарии В. А. Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling