O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 460.69 Kb.
|
Fotima tabiat kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TerDU____2022-2023 Topshirdi: _________________ Qabul qildi: _________________ REJA: KIRISH
- II.BOB.TABIIY GEOGRAFIK BILIMLAR GEOGRAFIK QOBIQ MISOLIDA 2.1.Davriylik holati shakllanishining xususiyatlari 2.2.Tabiiy geografik qonuniyatlar XULOSA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI 4-BOSQICH G119-GURUH TALABASI KOBULOVA FOTIMANING TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Geografik qobiqdagi jarayonlarning davriylik qonuniyatlari” MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI TerDU____2022-2023 Topshirdi: _________________ Qabul qildi: _________________ REJA: KIRISH I.BOB.GEOGRAFIK QOBIQ TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI 1.1.Yer yuzida hayotning paydo bo`lishi 1.2.Abiogen taraqqiyotning biogen taraqqiyotga o`tishi 1.3. Geografik qobiqning hayot qobig`i sifatida shakllanishi II.BOB.TABIIY GEOGRAFIK BILIMLAR GEOGRAFIK QOBIQ MISOLIDA 2.1.Davriylik holati shakllanishining xususiyatlari 2.2.Tabiiy geografik qonuniyatlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Geografik qobiqning tuzilishi va rivojlanishi qonuniyatlari umumiy geografik qonuniyatlar deyiladi. Umumiy geografik qonuniyatlar sayyoraviy miqyosdagi butun geosistema (ya’ni geografik qobiq) uchun ham, kichikroq geosistemalar (geografik qobiqning alohida hududlari) uchun ham xosdir. Insonning xo‘jalik faoliyati tabiatda sodir bo‘lishi tufayli tabiatdan foydalanish jarayonida tabiat qonunlarini albatta hisobga olishi kerak, aks holda uning ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy samaradorlik, barqaror rivojlanish yuz bermaydi, salbiy ekologik va iqtisodiy oqibatlarning ko‘lamlari kengayib boraveradi. Tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni inson manfaatini ko‘zlab o‘zgartirish tabiatning asosiy geografik qonuniyatlariga asoslanib amalga oshirilishi lozim. Aks holda kutilgan natijaga yerishib bo‘lmaydi. Tabiatdan foydalanishda doimo diqqat - e’tiborda tutilishi lozim bo‘lgan asosiy qonuniyatlarga geografik qobiqining birligi va bir butunligi, landshaft komponentlarining o‘zaro modda va energiya almashinishi orqali bog‘langanligi, landshaftlarning zonallik va nozonallik qonunyatlari, geografik qobiqdagi hodisalarning ritmikligi, landshaftlarning to‘xtovsiz evolyusiyasi (lot. evolution - mufassal, batafsil, mukammal), ya’ni tadrijiy rivojlanishi va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda xo‘jalik yuritish jarayonida tabiatdan foydalanish ishlari yaqin yillarga qadar ko‘p hollarda ilm-fan yutuqlariga asoslanmay pala-partish amalga oshirildi. Ayrim hududlarda ekologik vaziyat yomonlashdi. Bu esa aholi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun tabiatdan foydalanishda zarur bo‘lgan eng asosiy umumiy geografik qonuniyatlarni inobatga olgan holda ish yuritish maqsadga muvofiqdir. Tabiat sistemali tuzilgan. Eng yirik Sistema geografik qobiq bo‘lsa, eng kichik sistema landshaftdir. Tabiatning sistemali tuzilganligi undan foydalanishda ham sistemali yondashishni taqozo qiladi. Tabiatdan foydalanish ishi geoekologik yondashishni ham taqoza yetadi. Kishilar yashashi, mehnat qilishi, hordiq chiqarishi, sog‘lig‘ini tiklashi, tabiatdan estetik ozuqa olishi uchun zarur bo‘lgan eng qulay tabiiy muhit buzilmasligi, aksincha, qayta tuzatish ishlari natijasida yaxshilana borishi zarur. Geografik qobiqning bir butunligi va muayyan muvozanatda ekanligi. Geografik qobiq ham, har bir landshaft ham tabiiy komponentlar - tog‘ jinslari, relef, iqlim, yer osti va yer usti suvlari, tuproq, o‘simlik hamda hayvonot dunyosining hududiy birikmasidan tashkil topgan. Bu tabiiy komponentlarning har biri o‘ziga xos qonuniyatlar asosida mavjud va rivojlanadi. Biz bu kurs ishida geografik qobiqda ro`y beradigan jarayonlarning davriylik qonuniyati haqida ma`lumot beramiz. Download 460.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling