O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 460.69 Kb.
|
Fotima tabiat kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azonallik qonuniyati
Kenglik zonalligi – quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi.
Sektorlik – quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi. Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarishi. XULOSA Xulosa o`rnida shuni aytish joizki tabiatdan foydalanish tizimida umumiy qonuniyat jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro modda va energiya almashuvining eng muhim va barqaror aloqalarini ifoda etadi. Tabiatdan foydalanishning umumiy qonuniyati negizida tabiiy resurslarni qayta tiklashning moddiy va iqtisodiy tomonlarini ifodalash kerak bo‘lgan dialektik qonunlar turadi. Bunda moddiy tomonning mazmunini energiyaning saqlanish va o‘zgarish qonuni belgilaydi. Bu qonun tufayli tabiatda barqarorlik mavjud. Bunday barqarorlik tabiatni o‘z–o‘zidan qayta tiklanish va yangilanish qobiliyati tufayli mavjud bo‘ladi. O‘z–o‘zidan qayta tiklanish va yangilanish funktsiyasini biosfera (geografik qobiq) komponentlari orasida asosiy mavqega ega bo‘lgan tirik modda bajaradi. Chunki doimiy harakatda bo‘ladigan kimyoviy kuch yo‘q va shu sababli tirik modda o‘zida Quyosh energiyasini to‘playdi va bu energiyani tabiatdagi xilma–xil jonli va jonsiz komponentlarni (lot. componens tashkil etuvchi) vujudga keltirgan holda kimyoviy energiyaga aylantiradi. Jonli moddalar tog‘ jinslari va minerallarning vujudga kelishida, kimyoviy elementlarning qayta taqsimlanishida bevosita ishtirok etadi, oksidlovchi – tiklovchi, gaz, to‘plovchi (kontsentratsiya), buzuvchi va tuzatuvchi va boshqa geokimyoviy funktsiyalarni bajaradi. Tirik organizmlar mavjudligining negizini biosferada mavjud bo‘lgan energetika jarayonlari tashkil etadi. Keyingi yillarda esa atrof muhitdagi dinamik muvozanat, tabiat va jamiyat orasidagi almashuv jarayonining holati ko‘p jihatdan jahon holda qarab, ularning rivojlanishi natijasida qanday noxush hodisalar yuzaga kelishi mumkinligini oldindan baholaydi. Geografiya muhandislik - qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qiladigan tadqiqotlarni o‘tkazish bilan ham shug‘ullanadi. Ayniqsa sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko‘plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish zarur. Birorta sanoat korxonasini qurishda avvalo u qanday xom ashyo asosida ishlashi, qanday mahsulot chiqarishi aniqlanadi, atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarning chiqarishi, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e’tiborga olinadi. Shundan so‘ng korxonani joylashtirish uchun hudud tanlanadi. Korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlari rejimi, iqlim, yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o‘simlik qoplamlari, aholi yashash joylari (qishloq, shahar)ning yaqinligi o‘rganiladi. Chiqindi ko‘p chiqaradigan korxonalar (turli elektrostansiyalar, qora va rangli metallurgiya korxonalari) aholi manzilgohlaridan uzoqda joylashtiriladi (masalan, Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan qaz -kimyo majmuasi va b.). Aholi zich joylashgan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish ancha qiyin. Chunki ular ekologik muammolarni yuzaga keltiradi (masalan, Oltiariq va Farg‘ona neftni qayta ishlash korxonalari, Quvasoy sement ishlab chiqarish korxonasi, paxta tozalash korxonalari va b.). Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta mahalliy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinmog‘i, majmuali muhandislik – geografik tadqiqotlar amalga oshirilishi kerak. Download 460.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling